- Dinning psixologik xususiyatlariga esa diniy his - tuyg’u, irim - chirim, turli diniy marosim, xatti - harakat, sajda va shu singarilar kiradi. K.K.Platonov qo’rquv, avvalo ijtimoiy his - tuyg’u sifatidagi qo’rquv singari inson psixikasi hodisalarini dinga xos psixologik ildizlarga taalluqli deb hisoblaydi. U inson psixikasidagi anglangan va anglanmagan hodisalar to’g’risidagi ziddiyat dinning yana bir psixologik ildizidir deb hisoblaydi. U ko’pgina diniy xatti - harakatlar psixologik strukturasining zarur elementlari hisoblangan musiqa, teatr, adabiyot, she’riyatni qabul qilish bilan bog’liq murukkab psixologik kechinmalar - katarsis (poklanish) emotsional o’ziga xos hissiyotni ham dinning psixologik ildizlari elementlari qatoriga kiritadi. Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar, ijtimoiy uyushmalar ijtimoiy psixologiyaning sub’ektlari bo’lishi kerak, degan to’g’ri xulosaga keldilar. Bular doirasida ehtiyoj, qiziqish, ijtimoiy norma, qadriyatlar, jamoatchilik fikri va shu singarilarni ijtimoiy-psixologik hodisalar sifatida samarali o’rganish imkonini beradi. Dinni ham ijtimoiy birliklar doirasida o’rganish, baholash, tavsiflash lozim. Shaxs ijtimoiy - psixologik hodisalarning, ijtimoiy borliq ijtimoiy psixologiyaning ifodasidir.
- Tarixiy - sotsiologik usul deb atalmish bunday yondoshuv tarixiy etnografik tadqiqotlarini olib borishda ,ayniqsa, yaxshi samara beradi. Bu usul dinshunoslikda ham evristik qimmatga egadir, chunki u yosh avlodda diniy e’tikotlarning va an’analarining saqlanish va takrorlanishiga sabab bo’ladigan sotsial - psixologik omillarni tadqiq etishda to’g’ri yo’nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ijtimoiy-psixologik hodisalarining xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni tushunish, izohlash, tavsiflash mumkin emas. Din ma’naviy, aniqrog’i, g’oyaviy - madaniy omil bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ko’pgina jihatlardan ijtimoiy-psixologik hodisa hamdir. Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy qismi, bayram, urf-odat va marosimlarning manbai bo’lib, jamoa va guruhlar fikrini shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruhlarning dasturlarini, qadriyat yo’nalishlari va motivlarini belgilaydi. Shu bilan birga, dinning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi, muayyan jamiyatdagi shart sharoitni uning dastlabki shakllari - sehrgarlik, totemizm, fetishizm, otashparastliklarni o’rganish, shuningdek turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda dinning paydo bo’lish, mavjud bo’lib turish shart-sharoitlari va ildizlarini o’rganishni ham taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |