O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Yuksak aylant (Айлант высочайший) - Ailanthus aitissima (Mill.) Svving



Download 7,92 Mb.
bet108/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Yuksak aylant (Айлант высочайший) - Ailanthus aitissima (Mill.) Svving.
Aylant (sassiq daraxt) simarubadoshlar — Simarubaceae oilasiga mansub balandligi 30 metrga yetadigan daraxt. O’zbekistonga introduksiya qilingan. Barglari murakkab, toq patsimon, 15-20 ta barglaridan iborat, tuxumsimon, nashtarsimon shaklda. Mevalari - o’rtasida bitta urug’i bor qizg’ish-sariq rangdagi qanotchali meva. May-iyulda gullaydi va avgustda-oktabrda mevalari yetiladi. Aylantning po’stlog’i tarkibida aylantin moddasi, lakton, simarubin, oksikumarin glikozidlari, saponinlar va kam miqdordagi alkaloidlar hamda 12% gacha oshlovchi moddalar uchraydi. Tabobatda daraxt barglari, po’stlog’i jarohatlami tuzatishda, ichburug’da, mevalari bavosil, anginada foydalaniladi. Aylant tanasi po’stlog’i kuchli bakteritsidlik xususiyatiga ega.
Soxta kashtan (Конский каштан обыкновениый)- Aesculus hippocastanum L.
Soxta kashtan Soxtakashtandoshlar - Hippocastanaceae oilasiga mansub balandligi 30 m gacha yetadigan manzarali daraxt. Soxta kashtan turi O’zbekistonga introduksiya qilingan va shahar sharoit­larida gazga va issiqqa chidamli daraxt ekanligini ko’rsatdi. Bargi panjasimon yirik 5-7 tadan, o’rtadagisi katta, ikkita chetidagisi kichikroq, murakkab bo’lib, poyasi bilan shoxlarida uzun bandi yor­damida qarama-qarshi joylashadi. Bargchalari teskari tuxumsimon, o’tkir uchli, qo’sharrasimon qirrali. Besh bo’lakli, oldin sarg’ish, keyinroq qizg’ish dog’li oq gullari tik o’suvchi ro’vakka to’plangan. Mevasi - pishganda 3 ta chanog’i bilan ochiladigan, bitta (ba’zan uchtagacha) urug’li, dumaloq shaklli, yashil rangli tikanlar bilan qo­plangan ko’sak hisoblanadi.
Soxta kashtan may-iyun oylarida gullaydi, sentabr-oktabr oyida mevasi yetiladi. Vatani Bolqon yarim oroli, MDHning Yevropa qismi o’rta va janubiy hududlari hisoblanadi, Qrim, Kavkaz va Markaziy Osiyoda manzarali daraxt sifatida ko’chalarda, istiroxat bog’larida keng o’stiriladi.
Tibbiyotda soxta kashtanning urug’i, guli va bargi keng qo’llaniladi. Mevasi to’liq pishganda qoqib olinib, undan urug’i ajratiladi va ochiq havoda - quyoshda quritiladi. Barglari yoz bo’yi yig’ilishi mumkin, ammo faqat soya yerda quritiladi.
Urug’i tarkibida eskulin, fraksin, kumarin glikozidlari, flavo­noidlar (kversetin va kempferol glikozidlari), 8-10% triterpen sapo­ninlar (essin va boshqa), 6-8% yog’, 50% gacha kraxmal, 8-10% oqsil, oshlovchi va boshqa moddalar, bargida - flavonoidlar (kversetin, kempferol va ulaming glikozidlari), karotinoidlar va boshqa faol birikmalar bor.
Soxtakashtan urug’idan tayyorlangan ekstrakt - eskuzan tromboflebit va vena qon tomiri (ayniqsa oyokda) kengayishi oldini olish va davolashda hamda bavosil va aterosklerozda ishlatiladi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish