O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi kunduzgi bo’lim


Lingvistik geografiya lahja va shevalarni o‘rganishda ham ahamiyatlidir



Download 1,5 Mb.
bet50/101
Sana30.01.2023
Hajmi1,5 Mb.
#905334
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101
Bog'liq
2. Sobirov A. Dialektologiya. Majmua. 2-kurs. 2022

Lingvistik geografiya lahja va shevalarni o‘rganishda ham ahamiyatlidir. Chunki ularning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilashda, fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarini o‘rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan ularning tarqalish joylari bilan o‘zviy bog‘liq holda olib tekshiriladi. Masalan, o‘zaro umumiy xusu-siyatga ega bo‘lgan Toshkent, Parkent, Piskent, Qarnob kabi shevalarning yoki janubiy Xorazm, shimoliy Buxoro, Forish-Bog‘don, shimoliy o‘zbek shevalari va-killari kabilarning turli joylarda o‘troqlashib qolish sabablari, ulardagi umumiy til xususiyatlari, tarixi kabilarni hisobga olish va o‘ziga xos tomonlarini asos qilib olib, ularning xaritalarini chizib berish hamda lingvistik atlasini yaratish muhim-dir. Bunday ishlarning amalga oshnrilishi ko‘rgazmali tavsifiy qurol vositasini otaydi.
Alohida hududlarda yashovchilar bir tilning turli shevalarida gaplashadigan kishilardir. Ular tilning lingvistik imkoniyatlari bilan birga tilga bog‘liq bo‘l-magan ekstralingvistik imkoniyatlar ta‘sirida bo‘ladi. Demak, lingvistik geografiya deganda aslida bir tilda gapirib, turli hududlarda yashovchi kishilarning shevalarini ilmiy asoslarga tayanib tadqiqotlar olib borish tushuniladi. U bilan tilning aniq bir hududdagi taraqqiyotini, ya’ni aniq bir dialekt (sheva, lahja)ning taraqqiyot yo‘lini, uning milliy tilga bo‘lgan munosabatini o‘rgatadi, shuningdek, lingvistik geografiya dialekt(sheva, lahja)larning tabiatini, umumiy manzarasini, uning chegarasini aniqlash, shevalarni guruhlash yo‘llari kabi muhim masalalarni aniqlashga yordam beradi. Ma‘lum bir shevani ikkinchi sheva bilan farqlash jarayonida ham lingvistik geografiya usulining yordami benihoya kattadir. Ling-vistik geografiya til tarixi va xalq tarixi uchun qimmatli bo‘lgan ma‘lum otlarni topib, dalillar vositasida ochib ham beradi.
Bu bahsli muammo haqida XX asrning 60-yillarida D.I.Edelmanning tadqiqotlari bu sohadagi birinchi ishlar sifatida e’lon qilingan hamda A.Shermatov (Shermatov A. Lingvistik geografiya nima? T., Fan, 1980), A.Jo‘rayyev (Djurayev A. B. Teoreticheskiye osnovi arealnogo issledovaniya uzbekoyazichnogo massiva. ADD. M.,1991. 38 s.) singari olimlar tadqiqotlarni amalga oshirishgan. Albatta, shevalarga geografik muhit bilan bog‘liq holda lingvistik va ekstralingvistik shart-sharoitlar ham ta‘siri sezilib turadi.Sababi, har bir sheva alohida geografik hududda yashagani kabi bir umumiy tilning, shu jumladan, o‘zbek tilining shu hudud odamlari nutqiga xos fonetik, leksik, grammatik o‘zgachaliklarni ham ifodalaydi. Mana shunday o‘zgachaliklarga ega bo‘lishgani uchun ham ular o‘zbek tilining shevalari sanaladi. Masalan, tog‘lik hududlardagi o‘zbek shevalari tekisliklardagi o‘zbek shevalaridan qisman bo‘lsa hamki farqlanib turgani kabi bu holni tumanlararo farqlanib turuvchi shevalar misolida ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham Shahrisabz shevasi bilan Yakkabog‘ shevasi, Kitob shevasi bilan Shahrisabz shevasi, G‘allaorol shevasi bilan Forish shevasining, qarluq lahjasining qipchoq va o‘g‘uz lahjalaridan fonetik, grammatik va leksik farqlari aniq bilinib turadi.
Ammo ular lingvo-geografik usulda xaritalarga tushirilmagan. Ba’zi bir olimlar, jumladan, V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Aliyyev, A. Shermatov, B.Jo‘rayyevlar tomonidan yaratilgan xaritalar borligi ilmiy manbalarda bir necha o‘rinlarda aytilgan, ammo ular ommalashmagan, ya’ni bir butun monografik ki-tob holidagi o‘zbek shevalarining lingvistik atlaslari (aniqrog‘i xaritalari) haligacha yaratilmaganligi bor haqiqat ekanligini e‘tirof etish vaqti keldi. Biroq rus va yevropa tilshunosligida lingvistik geografiya usuli bilan ishlangan tadqiqotlar XIX asrning 50-yillaridan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda ham amalga oshiril-moqda. Natijada, o‘rganilgan shevalarning lingvo-geografik xaritalari tuzilganligi va nashr etilganligini e’lon qilingan monografik tadqiqotlarda ko‘rish mumkin. Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili lingvistik geografiyasi ma‘lum otlari Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy, G‘ozi Olim Yunusov, A K. Borovkov, Ulug‘ Tursunov, V. V Reshetov, Sobirjon Ibrohimov, Shonazar Shoabdurahmonov, Bolta Jo‘rayyev, Abdug‘ani Aliyyev, Hisom G‘ulomov, Xudoyberdi Doniyorov, A‘zam Shermatov, Nazar Rajabov, Aziz Jo‘rayyev, M. Mirzayev, Karim Na-zarov,Y.G‘ulomov singari zukko olimlarning nomlari bilan bog‘langan.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish