Ushbu fanda quyidagi atamalar faol qo‘llanadi:
SHeva - biror tilning o‘ziga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlariga ega bo‘lgan kichik qismidir.
Lahja - fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarni o‘zida birlashtirgan shevalar yig‘indisi.
Dialekt atamasi - dialektologik adabiyotlarda lahja, sheva ma’nolarida ham ishlatiladi. Hozirda esa u umumlingvistik dialekt atamasi ma’nosida ishlatilmoqda.
Prof.V.V.Reshetov bu atamani shevalar guruhi ma’nosida qo‘llagan.
Dialektologiyaning o‘rganish obyekti mahalliy dialekt, lahja va shevalar bo‘lib, uning maqsad hamda vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Ayrim sheva va dialektlarning fonetik, morfologik, sintaktik, leksik xususiyatlarini tavsiflash.
2. Milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalarni aniqlash.
3. Shevalarning o‘zaro munosabatini, adabiy tilga va qardosh tillarga munosabatini sheva materiallariga asoslanilgan holda belgilash.
4. O‘xshash xususiyatlariga ko‘ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash.
5. Umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini belgilab, shevalarning ma’lum hududdagi tarqalish kartalarini tuzib, shevalarni tasnif qilish.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilining sheva, dialekt, lahja, shevalari guruhlarining xususiyatlarini ilmiy nazariy va ilmiy amaliy manbalar asosida amaliy tekshirish “O‘zbek dialektologiyasi” fanining vazifasidir. Turli hududlarda bo‘lgan har xil dialektlarni va shevalarni o‘rganish shu xalqning tarixi uchun ham, til tarixi uchun ham juda muhim bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni ochib beradi: hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘lmagan ba’zi so‘zlarni yoki o‘z shaklini o‘zgartirib yuborgan ba’zi grammatik shakllarning eski, oldingi shakllari hozirgi o‘zbek tilining mahalliy shevalarida saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Masalan, eski o‘zbek tilida qo‘llanilgan yitmoq fe’li o‘rniga hozirgi o‘zbek adabiy tilida yo‘qolmoq fe’li ishlatiladi, lekin bu fe’lning eski yitmoq shaklini hozirgi o‘zbek shevalarida uchratish mumkin ("o‘lim-yitim bo‘lmasin". Toshkent shevasi).
Eski o‘zbek tilidagi sifatdoshning -g‘an shaklini hozirgi qipchoq shevalarida uchratish mumkin (barg‘an, qalg‘an). əndən song (andan so‘ng) - eski o‘zbek tilida, bundan - hozirgi o‘zbek tilida, andan - hozirgi o‘zbek shevalarida uchraydi.
Bərmish (eski o‘zbek tilida) - borgan (hozirgi o‘zbek tilida) - bərmish (Xorazm shevalarida). Erur (eski o‘zbek tili) -dir (hozirgi o‘zbek tili) - erur (hozirgi o‘zbek shevalari), əchərg‘ə - ochishga - acharg‘a (qipchoq shevalari); ulus - xalq - ulus (shevada); sustaymoq – susaymoq; supurgu – supirgi; yomg‘ir-yog‘mir; yaqin – yovuq; ul-bul; u-bu (adabiy tilda) - ul-bul (Toshkent shevasida) va boshqalarni misol qilib berish mumkin.
Dialektologiya fanining o‘zbek tilini o‘qitishdagi ahamiyati juda kattadir, chunki shevalarning asosiy xususiyatlarini yaxshi bilish maktab o‘qituvchilari uchun juda zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozuvida uchraydigan xatolar o‘z shevalari ta’sirida amalga oshirgan xatolar hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi adabiy tilni, o‘zbek shevalarini yaxshi bilishi, o‘quvchilarga (ular) ularni o‘rgatish, og‘zaki va yozma nutqdagi kamchiliklarni tugatish uchun doimo o‘quvchilarga e’tibor berish lozim:
aynalmoq - əylənmכq
nonni ushog‘i - nכnning ushog‘i
Buxoroga turadi - Burכxכdə turəd’.
Dialektologiya til tarixini o‘rganishda ham ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy qimmatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Chunki XIV-XV asrlarda shakllangan o‘zbek adabiy tildi to bugungi kungacha - XX asrning so‘ngi yillargacha qanday rivojlanib borganini, tilga oid qoidalar, qonunlarning amal qilinishini faqat dialektologiya fanining kuzatishlari va ilmiy jihatdan o‘rganishlari orqali bilib olamiz. Bu degani dialektologiya fani til tarixi bilan hamkorlikda ish olib boradi deganidir. Sababi, xalq tilida qadimgi tilga oid so‘z va formalarning ishlatilishi tez-tez uchrab turadi.
Markazdan chetdagi tumanlarda yashovchi kishilar, asosan, keksalar tilini kuzatish dialektologlarga ko‘p qiziqarli materiallar beradi. Tog‘larda, cho‘llarda aholi istiqomat qiladigan joylar uzoqligi tufayli o‘zlarining xarakterli dialektal xususiyatlarini saqlaydilar hamda avloddan avlodga olib o‘tishmoqda. Bu hol ko‘proq sheva vakillari nutqiga xos xarakterli xususiyatlardan hisoblanadi.
“O‘zbek dialektologiyasi” fani tilshunoslikning orfografiya bo‘limi bilan chambarchas bog‘liq. Orfografiya to‘g‘ri yozish qoidalarini va prinsip-larini o‘rganadi. So‘zning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yozilganligini dialektologik kuzatishlar bergan materiallar va xulosalar orqali aniqlanadi:
_ yer - yer
yog‘ – yog‘ (y כg‘)
bog‘ - ga – boqqa (b כqqa)
tog‘ - ga – toqqa (t כqqa)
Dialektologiya adabiy tilimizning talaffuz normalarini tekshiradigan orfoepiya bilan ham o‘zaro bog‘liq, chunki har kuni ishlatadigan so‘zlarimiz adabiy tilga qabul qilinmasdan oldin sheva va lahjalarda ishlatilgan. Bu holni sheva vakillari nutqidan yozib olingan matnlarda va yozma yodgorliklarda ko‘rish mumkin.
SHevalarimiz asosida o‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari ma’lum bir tizimga tushgan.
Dialektologiya fani terminologiya - atamashunoslik bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki o‘zbek tiliga Davlat tili (Qonuni) huquqini bergan qonunning qabul qilinishi bilan (1989 yil 21-oktabr) mavjud termin(atama)lardan ba’zi birlarini o‘zbekchalashtirish zarurati yuza keldi. Bizga zarur bunday atamalarni o‘zbekchalashtirishda “O‘zbek dialektologiyasi” fani ko‘mak bera oladi:
yelvizak - mayin shabada. Bu so‘z oldin kishilarga uncha ma’lum bo‘lmagan, chunki u faqat shevadagina qo‘llangan. Uning adabiy til doirasiga olib ki-rishda f.f.n. Ahmad Ishayevning xizmati katta. Ushbu so‘zni ishlatgani uchun XX asrning 60-yillarida shu olim hatto, tanqid qilinib, feleton ham qilin-gan. Yana sheva vakillari tilida quyidagi so‘zlarni ham uchratish mumkin:
oblast – viloyat (viloyat)
rayon - tuman, nohiya (nכhiya)
struktura - tuzilish
murcha, qarincha – chumoli (chumכli) kabi atamalarni ham uchratish mumkin. Ular shevalardan topilgan holda tilimiz boyligini o‘zida ifodalab turibdi. Ilm-fan, kasb-hunar sohalariga oid atamalarni o‘zbekchalashtirish lozimligini o‘ylasak, dialektologiya fani oldida ko‘p masalalar turganligini sezish mumkin. Sababi, fan va hayotimiz-ning har bir sohasiga oid atamalarni o‘zbekchalashtirishda, so‘zsiz, shevala-rimiz leksikasiga oid ba’zi bir so‘zlarning ishlatilishi o‘rinlidir.
O‘zbek lahja hamda shevalarining xususiyatlari yaxshi bilish, o‘rganib olish o‘qituvchilar uchun, ayniqsa, “Ona tili va adabiyoti” fani o‘qituvchilari uchun juda zarur hisoblanadi. Ushbu fan o‘qituvchisi, albatta, o‘z o‘quvchila-rining nutqidagi shevaga oid xususiyatlarni yaxshi bilsa, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqiga xos bo‘lgan kamchiliklarini to‘g‘ri topa oladi. Natijada, o‘quvchi-larning adabiy til talablari va meyorlarini o‘zlashtirib borish darajasidagi savodxonligi oshib boradi. Chunki o‘quvchilar nutqida, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yozuvida uchraydigan xatolar_ shevalarimiz ta’sirida sodir bo‘ladigan xatolar jumlasiga kiradi:
aynalmoq (əynəl כq) - aylanmoq (ad.t.)
esna (esnə) - ensa (ad.t.)
nonni ushog‘i (n כnn’ ushכ g‘) - nonning ushog‘i.
Buxoroga turadi (Buxכr כgə turəd’) - Buxoroda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |