O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet137/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Adabiyotlar
1.N.M.Mallaev. O`zb.adab.tarixi. 1 kitob. T.: 1976 y.
2.O`zb.adab.tarixi. 5 jildlik. 1-tom. T.: 1977 y.
3.Atoiy. Tanlangan asarlar. O`z. dav. nashr.T.: 1958-59 y.
4.Navoiyning nigohi tushgan. T.: 1998 y.
5.S.Rafiddinov. "Majoz va haqiqat" T.: 1999 y.
Takrorlash uchun savollar
1.Atoiy hayoti haqida nima bilasiz?
2 Atoiyning ijodiy merosi nimalardan iborat?
3.Atoiy g`azallarining mazmun mohiyati qanday?
4.Atoiy g`azallaridagi oshiq va yor qiyofasini izohlang?
5.Atoiy g`azallaridan yod ayting?
Lug`at
1.Zohid-taqvodor;
2.Uqbo-oxirat;
3.Afg`on-fig`on;
4.Mug`anniy-chalguvchi;
5.Gulafshon-gul sochuvchi;
6.Behroq-yaxshiroq, afzalroq
LUTFIY.
(2 soat ma'ruza)
REJA

1. Lutfiy hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar.


2. Ijodiy merosi.
3. Shoir she'riyatining janr ko`rinishlari hamda g`oyaviy-
falsafiy xususiyatlari.
4. Lutfiy she'riyatida badiiy mahorat.
5. Lutfiy merosining ma'rifiy ahamiyati.

Adabiyotimizda turkiy she'riyatning eng zabardast vakili Mavlono Lutfiydir. Hazrat Navoiy Lutfiyni "Malikul kalom" (so`z podshosi) nomi bilan atab, uni Sharq adabiyotining Sa'diy, Xofiz kabi ulkan namoyandalari qatoriga qo`yadi. O`zining "Majolis un-nafois" "Nasoyim ul-muhabbat”, "Xoloti Said Hasan Ardasher” kabi bir qator asarlarida qayta-qayta hurmat bilan tilga oladi. Lutfiyni 99 yil umr ko`rganini aytadi. D.Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro", Xondamirning "Makorim ul-axloq" va boshqa bir qator manbalarda shoirning hayoti, fe'l-atvori haqida ma'lumotlar uchraydi. Ana shu qaydlarga ko`ra shoir 1366 yillarda Hirot yaqinidagi Dehikanor degan joyda tavallud topadi.


Avval maktab, so`ngra madrasa sabog`ini oladi. Shuningdek, Shahobiddin Xiyoboniydan tasavvuf sabog`ini olganligi ham aytiladi va 1465 yillarda olamdan o`tadilar.
Aytib o`tish joizki, yaqinda topilgan Shayx Ahmad Toroziyning "Funun ul-balog`a" asarida Lutfiy fardlaridan misol keltirar ekan, uni "Lutfiy Shoshiy- Toshkentlik deb tilga olganini A.Hayitmetov xabar qiladi.
Manbalarning guvohlik berishicha Lutfiy 20 dan ortiq asar yaratgan. Jumladan "Zafarnoma" deb nomlanuvchi doston, (qo`l yozmada qolib ketgan) hamda "Mashhun ul-haqoyiq" asarlari tilga olinsada, hech biri bizgacha yetib kelmagan.
Lutfiy ijodiy merosi sifatida g`azal, ruboiy, qit'a, tuyuq, fardlardan iborat "Devon"i saqlanib qolgan. Navoiy “Manoqibi Pahlavon Muhammad” asarida Lutfiyning dunyoqarashi va shunga muvofiq g`oya va obrazlar dunyosi haqida fikr yuritganda uni "zohir ahli shuarosi" deb ataydi. Lutfiy she'riyat orqali o`z ona tili va shunga muvofiq san'atkorlik imkoniyatlari va o`z tafakkur olamini keng miqyosda namoyon etgan shoirdir.
Eng avvalo shoir inson va tabiatni muqaddas mavjudot sifatida talqin qiladi. Odamlarning muqim o`rnashib olgan muqaddas maskan "ka'ba" aslida insonning o`zida, va'da etilgan jannat farog`ati shu hayotning o`zida. Qachonki, aql va is'tedod unga rahnamolik qilsa, uni cheklangan doira, qonun-qoidalar girdobidan olib chiqsa, olam sirlaridan voqif etsa.
Burq'ani ko`tar, tengri uchun, el seni ko`rsun,
Bu husnu malohat yana qaysi kun uchundir.
Baytda insonlarga odatda xos bo`lgan, o`zaro munosabatlarda ishlatuvchi botiniy va zohiriy olam qiyofasi ifoda topgan. Demak, inson hali komillikdan yiroqda.
Keldim eshikka, orzum yuzingdur, ko`rguz chiqib,
Kelginki, Lutfiy xojati uchmoq emas, diydor erur.
Anglashiladiki, shoirning istagi diydor, ya'ni komil insonni ko`rish boshqacha aytganda, insonni barcha harakatlari jannat ilinjida emas, komillik ilinjida bo`lmog`i kerak. Inson o`zida jannatga hojatmandlikni emas, diydori komillikka hojatmandlikni his etishi kerak.
Muxtasar qilib aytganda, Lutfiy g`azallari markazida turuvchi lirik qahramon-komil inson, uning orzusi diydori komillikdir. U oldin kishiga xos fikr va hayol egasi sifatida boy ruhiy olam bilan yashaydi.

Jafou ishva fan ilmi ichra,


Ko`zung shogirdidur davroni aflok.
Lutfiy o`z g`azallarida turlicha qarash, kayfiyat, ruhiy xolatlarni namoyon etishda betakror nafis obrazlar kashf etadi. Hayotiy detallar vositasida orginal tashbeh, iyhom, tazod, tajnis, tashxis, tajohul, laf va nashr, radiflar yaratib poetik obrazlar bilan she'riyat husnini benihoya boyitadi.
Lutfiy she'riyatida ruboiy, qita, tuyuqlar ham alohida o`rin tutadi.

Ey ko`ngul, bu yo`lda ne g`amdur senga,


Kim, xayoli yor bayramdur senga, ;
Sevdun o`z hadingdin ortiq yorni,
Gar seni kuydursalar kamdur senga?
Garchi qurutmas ko`zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini,
Yig`lama ko`p, bu vujudning ishq o`ti,
Ne qurug`in kuygusi ne yoshini.
Lutfiyning barcha janrlardagi she'rlari uchun muhim bir xususiyat xalq maqol va iboralarini misralarga mahorat bilan singdirib yuborilishida ham ko`rinadi. Bu kabi betakror xususiyatlar, soddalik va ravonlik har bir davr kishisi uchun tushunarli ekanligi shoir she'riyatining xalqchiligini ta'minlab kelmoqda.



Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish