Oddiy anjir (Инжир обыкновенный)- Ficus carica L.
Bargining furokumarinlar summasi preparati — psoberan eritma va tabletka xolida pes - vitiligo kasalligini davolashda ishlatiladi. Anjir mevasi tarkibida fitsin fermenti bo’lgani uchun u yana trombo-emboliya kasalligini, ko’p miqdorda qandlar va kaliy tuzlari saqla- ganligi uchun yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Abu Ali ibn Sino anjir mevasini balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida yeyishni, yo’talni qoldirish uchun mevasini sutda pishirib, so’ng iste’mol qilishni buyurgan. Anjir mevasi xalq tabobatida gastrit, surunkali qabziyatni davolash uchun hamda balg’am ko’chiruvchi va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Sutda pishirilgan mevasi yoki uning qaynatmasi (ba’zan mevasining o’zi) ko’krak yumshatuvchi dori sifatida yo’tal, ko’kyo’tal, traxeit, bronxit va nafas yo’llarining boshqa shamollash kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladi. Nafas yo’llari kasalligida qaynatmasi bilan tomoq chayiladi, yaralarga issiq qaynatmasiga ho’llangan doka bog’lanadi. Kamqonlik kasalligida quvvatlantiruvchi vosita sifatida anjir mevasini iste’mol qilish buyuriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Nabiev M.N. va boshqalar. Shifobaxsh ne’matlar.-Toshkent, “Mexnat” 1986. - 136 b.
E.T.Berdiyev. E.T.Axmedov. Tabiiy dorivor o’simliklar. Toshkent 2018. 48-bet.
P.Baxodirov K.B. va boshkalar Xazm a’zolari kasalliklarda shifobaxsh o’simliklar va mevalarning foydasi. Toshkent “Ibn Sino” 1992.
9- mavzu. Dorivor daraxt turlarining shifobaxsh xususiyatlari
Amaliy mashg’ulotning asosiy maqsadi: Dorivor daraxt turlarining shifobaxsh xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni:
Behi (Айва продолговатая) - Cydonia oblonga Mill.
Behi Ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga mansub, bo’yi 1,5- 6 m gacha yetadigan daraxt. Tanasi qoramtir-kulrang po’stloqli, sershox. Kesib turilmasa, ildizpoyasidan ko’plab bachki novdalar chiqarib ko’payib ketadi. Dastlab, ular ko’z ilg’amas mayda tukli bo’ladi, ammo keyinchalik ular to’kilib ketib, yalang’och qoladi. Barglari tuxumsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, pastki tomoni ser-tuk kulrang, usti to’q yashil, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida ketma-ket j oylashgan.
Gullari och pushti, besh bo’laldi, yakka, yirik gulkosachasi mevasi uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shaklda, katta-kichikligi ham har xil. Sariq, to’qsariq, ba’zan qizg’ish. Beshta uyachasida urug’i joylashgan. Behi suvsiz, shirin burishtiruvchi ta’mga ega bo’lib, hidi yoqimli. Behi aprel oyida gullab, oktabr- noyabrda mevasi pishib yetiladi.
Behi (Айва продолговатая) - Cydonia oblonga Mill.
Behi yovvoyi holda Markaziy Osiyoning janubidagi qumq subtropiklarda mintaqasida tog’ vodiylarida uchraydi. Uning xalq seleksiyasi navlari keng tarqalgan. Behi Markaziy Osiyo, Kavkaz, Qrim va boshqa iqlim sharoitlari yumshoq yyerlarda mevali daraxt sifatida o’stiriladi. Hozirgi vaqtda uning bir qator yangi navlari yetishtirilib behizorlar tashkil qilingan. Xalq tabobatida mevasining o’zi, urug’i ishlatiladi.
Ushbu o’simlik urug’i tarkibida 20% gacha shilliq modda, 0,58% amigdalin glikozidi va boshqa birikmalar bor. Yetilgan mevasi tarkibida 10% gacha qandlar (6,2% (fuktoza), 5% atrofida pektin va 0,6% oshlovchi moddalar, 3% dan ortiqrok organik (olma, vino va limon) kislotalar, efirmoyi, 10-20 mg % vitamin C, temir, mis tuzlari va boshqa birikmalar bo’ladi.
Urug’ining qaynatmasi o’rab oluvchi vosita sifatida me’da va ichak devorlari ta’sirlanishini kamaytirish hamda dori moddalaming so’rilishini (shimilishini) cho’zishda qo’llaniladi. Bundan tashqari, qabziyatda surgi, nafas yo’llari kasalliklarida (ayniqsa bolalar kasallanganda) ko’krakni yumshatuvchi va balg’am ko’chiruvchi dori sifatida ishlatiladi.
Behi mevasi xalq tabobatida turli kasalliklami davolash uchun qadimdan ishlatib kelinadi. Behi mevasining damlama va qaynatmasini Abu Ali ibn Sino ich ketish kasallikni davolashda ishlatgan. Ishtaha ochuvchi, burishtiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ichishga bergan. Meva shirasi bilan qon tupurish, astma va boshqa kasalliklarni, urug’ qaynatmasi bilan o’pka va yuqori nafas yo’llari kasalliklarini davolagan.
Behi mevasi qaynatmasi hamda dimlab pishirilgan behi jigar, qon tupurish, yo’tal va boshqa ko’krak kasalliklarini davolash, ovqat hazmini yaxshilash, qusish va qon oqishini to’xtatish uchun ishlatiladi.
Shu bilan birga undan yana siydik haydovchi va burishtiruvchi vosita sifatida, urug’ qaynatmasidan esa ich ketishni to’xtatish maqsadida foydalaniladi. Oziq-ovqat sanoatida behi mevasidan murabbo, kompot va konservalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |