Adabiyotlar:
1. A.Abdug`afurov Buyuk beshlik saboqlari.-T., AS, 1995 y.
2. A.Abdug`afurov. Qalb qa'ridagi qadriyatlar.- T., O`qituvchi, 1998 y.
3. A.Hayitmetov. Adabiy merosimiz ufqlari.-T., O`qituvchi, 1997 y.
4. I.Haqqulov. Zanjirband sher qoshida.-T., Yulduzcha, 1989 y.
5. Navoiy Alisher. Mukammal asarlar to`plami. 20 jildlik.– T., Fan,
1987-2002 y.y.
Takrorlash uchun savollar:
1. Alisher Navoiyning hayot yo`lini gapirib bering.
2. Alisher Navoiy lirikasidagi obrazlar (yor, oshiq, raqib)ga tavsif
bering.
3. Alisher Navoiyning epik asarlari haqida ma'lumot bering.
4. Navoiyning ilmiy asarlari haqida axborot bering.
NAVOIY LIRIKASI. NAVOIYNING BADIIY MAHORATI
(2 soat ma'ruza)
REJA
Navoiy lirikasining manbalari.
Navoiy lirikasining janr xususiyatlari.
Navoiyning badiiyat haqidagi qarashlari.
Navoiy badiiy mahoratining keyingi davr adabiyotiga ta'siri.
Navoiy 7-8 yoshidan boshlab she'r yozgan bo`lsa, umri oxirigacha qalamni qo`ldan qo`ymadi. Ulkan lirik meros qoldirgan. Navoiyshunoslik shoirning ilk she'rini aniqlagan emas. Shoirning o`z etiroficha bolalik chog`lari Sayid Xasan Ardisher uyida:
Furqatingda zafaron uzra to`karmen lolalar
Lolalar ermaski bag`rimdin erur pargolalar.
matlali g`azalini o`qigan. Lutfiyga o`qilgan mashhur g`azali ham dastlabki ijod namunalaridandir.
Navoiy 16-17 yoshida Xirotning mashhur shoiri sifatida nom qozondi. Ammo devon tuzishga shoshilmadi. Uning ilk devonini Sulton Ali Mashhadiy boshliq muxlislar tuzdilar. (1465)
Shoir o`zi tuzgan birinchi devon – «Badoe ul-bidoya» («Go`zallik ibtidosi») 1470-1476 yillarda tuzildi. Navoiyning ikkinchi devoni – «Navodir un-nihoya» («Behad nodirliklari») 1476-1483 yillarda tuzildi.
Navoiyning turkiy tildagi ash'orlari 1481-1488 yillarda tuzilgan. «Xazoyin-ul maoniy» («Ma'nolar xazinasi»)ga jamlangan. Bu devon Jomiy maslahatiga ko`ra inson umri fasllariga moslab to`rt kitobdan iborat qilib yaratilgan.
1. «G`aroyib us-sig`ar» («Bolalik qiziqliklari»)
2. «Navodir ush-shabbob» («Yigitlik nodirliklari»)
3. «Badoe ul-vasat» («O`rta yoshlik go`zaliklari»)
4. «Favaoyid ul-kibar» («Keksalik foydaliklari»)
Shoir she'rlarini devonlarga bo`lishda mavzu asosida ish ko`rgan. Navoiyning tojik tilidagi she'rlari «Devoni Foniy» devoniga jamlangan. Shoirdan turkiy tilda 45 ming, fors-tojik tilida 12 ming misra ash'or meros bo`lib qolgan. Navoiy devonlariga kirmagan she'rlar bu sanoqqa qo`shilsa, undan 60 ming misradan ziyod lirik asarlar qolgan.
Devonda lirik turning 16 janr namunalari uchraydi. G`azal, mustazod, muxammas, musaddas, musamman, tarji'band, tarkiband, maasnaviy, qasida, soqiynoma, qit'a, ruboiy, muammo, chiston, tuyuq, fard.
Navoiy lirikani janri jahatdan boyitish bilan birga mavzu, g`oya, timsollar tizimi badiiyat borasida ham yuksakka ko`tardi.
Shoir lirik merosining mavzulari Qur'on va hadislar bilan zich bog`liqdir. Shu bilan birga dunyoviy masalalar: sevgi, adolat, ezgulik, yaxshilik, yomonlikdan, qabohatdan qochish, el dardi bilan yashash singari mavzulardan iboratdir.
Istiqlol davrigacha Navoiy lirikasining ilohiyot bilan bog`liq nuqtalari haqida so`z bormadi. Shunday satrlar esa boshqacha sharxlanadi.
Navoiy adabiyotshunos sifatida o`z estetik qarashlariga ega ijodkor edi. U badiiyat haqida ma'lum nazariy fikrlarni aytgan, o`z lirikasida uning amaliy isbotini bergan edi.
Shoir ijodkorning xalq oldidagi «ta'b nazm» insonlar oldidagi ma'suliyatini chuqur his qilar edi.
Oyni yorug` charxni demak baland
Ta'bi ba land elga emas dilpisand.
Navoiy shakl va mazmun munosabatini to`g`ri tushungan edi.
Nazmda ham asl anga ma'ni durur
Bo`lsun aning sur'ati har ne durur.
Badiiyat mazmunni zavqbaxsh ifodasiga xizmat etajagini to`g`ri uqtirgan edi. Shoirning so`zga munosabati uning o`rinli ishlatish masalasi uning diqqat markazida bo`lgan edi.
Shoirning badiiy mahorati keyingi davr adabiyoti vakillari ijodi uchun o`rnak, namuna vazifasini bajarib kelmoqda. Ayrim misollarni ko`raylik. Shoir ijodida yor labidagi xol haqida ko`plab misralar uchraydi. Ayniqsa yor labi ustidagi xol vasitasida zavqbaxsh satrlar yaratgan.
Nuqtai xoling nechun shirin labing ustidadur
Nuqta chun ostini bo`lur har qayda kim yozilsa lab.
Sifatlash, kitobat san'atlari vositasida go`zal satrlar yuzaga kelgan.
Xuddi shu holat Furqat ijodida ham ko`rinadi. Furqat Navoiy aytgan fikrni dialog shakliga solib unga yumor tuyg`usini omuxta qilgan.
Nuqtai lab ustida bejodur desam aydi kulib,
Saxf qilmish kotibi qudrat magar tahririda.
Kitobat san'atining bunday zavqbaxsh jilosini E.Vohidov ijodida ham ko`ramiz.
Nuqtadek bir holi bormish g`uncha labning ustida
Ul bir oshkor emishu ul biri pinhon emish.
Do'stlaringiz bilan baham: |