O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


Kurashchilarining jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etish



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

Kurashchilarining jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etish: 
Sport 
tayyorgarligi sport turi bo‘yicha harakatlar texnikasi va taktikasini mukammal 


72 
egallash xamda jismoniy fazilatlarni barkamol bo‘lishidir. Kurashchilarni 
tayyorlashning dastlabki bosqichlarida texnik va jismoniy tayyorgarlikni amalga 
oshirish bo‘ladi. Kurashchilarning jismoniy fazilatlarni rivojlantirish ularni kurash 
xarakatlar texnikasini mukammal o‘rganishga yordam beradi. 
Kurashchini jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo‘lgan 
jismoniy 
fazilatlarni, 
qobiliyatlarni 
tarbiyalashdir 
Jismoniy 
tayyorgarlik 
organizmni umumiy jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan 
bog‘liqliqdir. Jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va maxsus bo‘ladi. Kurashchini 
maxsus jismoniy tayyorgarligi sportning o‘ziga xos talablariga javob bera oladigan 
jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayonidan iboratdir. Kurashchini umumiy 
jismoniy tayyorgarligi sport turi uchun xos bo‘lmagan lekin sportda 
muvafaqqiyatga erishish uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jismoniy qobiliyatlarni 
tarbiyalash xisoblanadi. 
Kurash turlarida muvaffaqiyatga erishish shu sport turiga xos bo‘lgan 
jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirishni emas, balki barcha jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirishni talab etadi. SHuning uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik 
muvofiqlikda tashkil etilganda sportchining jismoniy takomillashuvi amalga 
oshadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratib 
kurash sportiga muvofiq bo‘lgan harakat sifatlarini rivojlantirib boradi. Umumiy 
jismoniy tayyorgarlik kurash turi ixtisoslashuviga bog‘liq bo‘ladi. SHunga 
qaramay umumiy jismoniy tayyorgarlik barcha kurash turlarida deyarli o‘xshash 
bo‘ladi. Buning sababi hamma kurash turlarida jismoniy fazilatlarni rivojlantirish 
muhim ahamiyatga ega. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kurash turi jismoniy 
tayyorgarligini ta’minlash bilan birga jismoniy rivojlantirish masalalarini ham hal 
etadi. Bu esa yoshlarni jismoniy rivojlanishlarini test sinovlari va nazorat 
me’yorlari orqali o‘rganish imkoniyatini beradi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonida kurash mashqlar va 
tabiat omillari hamda gigienik talablardan foydalaniladi. Bunda maxsus jismoniy 
mashqlar asosiy o‘rin tutadi. CHiniqish muolajalari va gigienik sharoitlar 
trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida keng qo‘llaniladi. Bu omillar va qoidalarning 


73 
sport faoliyatidagi ahamiyati trenirovka jarayonlari murakkablashib, jismoniy 
yuklamalar ortib borishi bilan muvofiq ravishda o‘zgaradi.
Kurashchilar jismoniy fazilatlarni rivojlantirish xujum va ximoya taktik 
xarakatlarini mukammal egallashga ham asos bo‘ladi. Jismoniy fazilatlarni 
kurashchilarga xos bo‘lgan jihatlarni rivojlantirish maqsadga muvofiq xisoblanadi. 
Kuch va egiluvchanlik kurashchilarga xos bo‘lgan jismoniy sifatlar xisoblanadi. 
SHunga qaramay chidamlilik, tezkorlik va chaqqonlik fazilatlari ham 
kurashchilar uchun zaruriy bo‘lib xisoblanadi. Kurashchilarning jismoniy 
tayyorgarliklari ularning jismoniy fazilatlari bo‘lgan kuch, chidamlilik, tezkorlik, 
chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish xisoblanadi. Kurashchilarga 
xos bo‘lgan jismoniy fazilatlar, asosan kurashchining sust bo‘lgan jismoniy sifati 
takomillashtirilib boriladi. Jismoniy tayyorgarlik trenajyorlar, rezina espanderlar, 
og‘ir buyumlar va raqiblar qarshiligida bajariladi. 
Kurash usullarida jismoniy fazilatlar raqibining qarshiligi bilan mashqlar va 
har hil qo‘lbola jihozlar dan keng foydalanish mumkin. Jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirish mashg‘ulotlari toza havoda tashkil etilishi katta samaralar beradi. 
Jismoniy fazilatlar kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik 
maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonida takomillashtirib boriladi. Bu bilan har 
qanday holatda ham kurash harakatlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayib 
boradi. 
Kurashchilarning jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda asosiy texnik 
harakatlarni mukammal o‘rganish kurash taktikasini egallashda yordam bo‘lishi 
maqsad qilib olinadi. Jismoniy fazilatlardan kuch, egiluvchanlik sifatlari 
trenajerlarda, rezina espanderlar bilan, og‘irliklar bilan, sherigining vazni va 
qarshiliklari yordamida rivojlantilishi mumkin. 
SHuningdek tezkorlik, chaqqonlik va chidamlilik fazilatlari qisqa masofalarga 
tezkor yugurishlar, uzoq masofalarga yurish, yugurishlar, sport o‘yinlari va 
jihozlardagi mashqlar bilan rivojlantirib boriladi. Kurashchilar maxsus jismoniy 
fazilatlari kurash mashqlarini bajarish bilan taomillashtirib boriladi. Kurashchilar 
kuch sifatlarini rivojlantirish uchun og‘ir vaznli kurashchilarni uloqtirish 


74 
mashqlarini bajarish hamda og‘ir vaznli kurashchilar bilan bellashish mashqlari 
foydalaniladi. Kurashchilar tezkorlik sifatini rivojlantirishda kichik vaznli 
kurashchilar bilan bellashish hamda kichik vaznli kurashchi bilan vaqtga va tez 
uloqtirish mashqlari bajariladi. Kurashchilar chidamliligini tarbiyalashda uzoq 
davom etuvchi kurash bellashuvlari tashkil etilishi mumkin.
Kurashchilar egiluvchanligini rivojlantirishda esa akrobatika va gimnastika 
mashqlaridan keng foydalaniladi. Bunday mashqlar sifatida, ko‘prik turish, sal’to, 
rastyashka va shpagat o‘tirish harakatlaridan foydalanish mumkin. CHaqqonlikni 
rivojlantirishda har hil tezlikda va har hil shakldagi uloqtirish mashqlarini bajarish 
bilan birga kurashga xos bo‘lgan harakatli o‘yinlardan keng foydalanish mumkin. 
CHaqqonlikni rivojlantirishda harakatlarni boshqara olish va muvozanat saqlay 
olish qobiliyatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish