Uslubiy
tayyorgargarlik:
kurashchilar
va
murabbiylarni
kurash
mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy
bilim malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Kurashchilar uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida kurash mashqlarining maqsad
va vazifalari, ularni bajarish va o‘rganishga qo‘yiladigan uslubiy talablar o‘rgatib
boriladi. Kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarini to‘g‘ri shakllantirish, kurash
mashqlarni
bajarishda
uslubiy
tavsiyalarning
ahamiyati
tahlil
etiladi.
Kurashchilarining jismoniy fazilatlarini rivojlantirish kurash harakatlari texnikasi
va taktikasini shakllantirishda uslubiy tayyorgarliklar, mashqlar va harakatlarni
to‘g‘ri va sifatli bajarish, jismoniy yuklamalar me’yorini va ta’sirini to‘g‘ri tashkil
etish, usullarni egallashda jismoniy tayyorgarlik va qobiliyatlar hamda shaxsiy
xususiyatlarni e’tiborga olishni tashkil etadi.
Kurash murabbiylarining kasbiy faoliyatida ham uslubiy tayyorgarlik muhim
ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Kurash zallari va kurash gilamlari va
tatamilarga qo‘yiladigan texnik va gigienik talablarni bilish, kurashchilar bilan
mashg‘ulotlar tashkil etishda, kurash harakatlari texnika va taktikasini egallashda
uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar bo‘yicha malaka va tajribalarga ega bo‘lish talab
etiladi. SHu bilan birga kurash musobaqalarini tashkil etish, kurash bellashuvlarida
har hil vazifadagi hakamlarning faoliyatini bilish va olib bora olish, kurash
musobaqalari me’yoriy hujjatlari bilan ishlay bilish bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalar uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida olib boriladi.
69
Kurashchining ruhiy tayyorgarligining asosiy shkllari:
kurashchining ruhiy
tayyorgarligi uning ma’naviy – iroda tayyorgarligi hisoblanib, kurash sporti
faoliyati sharoitiga moslab amalga oshiriladigan axloqiy tarbiya, irodani
tarbiyalash jarayonidir. Ma’naviy – iroda tayyorgarligi jarayonida hal etiladigan
vazifalar, kurash faoliyatida ahloqiy sifatlarni takomillashtirib borishdan iborat.
Vatanparvarlik tuyg‘ulari, jamoa nufuzini himoya qilish, Vatan shuhratini dunyoga
taratish, insoniy sifatlarni takomillashtirish, g‘alaba yo‘lida barcha imkoniyatlardan
keng foydalana olish sifatlarini takomillashtirish ma’naviy iroda tayyorgarligini
asosini tashkil etadi. SHu bilan birga ma’naviy iroda tayyorgarligida kurashchilar
shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bu xarakter mehnatsevarlik, g‘alabaga astoydil
intilish, sportchi etikasi, ruhiy iroda, sport g‘ururi kabi ahloqiy sifatlarni aks
ettiradi.
Kurash sporti ruhiy – iroda sifatlarini to‘la namoyon etishni talab etadigan
mardonavor, ko‘pincha, hatto beshafqat faoliyat turidir. Kuchli iroda, maqsad sari
intilish, tashabbus, talabchanlik, qat’iylik va jasurlik, chidamlilik va o‘z-o‘zini
boshqarish sifatlarini tarbiyalash ruhiy iroda tayyorgarligini ajralmas qismi bo‘lib
hisoblanadi. Kurashning barcha turida ahloqiy sifatlar va ma’naviy tayyorgarlik bir
xilda bo‘lishi kerak. CHunki har bir kurashchida mustahkam ruhiy iroda
tayyorgarligi talab etiladi. Iroda fazilatlari namoyon bo‘lishi sport jarayonlarining
konkret sharoitlariga bog‘liq bo‘lib irodaning turli tomonlarini namoyon bo‘lishini
amalga oshiradi. Bu bilan umumiy va maxsus iroda tayyorgarligini bir-biridan farq
qilinadi.
Iroda tayyorgarligi jarayonida bajariladigan maxsus vazifalarning eng
muhimlaridan biri – bevosita musobaqa uchun beriladigan ko‘rsatmalarni
maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, musobaqalar davomida paydo
bo‘ladigan salbiy xissiyotlarni engib o‘tish va kurashchilar ruhiy holatini
boshqarish imkoniyatini ta’minlashdir. Kurash turlarida ma’naviy iroda
tayyorgarligi ahloqiy tarbiyaning umumiy tamoyillariga muvofiq bo‘lib, ahloqiy
tarbiya vosita uslublaridan foydalangan holda tashkil etiladi. Kurash mashg‘uloti
kurashchida iroda va xarakterni tarbiyalashda asosiy omil bo‘ladi. Qat’iy kun
70
tartibiga rioya qilish, og‘ir jismoniy yuklamalarga bardosh berish, salbiy his –
tuyg‘ularni engib o‘tish, mashg‘ulot va musobaqalar jarayonida ichki va tashqi
qiyinchiliklarni engish sportchini irodaviy sifatlarni tarbiyalash va sport xarakterini
shakllantirishning omili bo‘ladi. Kurash mashg‘uloti faoliyatidagi sharoit ham
ongli intizomni, do‘stlik, jamoatchilik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va boshqa
axloqiy his-tuyg‘ular va sifatlarni tarbiyalash uchun g‘oyat katta imkoniyatlar
yaratadi.
Kurash mashg‘ulotlari yoshlarni jismoniy fazilatlari bilan bir qatorda shaxsiy
axloqiy sifatlarini tarbiyalashga va shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu
jarayonlarda shug‘ullanuvchilarning asosiy maqsadi jismoniy barkamollikka
erishish bilan, ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashni amalga oshirishdir. Albatta
bunday maqsadga erishish uchun kurashchilar muntazam sport tayyorgarlik
mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari hamda jismoniy yuklamalar ta’sirlarini ortirib
borishlari talab etiladi. Mashg‘ulotlarning samaradorligi jismoniy fazilatlarni
rivojlanishi, jismoniy harakat malaka va ko‘nikmalarini takomillashuvi hamda
sport mahoratlarini ortishi bilan kuzatiladi. Jismoniy tarbiya va kurash
mashg‘ulotlarining psixologik asoslari deyarli bir hil bo‘lsada, yuqori malakali
kurashchilar tayyorlashda psixologik tarbiyaning ahamiyati muhim bo‘lib
hisoblanadi.
Kurash faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari shuki, shaxsni jismoniy
barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalashda ta’lim va tarbiya
jarayonlarining umumiy va xususiy maqsadlarini o‘zaro muvofiqlikda bo‘lishidir:
Kurash mashg‘uloti shug‘ullanuvchilar maxsus sifatlarini rivojlantirishga,
jismoniy imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Kurash mashg‘uloti maqsadi kurash turlarida yuqori natijalarga erishish.
Kurash mashg‘uloti muntazam shug‘ullanishni talab etadi, sport tayyorgarlik
natijalari bellashuvlar va musobaqalarda baholanadi.
Kurash
mashg‘uloti
shug‘ullanuvchilardan
musobaqalar
va
sport
mashg‘ulotlarida yuqori darajada va og‘ir jismoniy hamda ruhiy yuklamalar
bajarishni talab etadi.
71
Ruhiy tayyorgarlik darajasi kurashchilarni shaxs tuzilishiga va harakterlariga
muvofiq mashg‘ulotlar davomida yondoshish, har bir kurashchining shaxs
belgilarini xisobga olish, ularni har qanday sharoitda rag‘batlantirish va tarbiyalash
ishlarini amalga oshirishda aks etadi.
Ahloqiy iroda va ma’naviy tayyorgarlikda ustozga, jamoaga xamda raqibga
sport jixozlari va kurash maydonlari, kiyimlarga hurmat ehtiromga o‘rgatiladi.
Musobaqa va trenirovka jarayonlarida o‘zini tutish yoshlarga izzatda, kattalarga
hurmatda bo‘lish o‘rgatiladi. Ahloqiy, ma’naviy va iroda tayyorgarlikda
kurashchilarga xos bo‘lgan sifatlar o‘zini, raqibini, jamoadoshlarini, ustozini
xurmat qilish trenirovka jarayonlari va musobaqalarda o‘zini tuta bilish,
bellashuvlarda qo‘rqmaslik, xushyorlik, chidamlilik namoyon etish Vatanni,
halqni, oilani, qo‘llab bellashish nazarda tutiladi.
YOsh kurashchilar sport tayyorgarligini amalga oshirishda ularni yosh,
jismoniy rivojlanish xususiyatlari, organizmi holati, ruhiy hamda shaxsiy
xususiyatlari va dunyoqarashlari hisobga olgan holda jismoniy yuklamalarni
me’yorlab berishga e’tibor qaratish kerak.
Kurashchining ruhiy holatini boshqarish eng murakkab hisoblanadi. Jismoniy
va texnik tayyorgarliklari bir xil bo‘lgan kurashchilar bir – biridan fikrlash, sezish,
kuzatish xissiyotlari bilan farq qilishadi, shuning bilan birga shu jarayonlarni
boshqarishga o‘rganish zarur. Kurashchini musobaqalarga ruhiy tayyorlash
oldinroq boshlanadi. Eng avvalo musobaqaning ahamiyati aniqlanadi. Musobaqa
boshlanishida kurashchi hayajonlanadi. Bu - “start oldi holat” bo‘lib, ruhiy holat
o‘zgaradi va organizmda vegetativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Start oldi holati kurashchining malakasiga, o‘z kuchiga ishonish darajasiga,
musobaqagacha bo‘lgan vaqtga, kurashchining nerv faoliyatining xususiyatiga,
tayyorgarligiga, uning uyushqoqligi va o‘zaro moslashuviga bog‘liq bo‘ladi. Ruhiy
tayyorlashda kurashchining o‘z kuchiga ortiqcha ishonishi salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Ruhiy tayyorgarlik qat’iy individuallashtirilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |