O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Sport turiga va musobaqa faoliyatini tanlashda organizmning tug’ma



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
Sport turiga va musobaqa faoliyatini tanlashda organizmning tug’ma 
imkoniyatlarini hisobga olishning ahamiyati    
 Sportchilarning chiniqqanligini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun sportga 
tanlab olish va mo’ljallashda ikkita omilga e’tibor qaratiladi: 
1.  tug’ma  imkoniyatlarni  hisobga  olgan  holda  adekvat  sport  ixtisosligi  va 
musobaqa faoliyatini tanlash; 


2.  ko’p  yillik  tayyorgarlikning  har  qaysi  etapida,  sportchi  organizmining 
mahsus  yuklamalar  ta’siriga  adaptatsiyalanish  tezligini  sportchining 
irsiyatiga mos kelishi. 
Ikkala omil talablari to’la bajarilgan taqdirdagina sportda yuqori natijalarga 
erishiladi  va  sportchilarning  salomatligi  saqlanadi.  Har  xil  sport  turlarida 
chuniquvchpnlik  xaqida  muloxaza  yuritilganda  yetarli  darajada  axborot  beruvchi 
morfofunktsional va psixofiziologik o’lchovlar asos bo’lib xizmat qiladi. 
  Tez  va  sekin  chiniquvchi  sportchilar  tanlagan  sport  turi  bo’yicha  sport 
mahoratining qandaydir darajasiga erishish uchun sarflaydigan vaqtda  ham sezilarli 
farq  kuzatiladi.  Masalan,  sport  ustasi  darajasiga  erishish  uchun  tez  chiniquvchi 
sportchilar sekin chiniquvchilarga nisbatan 1,5 yil kam vaqt sarflaydi (mos ravishda 
3,76 va 4,83 yil). Dzyudochi ayollar 2 yildan biroz ko’proq (mos ravishda 5,60 va 
7,83 yil), erkaklar esa 2,5 yil ozroq vaqtda (6,50 va 9,17 yil) erishadilar. 
Tez  chiniquvchanlik  yuqori  malakali  sportchilarni  tayyorlashni  tezlatadi, 
biologik  va  ijtimoiy  maqsadlarni  (musobaqani  yutish)  amalga  oshiribila 
qo’ymasdan,  chiniqish  jarayonini  iqtisodiy  samaradorligining  murabbiylarning 
oylik  maoshlarini  qisqartirish  va  binoning  ijarasi  uchun  to’lanadigan  sarflarning 
kamayishini  ta’minlaydi. 
 Sportchi  uchun  noadekvat  sport  turini  tanlash  jismoniy  yuklamaga 
adaptatsiyalanishning  noto’g’ri  funktsional  tizimini  shakllantiradi,  adaptatsiya-
moslashuv  mexanzmlari  zo’riqadi,  qayta  tiklanish  jarayonlari  qiyinlashadi, 
chiniquvchanlik  sekin  rivojlanadi,  musobaqalarda  yetarlicha  muvoffaqiyatga 
erishilmaydi,  sport  mahorati  darajasi  yetarlicha  yuqori  bo’lmaydi  va  organizmni 
genetik zahiralari tugab qolishi hisobiga sport mahoratining o’sishi to’xtaydi. 
Baxtga  qarshi,  sport  amaliyotida  o’ziga  mos  kelmaydigan  sport  turini  va 
musobaqa yo’lini (xujumkor va qarshi xujumkor) tanlash ko’p uchraydi. Masalan, 
qilichbozlarda  ayrim  xollarda  qurollangan  qo’l  yetakchi  bo’lmaydi  va  yomon 
boshqariladi.  Bu  holat  sport  mahoratining  ortishini  tormozlaydi  chunki,  sport 
mahorati  ortgan  sayin  sportchilar  orasida  noadekvat  tanlov  bilan  ishlaydigan 
shaxslar kam uchraydi. 
Sambo  kurashchilari  o’rtasida  taxminan  yarmi  sport  faoliyatini  o’zining  
tug’ma  tipiga  mos  kelmaydigan  yo’lda  amalga  oshiradi,  xattoki,  ayrimlari  (20%) 
qarama-qarshi  yo’ldan  foydalanadilar.  Buning  natijasida  sport  texnikasini  egalash 
sekinlashadi,  sport  natijalari  yomonlashadi  va  sport  razryadlarini  egallash  uchun 
sarflanadigan vaqt cho’ziladi. Musobaqa faolitida xujumkor yoki qarshi xujumkor 
yo’lni tanlashga qaramasdan, o’z yo’lida ishlasa, sport maharotini egallash tezligi 
ortadi va sport mahorati qanchalik yuqori bo’lsa, harakatlar tezligi shuncha yuqori 
bo’ladi.  Masalan,  sambo  bilan  shug’ullanuvchi  sportchilar  1-razryad  darajasiga 
erishishi  uchun  o’ziga  mos  yo’lda  kurashsalar,  o’ziga  mos  kelmaydigan  yo’lga 
nisbatan 1,5 yil, masterlikka nomzod darajasini egalashi uchun 2 yil va masterlikni 
egalashi uchun esa 5 yildan ozroq vaqt sarflaydi. 
 Vaziyatli sport turlari (bokschilar, voleybolistlar, basketbolchilar va boshq.) 
sportchilari  orasidagi  xujum  qiluvchi  va  qarshi  xujum  qiluvchilarning  ko’pgina 
psixofiziologik  ko’rsatkichlarida  sezilarli  farqlar  aniqlangan.  Masalan,  xujumkor 


bokschilarni  qarshi  xujumkor  bokschilarga    solishtirilganda  sensomotor 
reaktsiyalari  va  taktik  fikrlashining  vaqt  parametrlari  ishonchli  darajada  qisqa, 
tepping-test va muskul kuchi ko’rsatkichlari yuqori ekanligi aniqlandi. 
 SHunga o’xshash ma’lumotlarni boshqa sport turlari bilan shug’ullanayotgan  
sportchilarni  o’rganish  natijasda  ham  olingan.  Xujumkor  sportchilarni  konkret 
fikrlovchi,  I.P.Pavlov  bo’yicha  “badiiy”  tipga,  qarshi  xujumkor  sportchilarni  esa 
abstrakt fikrlovchi “fikrlovchi” tipga mansubligi aniqlangan. 
Xujumchi va qarshi xujumchi sportchilarning taxminan 2/3 qismi o’zlarining 
tug’ma imkoniyatlariga mos, musobaqa faoliyati yo’nalishida ishlaydilar, 1/3 qismi 
esa  noadekvat  yo’nalishda  ishlab,  bu  tanlovning  kamchiliklarini  organizmning 
boshqa funktsional zahiralari hisobiga qoplanadi. 
Xujumkor sportchilarni sport faoliyatini noadekvat yo’nalishini tanlashi sport 
mahoratini ortishini sekinlashtiradi. Ularda nerv tizimi va harakat apparatini tezlik 
sifatlari kuchli irsiyat nazoratida ekanligini ko’rsatadi. 
Sportchilarning  fiziologik  –  genetik  xususiyatlariga  ko’ra  farqlash,  ularni 
o’qitish  va  o’rgatishda  turli  yondashuvlardan  foydalanishni  asoslab  beradi. 
Xujumchi  sportchilarga  ko’rsatish,  harakatlarni  sezish  usulidan,  qarshi  xujumchi 
sportchilar bilan ishlaganda gapirib berish, tushuntirish, o’ziga-o’zi hisobot berish 
usullaridan foydalangan ma’qul. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish