Adabiyotlar
1. N.M.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi. 1-kitob. T.: 1976 y.
2. O`zbek adabiyoti tarixi. Ak.nashr. 5 jildlik. 1tom. T.: 1977 y.
3. Lutfiy. Sensan sevarim. T.: 1987 y.
4. S.Erkinov. Lutfiy hayoti va ijodi. Fan. T.: 1965 y.
5. Rasulov X. Lutfiyning voqeaband va yakpora g`azallari xususida.
"O`zbek tili va adabiyoti" 1981 y. 1-son.
Takrorlash uchun savollar
1. Lutfiy xaqida nima bilasiz?
2. Lutfiy merosida yetakchi janrlar qaysilar?
3. Lutfiy g`azallarining mazmun mohiyati haqida nima bilasiz?
4. Lutfiyning san'atkorlik mahorati?
Lutfiy g`azallaridan yod ayting?
NAVOIY HAYOTI VA IJODI
(2 soat ma'ruza)
REJA
1. Alisher Navoiy hayot yo`li.
2. Navoiy ijodiy merosi.
3. Navoiy merosining o`rganilishi.
Mir Nizomiddin Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda temuriylar xonadoni amirlaridan bo`lgan G`iyosiddin kichkina oilasida tavallud topdi. Onasi Qobul amirlaridan shayx Abdusaid Changning qizi bo`lgan. Amir Temurning o`g`li Umarshayx bilan Alisherning bobosi ko`kaldosh bo`lganlar.Alisher 4 yoshida maktabga bora boshladi. Bo`lajak podsho Husayn Boyqaro bilan birga o`qidi va u bilan umrbod do`stlashdi. Hirotdagi toj-taxt uchun kurashlar avj olganligi sababli Alisherlar oilasi 1447 yilda Iroqqa ko`chib ketadi. Yo`lda u tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Ikki-uch yildan so`ng oila yana Hirotga qaytib keladi. G`iyosiddin kichkina saroyda xizmat qila boshlaydi. 1456 yili Alisher Mashhadga o`qishga ketadi. Navoiy Mashhadda Sayyid Hasan Ardasher va Kamol Turbatiy kabi shoirlar bilan tanishadi. Abul Qosim vafot etgach, Abu Said Mirzo taxtga o`tiradi, Alisherni saroyga ishga oladi.
Navoiy 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Bu tanishuv buyuk do`stlikka aylanadi va umrbod davom etadi.
Navoiy 1466 yilda Samarqandga o`qishga ketadi. Shoir Bobur ta'biri bilan aytganda, Abusaid Mirzo Navoiyni Hirotdan “ixroj” (surgun) qiladi. Bu yerda u Fazlulloh Abullays, Aloyi Shoshiylardan ta'lim oldi.
1469 yilda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egalladi. Navoiy Hirotga qaytdi va bu muvaffaqiyatni qutlab do`stiga bag`ishlangan “Hiloliya” qasidasini yozdi. Navoiy saroyda avval muhrdor, so`ng amir vazifasiga tayinlandi. Navoiyga “Amiri kabir” unvoni beriladi.
Bir necha muddat Astrobodda hokim bo`lib turadi, so`ng Hirotga qaytadi. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etadi. Butun mamlakatda motam e'lon qilinadi. Ko`plab shoirlar Navoiy vafoti munosabati bilan marsiyalar, ta'rixlar yaratdilar.
Alisher Navoiy “g`azal mulkining sutoni”, mumtoz adabiyot taraqqiyotini yuqori pog`onaga ko`targan epik shoir, tarixchi, adabiyotshunos va tilshunos olim bo`libgina qolmay dinshunos, davlat arbobi sifatida ham faoliyat ko`rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |