O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
 
Yuqori va tez chiniquvchan sportchilarni topishda genetik belgilardan 
foydalanish 
Sport amaliyotida tanlovning samaradorligi o’rtacha 50-60% ni tashkil qiladi. 
Xattoki,  hozirgi  zamon  usullari  bilan  qurollngan  tajribali  murabbiylarda  ham  bu 
ko’rsatkich 70-80% dan ortmaydi. 
Hozirgi  zamon  sport  genetikasi  bu  sohada  ko’p  xatolarning  oldini  olish 
imkoniyatiga  ega.  Hozirgi  vaqtda  aerob  tipdagi  muskul  faoliyatini  boshqarishda 
ishtirok  etadigan  genlarni  aniqlashda  ma’lum  bir  yutuqlarga  erishilgan.  Biroq  bu 
genlarning  yoki  ularning  kompleksini  aniqlash  ancha  qiyin  va  mushkul  vazifa 
hisoblanadi.  Sport  amaliyoti uchun  tanlab olishda genetik belgilardan  foydalanish 
orqali organizmni tug’ma imkoniyatlarini bilib olish ahamiyatli hisoblanadi. 
Genetik belgi deb, oson aniqlanadigan, organizmni turg’un belgisiga aytilib, 
u  genotip  bilan  mustahkam  bog’langan  bo’lib,  organizmda  qiyin  aniqlanadigan 
belgini yuzaga kelish imkoniyatini u orqali aniqlash oson bo’ladi. 
 Genetik belgining asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
 -irsiyatga mustahkam bog’liqligi (irsiylanish koeffitsenti N=1,0); 
 -kelasi avlodlarda to’la ko’rinadi; 
 -yaxshi ifodalanadi (yuqori ekspressiya); 
 -tashqi muhit omillariga kuchsiz bog’liqligi; 
  -hayotning turli davrlarida nisbatan o’zgarmasligi. 
Genetik  belgilar  orqali  yosh  bolalarni  tug’ma  imkoniyatlarini  aniqlash 
mumkin. Genetik belgilar orqali aniqlangan odamning tug’ma ko’rsatkichlari uning 


qobiliyatlarini tavsiflab butun umri davomida o’zgarmay qoladi. Amaliyotda qulay 
bo’lishi uchun genetik belgilar absalyut va shartlilarga bo’linadi.  
Absalyut  belgilar  yuqori  irsiylanishi  (N=1,0  ga  yaqinlashadi)  bilan 
tavsiflanadi. Ularga qon guruhlari, ayrim ta’m bilish sezgisini hosil bo’lish tezligi, 
barmoqlardagi  terining  izlari,  tishlarni  shakllari,  xromosomalar  to’plamining 
xususiyatlari va boshqalar kiradi. 
SHartli  belgilarni  irsiylanishi  biroz  pastroq  (N=0,8-0,9).  Ularga  odamning 
samototipi, uning temperamenti (oliy nerv faoliyati tiplari), chap yoki o’ng yarim 
sharning  dominantligi,  sensor  va  motor  funktsional  assimetriyani  xususiyatlari, 
skelet  muskullarida  tez  va  sekin  tolalarni  nisbati,  gormonal  status  va  boshqalar 
kiradi. 
Genetik  belgilardan  foydalanish  sportga  tanlab  olishni  va  mo’ljallashni 
aniqligini  sezilarli  darajada  kengaytiradi,  ayniqsa  boshlang’ich  etaplarda  yaxshi 
natija  ko’rsatadi.  Bolalarni  ko’pchilik  sport    turlari  (gimnastika,  figurali  uchish, 
suzish, suvga sakrash va boshq.) bilan shug’ullanishini erta boshlanishi, 5-6 yoshli 
bolalarda, kattalar tanlangan sport turiga xos  muhim  sifatlarni ularni yoshligi va 
to’la shakllanmaganligi uchun  aniqlashga imkon bermaydi.  Sportga mo’ljallash va 
tanlashda genetik belgilardan ikki asosiy  yo’nalishda foydalanish mumkin: 
1)  sport  turiga  mos  keladigan  organizmning  tug’ma  imkoniyati  yuqori 
sportchilarni izlab topish; 
2)  ular ichida tanlagan sport turiga nafaqat yuqori chiniquvchi balki yuqori 
va tez chiniquvchilarni tanlab olish. 
Har  bir  murabbiy  uchun  yuqori  malakali  sportchini  tayyorlashgina  muhim 
bo’lmasdan,  sportchining  salomatligiga  ziyon  yetazmasdan,  ozroq  vaqt  sarflab 
tayyorlash talab qilinadi. SHu sababli hozirgi vaqtda eng ko’p ma’lumot beradigan 
genetik belgilar xaqidagi ma’lumotlar ahamiyatli bo’lib, ular orqali sportchilarni har 
bir sport turida chiniquvchanligiga e’tibor qaratiladi. Sportchilarning yuqori va tez 
chiniquvchanlarini  yuqori va sekin chiniquvchlardan, past va tez chiniquvchilardan 
va ayniqsa past va sekin chiniquvchilardan farqlab olinadi. 
Bitta  murabbiyda  bir  xil  metodika  yordamida  taekvon-do  bilan 
shug’ullanayotgan  yosh  sportchilar  10  yil  ichida  ayrimlari  qora  belbog’  soxibi 
darajasiga  ko’tarilgan  bo’lsa,  ayrimlari  past  razryadni  egallagan  yoki  boshqacha 
aytganda tayyorlanishda 6 yilga orqada qolishgan. 
 Yuqori  va  tez  chiniquvchi  taekvandochilarni  aniqlashda  va  ularni  past  va 
sekin  chiniquvchilardan  farqlashda  absolyut  va  shartli  belgilardan  eng  yuqori 
ma’lumot beruvchilariga quyidagilar kiradi: 
-  sport–pedogogik: sport mahoratini yuqori darajasiga nisbatan tez erishadigan, bir 
xil mahorati darajasini egallashga o’rtacha 3-4 yil kam vaqt sarflaydigan yuqori 
va tez chishniquvchi sportchilarni past va sekin chiniquvchilaridan farqlash; 
-  Geneologik 
(avlodlarini 
tahlil 
qilish): 
yuqori 
va 
tez 
chiniquvchi 
taekvondochilarning  avlodlari  ichida  sportchilar  ayniqsa  yakka  olishuvchilar 
nisbatan ko’p bo’ladi va aksariyat hollarda oilada birinchi farzand hisoblanishadi; 
-  Morfologik:  tana  tarkibida  yog’  komponentining  ozligi  eng  farq  qiluvchi  belgi 
hisoblanadi  va  tananing  morfologik    tuzilishiga  ko’ra  dolixomorfga  mansub 
bo’ladi; 


-  AVO-tizimida  aniq  bir  qon  guruhiga  mansubligi:  III  (V)  guruhi  ko’p  bo’ladi, 
ishonchli darajada I (O) guruh kam uchraydi va II (A) hamda IV (AV) guruxlari 
uchramaydi. II (A) guruxga mansubligi past va sekin chiniquvchi sportchilarga 
xos bo’ladi; 
-  jismoniy sifatlar ko’rsatkichlari: tepping-testda ishonchli darajadagi tezkorligi va 
qo’llarini, ayniqsa o’ng qo’lni kuchliligi; 
-  fiziologik ko’rsatkichlar: anaerob imkoniyatlarni yuqoriligi (nafas olgandan va 
chiqargandan keyin nafasni ushlab turish davomliligida ishonchli katta farq) va 
funktsional  assimetriyani  xususiyligi-o’ng  qo’l,  o’ng  oyoq  va  o’ng  ko’zni 
ustunlik qilishi; 
-  shaxs  xususiyatlari  va  temperamentni  psixofiziologik  va  psixologik  tavsifi: 
ekstravertlarni  ishonchli  darajada  ko’pligi,  xolerik  temperamentning  ko’p 
uchrashi  va  flegmatiklarni  yo’qligi  hamda  o’zini  his  qilishni  subьektiv 
baholashni yuqoriligi. 
Yuqoridagi  genetik  belgilar  haqida  ma’lumotlar  kompleksini    har  bir  sport 
turlari uchun aniqlanishi yuqori va tez chiniquvchi sportchilarni tanlab olishning eng 
yaxshi texnologiyasini yaratish imkoniyatini beradi. 
Bunda  har  qaysi  sport  turi  uchun  tez  chiniquvchi  sportchilarni  aniqlash 
muhim.  SHunday  informatsiya  belgilaridan  biri  qon  guruhi  hisoblanib,  u 
sportchilarni  mashqlarni  o’rganish  tezligiga  ko’ra,  yakka  kurash  sport  turlarining 
qaysi  biriga  mos  kelishi  aniqlanadi.  Alohida  tezkorlik  talab  qiluvchi  boks  sport 
turida tez chiniquvchi yuqori malakali sportchilar orasida I (O) qon guruhiga mansub 
sportchilar ko’pchilikni tashkil qiladi,  (II (A) va IV (AV) guruhga mansub shaxslar 
uchramaydi);  taekvon-do  sport  turi  yuqori  darajada  koordinatsiya  va  chaqqonlik 
talab  qiladi,  tez  chiniquvchi  sportchilar  asosan    III  (V)  qon  guruhiga  mansub 
shaxslar, tez chiniquvchilar orasida II (A) va IV (AV) guruh shaxslar uchramaydi); 
kikboksda  mahsus  chidamlilik  ahamiyatga  ega  bo’lib,  tez  chiniquvchi  sportchilar 
aksariyat  hollarda  II  (A)  guruhga  xos  shaxslar  hisoblanadi,  sekin  chiniquvchi 
sportchilar orasida I (O) guruh shaxslar ko’p uchraydi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish