O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet30/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Pastki cho’l
Pastki cho’lga Buxoro, Xorazm viloyatining ayrim joylari, Sirdaryo viloyatining shimoliy tumanlari, Qoraqalpog’iston Respublikasining Ustyurt past tekisliklaridagi sho’rxok erlar kiradi. Bu zonaga tuz bilan qoplangan tuz konlari ham kiradi. Masalan, Sirdaryodagi Aydar tuz koni, Buxorodagi Mingbuloq pastligi, Qoraqalpog’istondagi Barsakelmas sho’rligi va boshqa erlar kiradi. Sho’r tuproqli erlar unchalik katta maydonni egallamaydi. Tuz konlari va sho’rxok erlarning hosil bo’lishiga qishgi-bahorgi qor va yomg’ir suvlarining tepaliklardan pastga oqib kelishi sabab bo’ladi. Natijada suvlar qum tarkibidagi tuzlarni ham eritib pastga olib tushadi. Har yili shu hol takrorlanishi natijasida bunday sho’rxok erlar hosil bo’ladi. Sho’rxok erlar juda ham turli-tumandir. Hamma sho’rxok erlarning yuza qismida suvda tez eriydigan, o’simliklar uchun zararli tuzlar ko’p bo’ladi. Shu tuzlarning miqdoriga qarab, sho’rxok erlarning yuza qismi yumshoq yoki qattiq hamda bo’rtiq bo’lishi mumkin. Ba’zi sho’r erlarning yuzi qotib, g’isht kabi qatlamlar hosil bo’ladi. Uning qalinligi 10 sm dan ham ortiq bo’ladi. Bunday joylar tuz konlari deb ataladi. U erlarda umuman o’simliklar o’smaydi yoki faqat uning chekkalarida ba’zi sho’r o’simliklarini uchratish mumkin.
Pastki cho’lda sho’r tuproqli erlardan tashqari, og’ir va zich gil tuproqli tekis maydonlar ham uchraydi. Bular- taqirlardir. Taqirlar unchalik katta maydonni ishg’ol qilmaydi. Bu erlarda qish va bahorda suvlar to’planib, mayda –kichik ko’llar hosil qilinadi.Yozda esa bu suvlar qurib, sog’ tuproq aralashgan yoriq erlar hosil bo’ladi. Mazkur erlar havo isishi bilan yana qotib toshdek qattiqlashadi. Toqir erlar qumloq cho’llarda alhida-alohida maydonlar holida uchraydi. Bu erlarda ham o’simliklar deyarli o’smaydi yoki faqat uning chekkalarida, siyrak holda bir oz o’sadi, o’rtalarida esa ba’zi kserofit o’simliklargina o’sishi mumkin. Pastki cho’lning o’simliklari turli-tumandir.
Bu erda barg va poyalari semiz, ya’ni sukkulent (lotincha sukkus-shira, sukkules-shirali) o’simliklar o’sadi. Ularning barg va poyalarida tuz ko’p bo’ladi. O’simliklar tuzli, o’ta sho’rxok joylarda o’smaydi, faqat uning yoqalarida va atroflaridagina o’sadi.
Pastki cho’lda eng ko’p o’sadigan o’simliklardan Cherkez (Sasola richteri Karel), Cho’g’on (Aellenia subaphylla Aellen), Anabazis (Anabasis aphylla L.), Qumarchiq (Agriophyllum arenarium MB), Oqsaksavul (Haloxylon persicum Bge.) , Yovshan (Artemisia diffusa H. Krasch), Kovrak (Ferulla assa-foetida L.), Isiriq (Peganum harmala L.) Achchiqmiya (Goebelia pashycarpa), Chuchmoma (Ixiolirion tataricum),Cho’l poyasida joylashgan o’simliklar qoplamiga bir nazar tashlanganda, qiziq xodisani ko’rish mumkin. Ayniqsa yuqori cho’lda bu hol yanada aniqroq ko’rinadi. Agar tig’iz shuvoqzor orasidan bir oz yursangiz, birdan yantoqzorga chiqib qolasiz, yantoqzordan ancha yurgach, u tugab, karrak qoplangan katta maydonga chiqib qolganingizni o’zingiz bilmay qolasiz. Bu hol, ya’ni bir o’simliklar qoplamining ikkinchi o’simliklar qoplami bilan navbatlanishi o’simliklarni navbatlanishi deyiladi. Geobatanik izlanishlar shuni ko’rsatadiki,o’simliklar qoplamining o’zgarishida vaqt va masofa asosiy rol o’ynaydi. O’lkamizdagi o’simliklarning hozirgi tabiiy qoplamlari kamida 100 va undan ortiq yillarning mahsulidir. O’simliklar qoplamining almashinishida vaqtning roli kattadir. Vaqt o’tirishi bilan o’simliklar qoplami turli sabablarga ko’ra o’zgaradi. Bunday sabablarga birinchidan yil fasillarida ob-havoning o’zgarishi, ikkinchidan, o’sha joy uchun eng xarakterli bo’lgan o’simliklarning rivojlanishi, uchinchidan, iqlim sharoitining muttasil o’zgarib turishiga bog’liq.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish