O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Oddiy na’matak (Шиповник собачий)



Download 7,92 Mb.
bet32/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Oddiy na’matak (Шиповник собачий) - Rosa canina L.
Na’matak turlarining ba’zilaridan vitaminli konsentratlar, shar­bat tayyorlanadi, vitamin C (askorbin kislota) olinadi, quruq meva­sidan tabletka va xab dorilar tayyorlanadi. Bu dorilar avitaminoz kasalligini davolashda va uning oldini olishda ishlatiladi. Askorbin kislota ko’pgina kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Vitamin C kamroq bo’ladigan na’matak turlaridan - oddiy itbu- run na’matagi (mevasi tarkibida 0,2-2,2% gacha vitamin C mavjud) mevasidan tayyorlanadigan xolosas preparati jigar kasalliklarini (xoletsistit, gepatit - sariq kasalligi va boshqalami) davolash uchun ishlatiladi. Na’matak turlarining mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar xalq tabobatida me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun hamda isitma qoldimvchi, o’t va siydik haydovchi dori sifa­tida qo’llaniladi.
Bu dori turlari bilan og’iz bo’shlig’i kasalliklarida (milk yalliglanishi va undan qon oqishi) og’iz chayiladi. Na’matak mevasi yana organizmni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, soxta mevalari ichidagi haqiqiy mevalari - yong’oqchalari buyrak va siy­dik yo’llari kasalliklarida siydik haydash uchun ishlatiladi. O’simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq orasida me’da va jigar kasalliklariga, bargining kukuni esa yaralarga davo bo’ladi.
Na’matak turlari mevasidan oziq-ovqat sanoatida vitaminga boy konsentratlar, konfetlar va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlash­da foydalaniladi.


NA’MATAK — Rosa (cynosbatum)
Na’matakRosa (cynosbatum) XI DF siga binoan mahsulot askorbin kislotani miqdori bo’yicha standart talabini qondira oladigan na’matakning quyidagi turlaridan tayyorlanadi:
Begger na’matagi — Rosabeggeriana Schrenk.
Burushqoq na’matak — Rosarugosa Thunb.
Dauriya na’matagi — Rosadavurica Pall.
Zangezur na’matagi — Rosazangezura P. Jarosch.
Itburun na’matak — Rosacanina L.
May na’matagi (dolchinsimonna’matak) — Rosamajalis Herrm. (Rosacinnamomea L.)
Maydagul na’matak — Rosamicrantha Smith.
Pahmoq na’matak — Rosatomentosa Smith.
Tikanli na’matak — Rosaacicularis Lindl.
Fedchenko na’matagi — Rosafedtschenkoana Regel.
Qalqonburun na’matagi — Rosacorymbifera Borkh.
Qumsevar na’matak — Rosapsammophla Chrshan.
Qo’qon na’matagi — Rosakokanica (Regel.) Regel. ex Juz.
Ra’noguldoshlar — Rosaceae.
Na’matak turlari bo’yi 2 m ga etadigan tikanli buta. Novdasi egiluvchan bo’lib, yaltiroq qo’ng’ir-qizil yoki qizil-jigarrang tusli po’stloq hamda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli, poyada bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Bargchasi (5—7 ta) tuxumsimon shaklli va arrasimon qirrali. Gullari yirik, yakka yoki 2—3 tadan shoxlarga o’rnashgan. Guli qizil, pushti, sariq yoki oq rangli, xushbuy hidli. Gul oldi barglari lanstetsimon. Kosacha bargi va tojbargi 5 tadan, otalik va onaliklar ko’p sonli. Mevasi — gul o’rnidan hosil bo’ladigan shirali soxta meva. Ichida onaliklaridan hosil bo’lgan bir nechta haqiqiy meva — yong’oqchalar bor. Yong’oqcha o’tkir uchli, sertuk bo’lib, burchaksimon shaklga ega.
May oyidan boshlab, iyulgacha gullaydi, mevasi avgust-sentyabrda pishadi.
Na’matak turlari o’rmonlarda, ariq bo’ylarida, butalar orasida, tog’larning quruq toshloq yon bag’irlarida va boshqa erlarda o’sadi.
Na’matakning ayrim turlari bir-biridan mevasining, novda po’stlog’idagi tikanning rangi, shakli, katta-kichikligi hamda novdadagi tikanlar soni va joylashishiga qarab farq qiladi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish