Dinshunoslik faniga kirish Amaliy psixologiya fakulteti Bajardi: Primqulova Munisa Guruh: 2- bosqich 204 Reja: - 1. Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
- 2. Din tushunchasi va uning jamiyatdagi funkstiyalari.
- 3. Dinlarning ta’limotiga ko‘ra bo‘linishi.
Dinshunoslik asoslari - Dinshunoslik asoslari kursining predmeti va uning ijtimoiy fanlar o’rtasida tutgan o’rni. Hozirgi zamon voqeligining o’ziga xos xarakterli xususiyalaridan biri shundaki, jamiyatning barcha sohalariga ilmiy tafakkurning ta’siri keskin kuchaymoqda, uning ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roli ortmoqda. Fanning XX asrdagi muvaffaqiyatlari chindan ham buyukdir. U bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanib, inson tabiat sirlarini tobora chuqur anglash imkonini bermoqda. Hozirgi vaziyatda ilmiy dinshunos-likning nazariy yutuqlari va mamlakatimizdagi diniy tashkilotlarning g’oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga olganda din va dindorlarga bo’lgan munosabatlarni qayta ko’rib chiqishni talab etadi.
Din tushunchasi. - Din va diniy e’tiqodning falsafiy mohiyati. Din tushunchasi ko’p qirrali, murakkab va ziddiyatli ijtimoiy hodisani ifodalaydi. Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, inonish ma’nolarini bildiradi. E’tiqod ham arabcha bo’lib, chuqur va mustahkam ishonch demakdir. Din va diniy e’tiqod fan shakllana boshlagandan falsafaning etakchi mavzusi bo’lib kelgan. Aynan dinga munosabatda, dunyoni bilishda faylasuflar idealistlar va materialistlar oqimlariga ajralib ketishgan. Dunyoviy dinshunoslik bilishning dialektik usulidan foydalanib, dinning gnoseologik va ijtimoiy ildizlarini, uning mohiyatini, kelib chiqishi va rivojlanib borishini mufassal tahlil etib bergan. Dinning psixologik ildizi inson psixikasining xususiyatlariga bog’liq bo’lib, u olamning odam ongida in’ikos etishi uchun imkon yaratadi. Dinga ishonuvchining ratsional va hissiy elementlarini o’z ichiga oluvchi bu ruhiy holatlari diniy o’z - o’zini anglash va o’zini-o’zi his etish vujudga kelishi uchun shart - sharoit va imkoniyat yaratadi. Ular muayyan ijtimoiy, avvalo salbiy omillarning ta’sirida, ro’yobga chiqishi amalga oshishi mumkin. Bu omillar turli xil salbiy hislar paydo bo’lishi uchun sababdir. Dinning psixologik va gnoseologik ildizlari bir - biri bilan chambarchas bog’langan. Bunda shaxs psixikasini aql yordamida anglash va hissiy - irodali his etish elementlari amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |