Foydalanilgan adabiyotlar.
Nabiev M.N. va boshqalar. Shifobaxsh ne’matlar.-Toshkent, “Mexnat” 1986. - 136 b.
E.T.Berdiyev. E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o’simliklar. Toshkent 2018. 48-bet.
P.Baxodirov K.B. va boshkalar Xazm a’zolari kasalliklarda shifobaxsh o’simliklar va mevalarning foydasi. Toshkent “Ibn Sino” 1992.
12-mavzu. Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari
Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: Dorivor buta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni:
Oshlovchi totim (Сумах дубильный) - Rhus coriaria L.
Totim pistadoshlar - Anacardiaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 1-3 m bo’ladigan buta yoki kichik daraxt. Totim yovvoyi holda O’zbekistonning janubida To’polang va Sangardak daryolari havzasida o’sadi. Barglari toqpatli murakkab, 4-8 juft cho’ziq-tu- xumsimon yoki nishtarsimon, yirik arrasimon qirrali barglardan tashkil topgan bo’lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Bir jinsli, mayda, ko’rimsiz, besh bo’lakli, yashil-oq rangli gullari ayrim-ayrim (changchi va urug’chi) holda ro’vaksimon gulto’plamiga joylashgan.
Mevasi - qizil rangli, sharsimon yoki buyraksimon, mayda, quruq, danakli meva. Totim iyun - iyul oylarida gullaydi, mevasi sentabr-oktabrda yetiladi. Totim Kavkaz, Qrim, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning quruq, toshloq va ohakli tog’ qi- yaliklarida, dengiz sathidan 900-1700 m balandliklardagi tog’ qiyaliklarida, ba’zan o’rmonlarda va o’rmon chekkalarida o’sadi. Totimning bargi xalq tabobatida ishlatiladi.
Oshlovchi totim (Сумах дубильный) - Rhus coriaria L.
O’simlik gullashi oldidan to mevalari pishgunga qadar barglari yig’iladi va ochiq havoda quritiladi. So’ngra tanin olish uchun farmatsevtika zavodlariga yuboriladi.
Totim bargi tarkibida 25-33% oshlovchi moddalar (10-20,9% tanin), 4,8% gacha gallat kislotasi, flavonoidlar (avikulyarin, astragalin, miritsitrin), efir moyi, 112 mg% C vitamini, bo’yoq va boshqa moddalar bor. Totim bargi tanin olish manbasi hisoblanadi. Tanin burishtimvchi, antiseptik va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuning uchun uning preparatlari (tanalbin va tansal tabletka holida) me’da-ichak kasalliklarini (me’da-ichak katari, enterit, kolit, ich ketish) davolashda ishlatiladi. Tanin og’iz bo’shlig’i, burun va tomoqning yallig’lanishida chayish (1-2% li eritmasi) yoki shilliq qavatlarga surtish (taninning 5-10% li eritmasi), kuyganni, surunkali ekzemalami va turli yaralami davolashda hamda ichak yallig’lanishida qo’llaniladi.
Inson alkaloidlar (morfin, kokain, atropin, nikotin, fiziostigmin va boshqalar) hamda og’ir metallar tuzlari bilan zaharlanganda unga taninning 0,2-2% li eritmasi ichishga beriladi yoki 0,5 % li eritmasi bilan me’da yuviladi.
Totim bargi xalq tabobatida o’t pufagi va boshqa kasalliklami davolashda qo’llaniladi. Yanchilgan mevasidan odamlar «nordon ichimlik-sirka» tayyorlashadi. Uni odatda me’da kasalliklarida, singa va shishlami davolashda hamda isitma pasaytiruvchi va qustiruvi dori sifatida ishlatiladi. Barglari damlamasi antivims, bakteritsid xususiyatlarga ega, shu sababli u bilan yara-chaqalar yuviladi, nastoykasi ich ketishi, bod, podagra va falajni davolashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |