Pastki tog’. Pastki tog’ga dengiz sathidan 1200-2000 m gacha balandlikda bo’lgan erlar kiradi. Bu yuqori adir bilan tutash bo’lib, uzoq vaqt ko’karib turadigan efimerlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. Efemerlar juda kam bo’lib, chala buta, buta va daraxtlar tagida o’sadi. Bu joyning iqlimi yuqori adirdan bir oz farq qiladi. Yillik harorat adirdan 3-40 past, yog’in miqdori bir oz ko’p. Yog’in kuzda, qish va bahorda yog’adi. Qor va muzliklar qishdagina saqlanadi.Havoning absolyut namligi ancha yuqori bo’lib, yoz oyida 40-50 % ni tashkil etadi. Tuprog’i bo’z jigar rang bo’lib, ba’zi joylarda toshloqli yoki chimli kul rang tuproqlar ham uchraydi. Tuprog’i gumusga boy bo’lib, o’simliklarning o’sishi uchun qulaydir. Bu poyasda katta xarsang toshlar bilan qoplangan erlar ham uchraydi. Pastki tog’da bir yillik va ko’p yillik kserofil o’tlardan: bug’doyiq, esparstet, shuvoq, toshkakra, bozulbong, chalov kabilar ancha ko’p o’sadi. O’zbekistonning sharqidagi tog’larda qor va muzliklar uzoq vaqt yotadi Nam ancha ko’p bo’ladi. Shu sababli bu erda efemerlar va ko’p yillik o’simliklar bilan birga chala buta, buta va daraxtlar ancha ko’p o’sadi. Pastki tog’da tarqalgan bir yillik efemerlar, ko’p yillik o’tlar va daraxtlardan ba’zilari bilan tanishib o’tamiz.
Yaylov poyasi
Respublikamiz territoriyasidagi dengiz sathidan 2700-2800 m va undan baland bo’lgan barcha erlar yaylov poyasasiga kiradi. Yaylov poyasi alp va subalp o’tloqlardan iborat . Uning xarakterli belgisi shuki, bu poyasda buta va daraxtlarning o’sishi uchun sharoitning yo’qligidir. Bu poyasda yaylov deb atalishiga sabab, u erlardagi o’tloqlardan faqat yozda mol boqib foydalanilishidir. Yaylov poyasiga Tyanshan tog’ining g’arbiy qismi, Chotqol , Pskom, Hisor tog’larining janubiy-g’arbiy tomonidagi yuqori tog’ poyasidagi maydonlar kiradi. Bulardan tashqari, respublikamiz territoriyasida joylashgan Turkiston, Zarafshon tog’lari ham yaylov poyasining pastki chegarasi hisoblanadi. Bu poyasning pastki tomoni yuqori tog’ poyasi bilan eng yuqori nuqtasi esa doimiy muzliklar, qorliklar bilan qoplangan qoyalarga borib taqaladi. Yaylov poyasining tuprog’i och va to’q qo’ng’ir rangli bo’lib, qattiq tog’ jinslaridan hosil bo’lgan. O’simliklar, ayniqsa mayin o’tlar ancha qalin qoplam hosil qiladi. Yaylov poyasining iqlimi subnival bo’lib, boshqa poyasalardan tubdan farq qiladi. Yillik o’rtacha yog’in miqdori 600-1000 mm ni tashkil qiladi. Yog’in unchalik ko’p yog’maydi. Lekin issiq kunlar kam bo’lib, faqat iyun-iyul oylaridagina havo isiydi. Qolgan kunlari ba’zan yomg’ir, ba’zan tumanli bo’lib turadi. Shuning uchun ham bu erda dehqonchilik qilib bo’lmaydi. Yillik harorat miqdorining etarli emasligi bu erlarda madanist ekinlar ekib hosil olish imkonini bermaydi, chunki o’simliklar vegitastiya davrini bu qisqa vaqt ichida tugata olmaydi. Havoning ablsayut namligi doimo yuqori. Yoz oylarida bu namlik 50% ni tashkil qiladi. Avgust –sentyabr oylarida nam juda kam tushadi. Kuzning oxiri, qish va bahorda yog’in ko’p bo’ladi. Qishda qor ko’p yog’adi. Havo sovib, yanvar oylarida -300 dan pasayadi. Yillik o’rtacha harorat 6-80 ni tashkil qiladi. Yaylov poyasining yillik o’rtacha harorati yuqori tog’ poyasidan 3-40 past, yog’in-sochinning ancha ko’p bo’lishi bilan xarakterlanadi. Subnival iqlimli yaylov poyasi respublikamizda uncha katta maydonni egallamaydi. Bu poya butun territoriyamizning 1,55 % ini tashkil etadi. Bu poyas maydoni kichik bo’lsa ham o’simliklar qoplami, ekologik sharoiti, iqlimi, tuprog’i va boshqa belgilariga ko’ra ikkiga: pastki (subalp) va yuqori (alp) yaylovlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |