Adabiy til hamma shevalar uchun umumiy bo‘lgan tildir. U ma’lum va mezonga - maromga ega bo‘ladi, shuningdek, jonli tildagi holatlarni yozuv orqali ham bera oladi (jonli til esa yozuvga ega emas). Adabiy tilning asosida yotadi. Adabiy til shevalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, uni til qoidalari asosida tartibga soladi.
Masalan: fe’lning -digan formasi shevalarda turlicha talaffuz etilishiga qaramay, uning adabiy tilda yagona shakli mavjud:
Bכradigכn (Toshkent shevasi)
bכratugכn (Samarqand-Buxoro shevalari)
bכra dgכn (Qo‘qon shevasi)
bכrataug‘un (O‘rta Xorazm shevalari)
bratn (Qipchoq shevalari)
bכrata g‘un (Urganch shevasi)
Hozirgi adabiy til kelib chiqishi jihatidan eski o‘zbek tili bilan chambarchas bog‘liq, shunga ko‘ra ular bir-biridan keskin farq qilmaydi. Shuni ham hisobga olish kerakki, har bir davrning o‘ziga xos grammatik qoidalari, so‘z ishlatish meyorlari mavjud. Bunday o‘zgarishlar birinchi navbatda tilning leksikasida yaqqol sezilib turadi: jamiyatdagi ijtimoiy hayotning o‘zgarishi, fan-texnikaning taraqqiyoti va boshqa omillar natijasida tilda juda ko‘p yangi tushunchani bildiruvchi so‘zlar paydo bo‘ladi - shunga ehtiyoj tug‘iladi: mashina, traktor, bint va b.
Adabiy til shevalardan o‘zining leksik xususiyatlari bilan farqla-nibgina qolmaydi, balki adabiy tilning grammatik qurilishi shevalarning grammatik qurilishiga nisbatan murkaab bo‘ladi. Masalan, adabiy tilda mu-rakkab fikrni ifodalash uchun tarkibi juda ham keng bo‘lgan qo‘shma gapdan foydalaniladi, shuningdek, sifatdoshli oborotlar, ergash gapli qo‘shma gaplar orqali fikrni ifodalash adabiy tilda shevalarga nisbatan ancha murakkab va keng tarqalgan bo‘ladi. Bundan tashqari, adabiy tilning grammatik tizimi o‘zining shevalar materiallarini birlashtirgan holda meyorlashganligi bilan ham har qanday shevadan ajralib turadi. Demak, adabiy tilning qonun-qoida-larini to‘la egallagan kishigina o‘z fikr-mulohazasini yozuv orqali ifoda eta oladi. Yozuvning paydo bo‘lishi bilan adabiy til umumxalq tili negizida maydonga keladi. Adabiy til, odatda, yozuv bilan bog‘lanadi.
Milliy adabiy tilning maydonga kelishi millatning tashkil topish jarayoni bilan bog‘liqdir. Millatning tashkil topishi uchun, shu millatning hamda a’zolari uchun umumiy bo‘lgan bir tilning bo‘lishi shartdir, har bir millatning eng e’tiborli belgilaridan biri - uning til birligi sanaladi. Demak, millat uchun yagona bo‘lgan umumiy til bu milliy adabiy tildir.
O‘zbek milliy adabiy tili o‘z uzoq tarixiga egadir. Adabiy tilning taraqqiyotida ulug‘ yozuvchi, shoir va olimlar ijodining ahamiyati juda muhimdir. A.Navoiy XV asrdagi o‘zbek tilini boyitishga xizmat qilgan bo‘lsa, Furqat, Muqimiy kabi shoirlar XIX asrdagi o‘zbek tilini boyitishga xizmat qilganlar. G‘. G‘ulom, A. Qahhor, E. Vohidov, O. Yoqubov kabi ijodkorlarning asarlari hozirgi o‘zbek adabiy tilimiz boyitmoqda.
Shevalar har bir xalqning umumiy milliy tili tarkibiga kiradi, lekin ular shu milliy adabiy tildan o‘zining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanadi. Demak, sheva milliy adabiy tilning bir tarmog‘i sanaladi. O‘zbek adabiy tili murakkab tarixiy jarayonda tashkil topgan. Eski o‘zbek tili hududiy tavsifga ega bo‘lgan, shuning uchun eski o‘zbek tilida yozilgan (XV asr) asarlarda har qaysi yozuvchi asarlarining tiliga o‘z shevasining xususiyatlarini asos qilib olgan edi. Shunday qilib, eski o‘zbek tilida yozilgan asarlar umumxalq o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, ularda turli mahalliy shevalarning xususiyatlari aks etgan edi. Masalan: bir asarda yaqin so‘zi uchrasa, ikkinchi asarda esa shu ma’noda yovuq so‘zi uchraydi.Demak, so‘zlarda ma’noviy o‘zgarishlar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |