O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet146/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Adabiyotlar
1. Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik, 1-6 jild. T.,1971-80 y
2. Ogahiy. Ta'vizul oshiqin. T., 1960 y
3. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi, 2-kitob. 1980 y
4. Zohidov V. O`zbek adabiyoti taridan. T., 1961 y
5. Majidiy R. Ogahiy lirikasi. T., 1963 y
6. Munirov K. Ogahiy. T., 1959 y
7. Jo`raxonov A Insonparvarlik –o`zbek adabiyotining yetakchisi g`oyasi.
Andijon. 1987 y
Takrorlash uchun savollar:
1. Ogahiy hayoti haqida gapiring.
2. Ogahiy devonlari, ularning tarkibini bilasizmi?
3. Ogahiyning badiiy mahorati qanday?
4. Ogahiy lirikasining tematik xususiyatlari haqida ma'lumot bering.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI


«O‘ZBEK FILOLOGIYASI»
FANIDAN


USLUBIY QO‘LLANMA

ANDIJON

  1. KIRISH. O‘ZBEK ADABIYOTI FAN SIFATIDA.




  1. Badiiy adabiyot - borliqni o‘ziga xos tarzda bilish vositasi.

  2. Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik fani.

  3. O‘zbek adabiyoti fani va uning maqsadi, vazifalari.

4.O‘zbek adabiyotini o‘rganishda milliy tarixni bilish zarurligi.

O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan keyin, barcha sohalarda bo‘lgani kabi adabiyot sohasida ham uni birgina millat adabiyoti deb emas, balki davlat adabiyoti, ya’ni jahon hamjamiyatida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lgan davlat adabiyoti deb qarash, o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib qoldi. Chunki, adabiyot millat madaniyati va ma’naviyatidan davlat ma’naviyatiga, uning madaniy mezoniga aylandi. Shu sababdan o‘zbek adabiyoti ma’lum sohalarda turkiy xalqlar adabiyotining ajralmas bir qismi va ma’lum darajada boshlang‘ich nuqtasi, bolalik chog‘i deb o‘rganish kerak bo‘lib qoldi. Buning ilmiy asoslari sifatida Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylarning boy meroslarini keltirish mumkin.Har bir xalqning o‘z tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bor. Shunga ko‘ra adabiyot - shu adabiyotning yaratilishiga asos bo‘lgan xalq nomi bilan ataladi. O‘zbek xalqi qadimiy, boy madaniyatga ega bo‘lgan xalqlardan biridir. U jahon ilm-fani, san’ati va adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi, buyuk olimlarni, san’atkorlarni, yozuvchilarni yetishtirdi.


O‘zbek xalqi ma’naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o‘zbek adabiyotidir. Bu adabiyot tarixi qadim zamonlardan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy merosini o‘z ichiga oladi. O‘zbek adabiyoti xilma-xil tur va janrlardagi badiiy asarlarni qamrab oladi. Katta janrlardan hisoblangan lirika, epos o‘tmish o‘zbek adabiyotining asosiy turlaridir. G‘azal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, masal, hikoya va boshqalar keng tarqalgan adabiy janrlar hisoblanadi, shu bilan birga roman, qissa, publitsistika kabi janrlarning ham shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.
O‘tmish adabiyoti badiiy asarlar bilan birga yirik memuar va tarixiy asarlarni ham o‘z ichiga oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavsul iqbol» va boshqalar shular jumlasidandir.
«Alpomish», «Kuntug‘mish», «Tohir va Zuhra», «Bo‘z o‘g‘lon» kabi xalq kitoblari ham o‘zbek xalqi boy va buyuk og‘zaki ijodining mahsulidir.
Tarjima adabiyoti ham rivojlangan bir sohani tashkil etadi. O‘zbek xalqi asrlar davomida bir qancha xalqlar bilan - Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Kavkaz, Rusiya, Yunoniston, Eron, Hindiston, Arabiston va boshqa o‘lkalarning xalqlari bilan yaqindan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘ldi.
Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir, badiiy adabiyotning taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Biroq, ayrim vaqtlarda san’at va adabiyot jamiyatning umumiy taraqqiyotidan ilgari ketishi yoki orqada qolishi ham mumkin. Buning yorqin misoli sifatida «O‘zbek adabiyoti» kursi davomida yanada chuqurroq o‘rganiladigan X-XII asrlardagi rivojlanish va, aksincha, XX o‘rtalaridagi hayotni boshqacha talqin qilishlarni keltirish mumkin.
O‘zbek adabiyoti tarixi va uning rivojlanish jarayonida hali o‘rganilmagan va kam o‘rganilgan yodgorliklar, masalalar oz emasligi ma’lum. Ayniqsa, arab va mo‘g‘ul istilochilari davrlarida juda ko‘p madaniyat yodgorliklari va adabiyot asarlari yo‘qotib yuborildi. Bu holat ayrim etaplar, masalan VIII-IX va XIII asrlar adabiyotining to‘la manzarasini yoritish, ularni keng tasavvur qilish imkonini cheklab qo‘yadi. Shunga qaramasdan o‘zbek adabiyoti tarixini quyidagi taraqqiyot bosqichlariga bo‘lish mumkin:

  1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.

  2. IX-XII asrlar adabiyoti.

  3. XIII - XIV asrlar adabiyoti.

  4. XIV asr o‘rtalaridan XVII asrgacha bo‘lgan adabiyot.

  5. XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan adabiyot.

  6. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.

  7. XX asr va mustaqillik davri adabiyoti.

O‘tmishdagi madaniyat, san’at va adabiyotning shunday buyuk yodgorliklari borki, ular bir qancha davr va avlodlarga manzur bo‘lib kelmoqda. Ana shunday yodgorliklar qatoriga va ularning shoh o‘rinlariga X-XII asrlardagi Sharq Uyg‘onish davri yodgorliklari, XIV asr badiiyati, XVII-XIX asrlardagi tasavvuf va hajviyotlarni keltirishimiz mumkin. O‘tmish madaniyati, san’ati va adabiyotining eng yaxshi namunalari katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu namunalar kishilardagi eng yaxshi fazilatlarni takomillashtirishga, insonparvarlik, vatanparvarlik, do‘stlik, halollik, qahramonlik, mehnatsevarlik kabi xususiyatlarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi. Davrning ilg‘or qarashlari bilan sug‘orilgan, xalqchillik, va yuksak iste’dod Bilan yaratilgan o‘tmish madaniyati, san’ati va adabiyoti yodgorliklarigina mana shunday qimmatga ega.


O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish uchun o‘sha davr adiblarining ijodini aniq tarixiy sharoitdan kelib chiqib to‘g‘ri o‘rganish, yoritish va baholash zarur. Shu taqdirdagina ularning faoliyatidagi ziddiyatlarning sabablarini ochish va izohlash mumkin. Chunki, ma’lum bir tarixiy sharoitda taraqqiyparvar hisoblangan qarash va g‘oya boshqa bir tarixiy sharoitga kelib o‘z mohiyatini o‘zgartirishi, hatto aks mohiyat yoki tushunchalarni anglatib qolishi ham mumkin. Yuqorida aytilganidek, o‘rganilayotgan davr tarozusi bilan qarash, o‘sha o‘lchovlar me’yori bilan tortish kerak bo‘ladiki, bu mezon barcha davrlar uchun ularni baholash, ular ustidan teran fikrlash va hukm chiqarishga olib keladi.
Adabiyoti taraqqiy topgan xalqning yutuqlari tezda butun jahon miqyosiga chiqadi, hamma mamlakatlar va xalqlar tomonidan keng miqyosida qabul qilinadi. «Keling, Alisher Navoiydek shoir bo‘lgani uchun quvonaylik. Bizga shunday shoirni armug‘on qilgan xalqiga katta rahmatlar aytaylik, - degan edi akademik N. I. Konrad. -Navoiyni faqat o‘rganmasdan, tadqiq etmasdan, o‘qib ham yuraylik. Faqat o‘qibgina qolmasdan, uning haqida o‘ylab ham yuraylik».
O‘zbekiston tarixi, geografiyasi, undagi tabiiy boyliklardan yoki undagi fanning taraqqiyotidan ma’lumot beruvchi asarlar butun jahon o‘quvchilarining ma’lum qisminigina qiziqtirishi mumkin. Ammo Navoiy, Ogahiy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek kabi adiblar yaratgan badiiyat namunalari turli mintaqalarda yashovchi o‘quvchilarda qiziqish tug‘dira oladi. Shuning uchun ham o‘zbek adabiyoti asarlarining dunyo bo‘ylab kezishi, yer yuzining barcha mintaqalarida o‘z o‘quvchilari bo‘lishi o‘zbek xalqining faxridir.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish