bajarilishi kerak. YUvinish muolajalari dush, sauna va hammom qabul qilish
shakllarida bo‘lishi mumkin.
CHiniqish
–
organizmni atrof muhitning tashqi ta’sirlariga chidamliligini
ortirish muolajalari. CHiniqishning gigienik asoslari va tamoyillari muolajalarni
muntazam, izchil qabul qilish, muolajalarda shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish,
muolaja vositalarini o‘zagartirib turish, o‘z o‘zini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.
Suv muolajalari qabul qilish
organizmni chiniqtirish bilan birga og‘ir
jismoniy yuklamalar va aqliy zo‘riqishlardan so‘ng tiklanish vositasi sifatida ta’sir
ko‘rsatib, jismonan va ruhan tiklanishga katta yordam beradi. Issiq dush, kontrast
dush va issiq vanna va hammomga tushish muolajalari organizm kurash
musobaqalarda berilgan og‘ir jismoniy yuklamalardan so‘ng tiklanish xususiyati
beqiyos hisoblanadi.
36
Kurashchilarni toza havoda mashg‘ulotlarda ishtirok etishi, tog‘li hududlarda
o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etilishi ular organizmini yanada chiniqtiradi
va kasalliklarga chidamliligini ortiradi.
Tibbiy nazorat
–
kurash bilan shug‘ullanuvchilar organizmi funktsional
holatini, jismoniy rivojlanishlarini tibbiy o‘rganish jarayonlari hisoblanadi. Tibbiy
nazorat jarayonlarida sog‘lik ko‘rsatkichlari hamda jismoniy yuklamalarning
organizmga ijobiy va salbiy ta’sirlari o‘rganiladi.
Tibbiy
nazorat
maqsadi
-
kurash
mashg‘ulotlari jarayonlari
samaradorligini tibbiy tahlil etish, salomatlikni saqlash, ishchanlik qobiliyatini
ortirish, hayot faoliyatini mazmunli tashkil etishda jismoniy tarbiya vositalari va
uslublari ahamiyatini o‘rganish.
Tibbiy nazorat vazifasi:
1)
Kurash bilan shug‘ullanuvchilar organizmi sog‘ligi va funktsional
imkoniyatlarini aniqlash va baholash, jismoniy harakatlar va jismoniy
yuklamalar
hajmi,
miqdori
va
ta’sirini
hamda
organizmni
sog‘lomlashtirishdagi samaradorligini nazorat qilish;
2)
Har hil yoshdagi, jinsdagi va jismoniy tayyorgarlikdagi kurashchilar sport
mashg‘ulotlarining qulay shakllarini tavsiya etish;
3)
Kurash mashg‘ulotlarida tibbiy gigienik sharoitlarni tashkil etish hamda
mashg‘ulotlarda organizmga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish.
SHuningdek tibbiiy nazoratning maxsus vazifalariga kurash turlariga
saralash, sport jarohatlarini tahlil etish, kasalliklardan tiklanish tadbirlarini tavsiya
etish va ishchanlik qobiliyatini ortirish ko‘rsatmalarini berishdan iborat bo‘ladi.
Tibbiy nazorat tadbirlarining mazmuni:
1)
Aholi va yoshlar sog‘ligini mustahkamlashda kurash mashg‘ulotlarini
tashkil etish va boshqarish uslublarini takomillashtirish;
2)
Kurash bilan shug‘ullanuvchilar va kurash bilan shug‘ullanish istagida
bo‘lgan yoshlar sog‘ligini tibbiy nazorat qilish, jismoniy harakatlar shakli va
miqdorini tavsiya etish;
3)
Sport tayyorgarliklariga oid muammolarda shifokor maslahati;
37
4)
Kurash mashg‘ulotlarida tibbiy pedagogik nazorat;
5)
Ommaviy sport tadbirlarida tibbiy yordam ta’minoti;
6)
Mashg‘ulot va musobaqalar joylarining tibbiy gigienik nazorati;
7)
Kurash mashg‘ulotlarida jarohatlanishlarning oldini olish;
8)
Kurash bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning tibbiy gigienik bilimlarni
shakllantirish.
Tibbiy nazorat jarayonlarida shifokor xulosalari kurash bilan shug‘ullanishga
ruxsat berish va mashg‘ulotlarga qo‘yishdagi talablardan iborat bo‘ladi. SHifokor
tavsiyalari antropometrik ko‘rsatkichlar, sinamalar nazorati, tibbiy xulosalar
asosida shakllanadi. SHifokor nazorati dastlabki, takroriy va qo‘shimcha
nazoratlarga bo‘linadi.
Dastlabki va takroriy tibbiy nazoratlar yillik tibbiy nazorat rejasi asosida
o‘tkazilib, kurash mashg‘ulotiga shug‘ullanuvchilar yaroqliligini aniqlash,
jismoniy harakatlar va yuklamalar hajmi va miqdorini tavsiya etish hamda
mashg‘ulotlar samaradorligini baholash maqsad qilib belgilanadi.
Qo‘shimcha tibbiy nazoratlar jarohatlanishlar va kasalliklarni davolanishdan
so‘ng, uzoq muddat mashg‘ulotlar qoldirilgandan so‘ng hamda og‘ir jismoniy va
aqliy yuklamalardan iborat bo‘lgan kurash musobaqalardan so‘ng o‘tkazilishi
mumkin. Tibbiy nazorat natijalari kurashchilar tibbiy varaqalariga qayd etilishi
shart.
BO‘SMlar kurash mashg‘ulotlarida kurashchilar sog‘ligi holati, jismoniy
tayyorgarlik shakllari hamda jismoniy fazilatlar rivojlanganlik darajasiga muvofiq
xususiy yondoshish taklif etiladi. Kurash mashg‘ulotlar jarayonlarida jismoniy
yuklamalar, mashg‘ulotlar maqsad va vazifalari kurashchilar sog‘ligi va jismoniy
tayyorgarlik holatiga muvofiq rejalashtiriladi. Kurash murabbiylari kurash
turlariga oid barcha nazariy va amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib,
har hil darajada jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kurashchilar, sog‘ligi holatiga
muvofiq jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida xususiy yondoshish hozirgi zamonaviy
pedagogika sohasining talablaridan hisoblanmoqda.
38
Kurashchilarning sportga oid savollari va muammolarini hal qilishda
sportchilar uchun mutaxassilashtirilgan davolash muassasasi shifokorlariga
murojaat qilishlari mumkin. SHifokor maslahatiga ko‘ra kurash mashg‘ulotlarida
jarohatlanishlar salbiy oqibatlarini barataraf etish va davolash, massaj va
chiniqtirish muolajalari qabul qilish, jismoniy yuklamalar va mashqlar shakli,
hajmi va miqdorini rejalashtirish, mashg‘ulotlar davri va muddatlarini belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |