Yuqori Adir. Yuqori adirga dengiz sathidan 900-1200 m gacha balandlikda bo’lgan erlar kiradi. Bu er tog’ poyasiga yaqin bo’lganligidan baland qirlar, toshloq tuproqli erlar, chala buta va buta o’simliklarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. Yuqori adirlarning tuprog’i to’q, bo’ztuproqli bo’lib,shag’alli va tosharalash erlar ko’p uchraydi. Tuprog’i unumdor, gumusga boydir. Yog’in-sochinning hamma joyiga birday tushmasligi, uning tezda pastga oqib ketishi, yozgi issiqlikning kuchli ta’siri tufayli bu erlarda efemir va efemeroidlar-o’simliklar juda kam uchraydi. Mavjud tabiiy o’simliklardan tartibsiz foydalanish tufayli ayrim turlar juda kamayib ketgan. Faqat odam chiqishi qiyin bo’lgan qiyaliklarda, o’simliklar siyrak holda saqlanib qolgan. Yillik yog’in miqdori 300-500 mm ni tashkil qiladi. Bu esa cho’l poyasidan ikki marta ortiq, tog’ poyasidan 2-3 marta kamdir. O’rtacha oylik harorat 250 ni tashkil qilib, cho’ldan 3-40 past, tog’ poyasidan esa- 5-60 yuqoridir. Yog’inning asosiy qismi qish va bahorda yog’adi. Yog’in muddati cho’lga nisbatan 1-2 oy ko’p, toqqa nisbatan 2-3 oy kamdir. Havoning nisbiy namligi cho’lga nisbatan yuqori bo’lib,yoz oylari (iyun)da 48% ni, kuz (oktyabr)da 59%ni tashkil etadi. Iqlimiga ko’ra O’zbekistonning shimolidagi yuqori adirlar sharqidagidan farq qiladi, ya’ni sharqiy adirlar baland tog’larga yaqin bo’lib, havosi salqin, sernamdir. Shimoliy adirlar esa Qizilqum va Qoraqum cho’llariga yaqin, shuning uchun havosi quruq, yog’ingarchilik kam bo’ladi. Bu hol o’sha joyning o’sha joyning o’simliklar dunyosiga ma’lum darajada ta’sir qiladi.
Cho’l poyasi
Ekstraarid iqlimli cho’l poyasi butun respublikamiz maydoning (Qaraqolpog’istondagi Ustyurt tekisliklari bilan birga) 61,16% ini tashkil qiladi. Cho’l poyasiga dengiz sathidan 500-600 m gacha balandlikda bo’lgan erlar kiradi. Bunday erlar asosan O’zbekistonning g’arbiy qismidagi Qizilqum cho’lining ancha qismini, Amudaryo deltasining barcha maydonlarini, Ustyurt tekisliklarini hamda Kimrikqum, Qarshi va Surxon cho’llarini o’z ichiga oladi. Cho’l poyasida o’rtacha yillik namlik 120-200 mm ni tashkil etadi. Yozda 4-5 oygacha bir tomchi ham yog’in tushmaydi. Shu sababli havoning absolyut namligi iyulda 30% ga etadi. Cho’l poyasining iqlimi ya’ni kontinental iqlimdir. Yozi o’ta issiq, qishi juda sovuq bo’lib, bunga qo’shni cho’llarning ta’siri nihoyatda sezilib turadi, chunki u g’arbiy va janubiy tomondan katta Qoraqum, shimoldan keng Qizilqum cho’llari bilan tutashgan bo’lib, yaqinda yirik tog’lar va katta suv havzalari yo’q. Cho’llardan esadigan issiq havo oqimini hech qanday to’siq qaytarmaydi va u boshqa nam havo oqimi bilan qo’shilmaydi. Bu poyas sho’rxok, qum, gips va soz tuproqli erlardan iborat. Iqlimi, o’simliklari va tuprog’i turli tuman bo’lganligi sababli, u ikki qismga: pastki cho’l va yuqori cho’lga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |