O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi kunduzgi bo’lim


Shu bilan birga lingvistik geografiya davrga ko‘ra ikki turga ajratiladi



Download 1,5 Mb.
bet51/101
Sana30.01.2023
Hajmi1,5 Mb.
#905334
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
2. Sobirov A. Dialektologiya. Majmua. 2-kurs. 2022

Shu bilan birga lingvistik geografiya davrga ko‘ra ikki turga ajratiladi:
1) sinxron plandagi lingvistik geografiya;
2) diaxron plandagi lingvistik geografiya.
Ulardan biri hozirgi kundagi sheva, mahalliy dialekt, lahjalarning hududiy tarqalishini amaliy talqin, ilmiy tadqiq etib, shevashunoslikka oid bo‘lgan leksema, morfema, fonemalarni izomorfema, izoleksema, izofonema, fokus nuqta, lingvistik geografiya, o‘zbek dialektologik atlasi, struktur va zonal tuzilish, o‘zbek tilini dialekt zonalashtirish kontseptsiyasi, dialekt zonasi va azonal hududlar, fokus nuqtaning qurshovi, dialekt zonasidagi orol hodisalar, dialekt zonasidagi zona perifiyeriyasi terminlari asosida o‘rganib, sheva(lar)imizning lingvogeografik xaritasining shakllanishiga zamin yaratadi. Ikkinchisi esa ularning til tarixidagi tarqalishiga oid xarakterli holatlarni shevalarga oid tarixiy yozma manbalarning materiallari asosida tahlil etib, izomorfema, izoleksema, izofonema terminlari asosida fikr yuritadi. Ilmiy adabiyotlarning matnlarida areal usul va lingvistik geografiya usuli degan terminlar ham uchraydi. Bu usulda turli hududdagi shevalarni qiyosiy o‘rganishga imkoniyat yaratiladi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin:
1. Lingvistik geografiya termini sheva va areal terminlari bilan ma‘lum ma‘noda sinonimik xususiyatga ega bo‘lgan terminlardan biri sanaladi. Areal termini rus tilidan o‘zlashtirilgan termin bo‘lib, lingvistik geografiya terminining ma‘nosini ifodalaydi.
Sheva termini asosida esa tilning kichik bir qismi tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilsa, lingvistik geografiyada mana shu sheva ham lingvistik, ham geografik jihatdan tavsiflanib, sheva elementlarini o‘zida jamlovchi lingvogeografik xarita(lar), shevalarning tasnifini o‘zida aks ettiruvchi lingvistik atlaslar tuzish masalasini ilgari suradi. Ushbu masala hozirgacha bir necha o‘zbek olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, (achchiq haqiqat bo‘lsa hamki, aytish kerak) mukammal holatga keltirilmagan holda o‘zbek shevashunosligida o‘lda-julda qolib ketmoqda. Bunga sabab shevashunoslar bilan birga geograflarning o‘zaro jiddiy hamkorligi bugungi kungacha amalda bo‘lmaganligidir. Ayni vaqtda shevashunoslik sohasida lingvist shevashunoslar bilan geograflarning doimiy hamkorlikka asoslanadigan faoliyatiga zarurat sezilmoqda.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish