O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Xandon pista (Фисташка настоящая) - Pistacia vera L



Download 7,92 Mb.
bet107/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Xandon pista (Фисташка настоящая) - Pistacia vera L.
Xandon pista Pistadoshlar - Anacardiaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 5-7, ba’zan 10 m ga yetadigan daraxt. Barglari toqpatli murakkab, ko’pincha 3 ta, ba’zan 5-7 ta yumaloq-tuxumsimon yoki ellipssimon, qalin, tekis qirrali, och yashil rangli bargchalardan tash­kil topgan bo’lib, bandi yordamida shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Mayda, ko’rimsiz, bir jinsli gullari ro’vaksimon gul to’plamiga joylashgan. Mevasi - tuxumsimon, to’q-qizil rangli, quruq danaldi meva. Xandon pista mart-may oylarida gullaydi, mevasi avgust- sentabrda pishadi.
Markaziy Osiyoning tog’li hududlarida toshloq qoyali joylarda, o’rmon qiyaliklarida, tog’ etaklari va adirlarda katta-katta pistazorlar hosil qilib o’sadi. Kavkaz va Markaziy Osiyoning tog’li hudud­larida sanoat plantatsiyalarida o’stiriladi. Bargida hosil bo’ladigan o’simtalari - buzg’unchasi, xalq tabobatida yana bargi, mevasi va daraxt tanasidan olingan smolasi ishlatiladi. Bargi yoz oylari­da yig’iladi va soya yerda quritiladi. Mevasi pishganida bargdagi buzg’unchasi terib olinadi va ochiq havoda-quyoshda quritiladi. Buzg’uncha tarkibida 30-50% oshlovchi moddalar, bargida 13-14% oshlovchi moddalar, C vitamini va organik kislotalar, urug’ida - 60 % gacha yog’ bor.
Buzg’unchasidan tanin olinadi. Tanin burushtiruvchi, antiseptik va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari (tanalbin va tansal tabletka xolida) me’da-ichak kasalliklari (me’da-ichak katari, enterit, kolit, ich ketarni davolashda ish­latiladi. 1-2% li tanin eritmasi og’iz bo’shlig’i, burun va tomoqning yallig’lanish kasalliklarida chayish uchun ishlatiladi. Tanirniing 5-10% li eritmasi shilliq qavatlarga surtish, kuyganni, surunkali ekzemani va turli yaralami davolash hamda ichak yallig’lanishida xuqna qilish uchun qo’llaniladi. Odam morfin, kokain, atropin, nikotin, fizostigmin va boshqa alkaloidlar, og’ir metall tuzlari bilan zaharlanganda taninning 0,2-2% li eritmasi ichiriladi yoki 0,5%li erit­masi bilan me ‘ da yuviladi.
Xandon pista qadimdan xalq orasida turli kasalliklami davolash­da ishlatib kelinadi. Xandon pista mevasi bilan Abu Ali ibn Sino me’da, jigar va boshqa kasalliklarni davolagan. Bargidan tayyorlangan qaynatmasi xalq tabobatida ich ketishni hamda turli kasalliklarni to’xtatish uchun qo’llaniladi. Mevasidan tayyorlangan damlamasi bilan me’da va ichakning yuqumli kasalliklari, urug’i damlamasi bilan o’pka sili va quvvatsizlik davolanadi. Xandon pista mevasi kuchli antioksidantlik xususiyatlariga ega.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish