O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet143/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Adabiyotlar
1. Bobur «Boburnoma», -T., 1960 y
2. N.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi. -T., 1965 y
3. O`zbek adabiyoti tarixi. V jildlik, II jild, 1972 y
4. H.Hasanov. Zahiriddin Muhammad Bobur. -T., 1966 y
5. S.Jalilov. Bobur va Andijon. T., 1995 y
6. B.Jalilov. Boburning ijod qirralari. Andijon, 1992 y
7. R.Shamsutdinov. Boburiylar sulolasi, Andijon, 1993 y
8. Bobur. Tanlangan asarlar. -T.,
9. B.Jalilov. “Boburnoma” –Bobur lirikasini o`rganishdagi muxim manba. «Sharq xalqlari madaniy merosining noyob dundonasi» kitobida, Andijon, 1990 y
10. N.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi. -T., 1965 y
11. O`zbek adabiyoti tarixi. V jildlik, II jild, 1972 y
12. Bobur «Boburnoma», T., 1960 y
13. X.Nazarov. Bobur asarlari uchun qisqacha lug`at. -T., 1972 y.
14. S.Jamolov. «Boburnoma»ning badiiy qimmati haqida. -T., 1961 y


Takrorlash uchun savollar:
1. Shoirning taxalusi haqida gapiring.
2. Boburning hayot yo`li haqida nimalar bilasiz?
3. Boburning ijodi haqida gapiring.
4. Bobur haqidagi badiiy asarlar haqida ma'lumot bering.
5. Bobur lirikasi manbalari xususida ma'lumot bering.
6. «Boburnoma» asarining yaratilish tarixi qanday?
7. Asarning o`rganilish tarixi haqida nimalar bilasiz?
8. «Boburnoma»da joylar tasviri haqida ma'lumot bering.
9. «Boburnoma»da tarixiy shaxslar tasviri qanday?
10. «Boburnoma» va zamonomiz haqida gapiring.


MASHRAB
(2 soat ma'ruza)

REJA

1. Mashrab hayoti bilan aloqador ma'lumotlar.
2. Mashrab shaxsi haqida
3. Mashrab dunyoqarashidagi ziddiyatlar va ularga munosabatlar.
4. Lirikasining g`oyaviy motivlari.
Shoir Mashrabning qaerda va qachon tug`ilganligi yaqin yillarga qadar aniq emas edi. Chunki mutaxasislar bu borada bir to`xtamga kelmagan edilar. Sharq xalqlari adabiyotida Mashrab taxallusi bilan ijod qilgan bir qator shoirlar bo`lgan. Isfaxonlik shoir Hakim Abdurazzoq Mashrab, u 1714 yilda vafot etgan (Hindistonda); XVII asrning oxirlarida Tabrizda vafot etgan. Mashrab taxallusi Mirhusayn; Dexlida o`tgan Mirinoya-tillo; XVIII asr boshlarida Eronda yashagan, Sherozda vafot etgan Mirzo Ashraf; Astrabodda hayot kechirayotgan XVII asrda yashagan, Hindistonda bo`lgan Mashrab; XI X asr o`rtalarida yashagan o`zbekistonlik Hofiz Ro`ziboy Mashrab va nihoyat, Bobarahim Mashrab, bularning hammasi deyarli XVII- XVIII asrlarda yashaganlar. Bu Mashrablarning ko`pchiligi fors-tojik tilida ijod qilganlar. Boborahim Mullavali o`g`li Mashrab esa asosan, o`zbek tilida, qisman tojik tilida ijod qilgan.
Uzoq yillar davomida Mashrabning qaerlik ekanligi haqidagi masala ham o`z yechimini topmasdan keldi. 80- yillarga qadar uni namanganlik, balki andijonlik deb kelindi. Sharqning o`ndan ortiq shoir va olimlari Mashrab ijodiyoti haqidagi o`z asarlarida fikr yuritganlar, o`ndan ortiq xattotlar uning asarlarini ko`chirganlar, bayozlar tuzganlar.
O`rta va oliy maktablar uchun chiqarilgan darsliklarda yaqin yillargacha (oliy maktablarniki hozir ham) noto`g`ri ma'lumotlar bilan band bo`lib keldi: shoirning tug`ilgan yili 1640 yildan to 1657 yilga qadar, tug`ilgan joyi esa goh Namangan, goh Andijon deb keldilar. Nihoyat 80-yillarning o`rtalarida uni Andijonlik emas, Namanganlik degan xulosa qilishlari uchun ayrim dalillar topildi. Ammo ba'zilarda (menda ham) hamon bu ma'lumotlarga shubhalar bor. Chindan ham, Mashrabning she'rlarida Namangan nomi ko`p marta keltiriladi. Biroq ularning har biri alohida olinib tahlil qilinsa, shoirni Namanganlik deyishga uzil-kesil olib keluvchi dalil chiqmaydi. Ko`pgina misollardan eng kuchlisi:
Na malakman, na farishta, men ham inson naslidin,
Men tavalludi o`shal farzandi namangoniyman,-

baytidir. Keltirilgan mazmunni beruvchi satr-ikkinchisi, ammo undan «Namangan farzandiman» degandan ko`ra ko`proq «Namangan farzandining bolasiman» degan mazmun kelib chiqayotganga o`xshaydi. Demak, M.Zokirov va boshqalarning Mashrab Andijonda tug`ilgan, onasi namanganlik bo`lgan degan taxminlari, Maleho Samarqandiyning Mashrabni Andijonga bog`lab aytganlari, 1992 yilda «Yozuvchi» nashriyoti chop etgan «Qissai Mashrab»ning 84-88 sahifalarida Mashrab onasini ko`rgani Namanganga emas, balki Andijonga yo`l olgani va kelgani haqidagi ma'lumotlarni yana ham sinchiklab o`rganib chiqish zarurati borga o`xshaydi.


Shunday qilib, Mashrab hayoti va ijodining dastlabkilar qatorida o`rgangan Muxsin Zokirov bir qator manbalarga suyangan holda Mashrabni Andijonda tug`ilgan degan fikrga kelgan ekan. Bu borada akademik shoir G`.G`ulomning «Ikki Mashrab» maqolasida ham fikrlar mavjud.
Ammo keyinroq «Qissayi Mashrab»ning nusxalaridan birida shoirning Namanganlik ekani aniq va ravshan bo`lganligi ma'lum bo`ldi. Shunday qilib, Boborahim Mashrab 1640 yilda Namangan (yoki Andijonda) Mullavali yoki Valibobo oilasida tug`ilgan. Mahalliy maktabda savod chiqargan. Zehni o`tkir, ko`p o`qigan, o`z shaxsiy fikr va qarashlariga ega bo`lgan. Boshqa bolalardan ko`p o`qiganiligi, bilganligi va devona fe'lligi bilan ajralib turgan.
Maktab tahsildan so`ng uni otasi Namangandagi Mulla Bozor Oxund qo`liga topshiradi. Boborahim o`z ustozidan ko`p bilimlarni o`rganadi. Ustozi uni mashhur Ofoqxo`ja eshon qo`liga ta'lim olish uchun yo`llaydi. Shoir Qashqarda bir necha yil bilim oladi, xizmat qiladi. O`zining yozishicha, nochor va aftoda kiyimlarda yuradi.
Eshonning ko`plab shogirdlari bilan birga, cho`rilari ham bo`lgan. Mashrab ulardan birini sevib qoladi. Bundan xabar topgan ustoz oshiq yigitni g`oyat qattiq jazolaydi-muxrni qizdirib turib, uning bo`ynidagi tomiriga bosadi, dargohidan quvlaydi.
Mashrabning keyingi hayoti oxiriga qadar darbadarlik, sarsonlik, jahongashtalikda qalandarona tarzda o`tadi. «Qissai Mashrab»da bu borada batafsil hikoya qilingan.
Shoir devona sifat fe'lini tashlamagan. Unga ixlos qo`yganlarning ustidan kulgan. Buning boisi munozarali. Hokim va beklarni mensimagan, so`fi va mullalarning kamchiliklarini ochib tashlagan, dunyo kezib, goh rindona, goh so`fiyona fikrlarni bildirgan. Ammo sovet davrida aytilganidek, ateist bo`lgan emas. U hamma vaqt xudoni yodda saqlagan, diliga uning mehrini jo qilgan. Shu bilan birga, real insonni, yorni ham sevgan.
Bizningcha, Mashrab boshqalarga o`xshamaydigan shaxs bo`lgan. Favqulotdda talant va xotira egalari bo`lmish ayrim odamlar borki, o`zlarining fe'l-atvorlari bilan boshqalardan farqlanib turadilar. Biz ularni meyordagi odam deb aytmaymiz. Mashrab ana shundaylar qatorida tura oladi. Unda Vol'f Messingga xos xususiyatlar ham bo`lgandir. (bu haqda dars davomida kengroq fikr bildiriladi.)
Mashrabda chinakam qalandarlik xususiyati mavjud bo`lgan. Uning boshiga tushgan kulfatlar ham bir odamni qalandar qilib qo`yishi uchun yetarlidir, extimol. Qolaversa, shoirning o`zi uchun qalandarlikni tanlaganligini quyidagi g`azalda ifoda etgan.

Murodinga yetay desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l:


Sitam ahlin quvay desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l,
Og`izdan dur ichay desang, sharobi ishq ichay desang,
Yomonlardan qochay desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l.
Fasod axlin quvay desang, (ketiga) bir uray desang,
Bu dargohda suray desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l.
Riyozatsiz bo`lay desang, tanim ozod yuray desang,
Jahonni sayr etay desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l.
Razolat kuydiray desang, zalolat o`ldiray desang,
Hammasin supiray desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l,
Bu taqvodin kechay desang, xonaqohdin qochay desang,
Haqiqatni ochay desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l.
Guharrezlik qilay desang, hammani kuldiray desang,
Chu Mashrabdek bo`lay desang, qalandar bo`l, qalandar bo`l.
Har bir bayt bir ozgina tahlil qiladigan bo`lsak, shoirning maqsadlarini aniq anglamay olsak, uning nima uchun qalandarona hayot kechirayotganligini tushuna olamiz.
Mashrab ijodiy merosi o`zining g`oyaviy motivlari bilan ziddiyatga to`la. Zotan, shoirning hayoti o`zi shunday shakllangan edi.
Real hayotiy voqealar ta'sirida shoir dunyoqarashi ham ziddiyatli qarashlar bilan bog`liq bo`ldi. Mashrab ulamolarning qalblari g`oyat pok bo`lishini, ularda zarracha ham riyokorlik bo`lmasligini kutgan edi. Ammo o`zi ko`rgan va bilgan ba'zi bir rahnamolarning kirdikorlarini ko`rgach, ikkilanib qolgan, ularga nisbatan nafrat bilan qarashga majbur bo`lgan:
Osmon besar bo`lar aytsam alamlik, doston,
Har kishiga ayta bilmam rahnamoning dardini.

Mashrab Ollohni sevgan, uni kuylagan, hamma vaqt uni qalbida saqlagan.


Shuningdek, qalbining bir chekkasida hayotidagi real shaxsga, yorga ham abadiy o`rin bergan. Bu ikki yor o`rtasida qolgan shoir g`oyat azoblangan. Uning azoblarining xaddi-chegarasi bo`lmagan.

Yor Mashrab, ishq o`tini qo`ydi jonim uzra kim,


Chuk-chuk yetti ko`nglim otashpora chaqmoqim qani.

Mashrab ko`nglida ham bir umrga fikrlar kurashi ketgan bo`lishi kerak. U haqiqiy do`st va yordan ham, majoziy yordan ham kecha olmagan.


Ko`ngilda zarracha dunyoni mehri bo`lmayin menda,


Seni deb ikki olamda kechib bezora Mashrabman.

Shoir ishqni g`oyat ulug`laydi. Bu borada u doim zohidlar bilan kelisha olmaydi.


Boshinga ming balo kelsa, tilarman vaslin, ey zohid,


Tilim kessang tiyorish yo`q, degan: «Diydora» Mashrabman.

Mashrab asarlaridagi «Yor»ni hamma vaqt xudo deb tushunmaslik kerak. Aks holda gunohkorga aylanib qolish mumkin. Shuningdek, «yor» faqat mahbuba ham emas.


Ayo do`zax, meni kuydur, xaloyiq kuymasun hargiz,


Tamug`din ishq o`ti pirzo`r, aning zuxrin yutub o`tgum.
Na aylay obi kavsarni nigorim bo`lmasa soqiy,
Xarobat ichra bordim, qatra may ondin tortib o`tgum.

Mashrab o`z gunohlarini ham biladi, savoblarini ham biladi. U qalandarona hayot kechirgani bilan xalq va jamiyat hayotini kuzatganligi, nochor, jabrdiyda kishilarga achinganligi birinchi baytidan ko`rinib turibdi. Ularning do`zaxda ham kuyishlarini shoir istamaydi, ularning o`rniga o`zi azob-uqubatlarga giriftor bo`lishga tayyor turadi. Qolaversa, do`zax o`tidan ham ishq o`ti kuchliroq ekanligini, shunga ham bardosh berganligini aytmoqchi.


Mashrab ishqiy lirikasining soddaligi, oddiygina badiiy tasvir vositalarining o`rni-o`rniga qo`yilishi bilan go`zaldir.

Malaksan, yo bashar, yo nuru g`ilmonsan, bilib bo`lmas,


Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo`lmas.
Yuzing misli qizil guldek, ko`ngul chun bulbuli shaydo,
Bu gulni ishqidin bulbul chamandin ayrilib bo`lmas.

Ko`rinib turibdiki, Mashrab satrlari o`zining shakli va mazmuni bilan yuz yillar davomida sayqal topib qiyomiga yetgan xalq qo`shiqlarini eslatadi.


Ishqning kuchi, oshiqning sadoqati va bardoshi mana bu misralarda ham ifodalangan.

Na qattiq kun edi jono visolingdin judo qilding,


Mening ohim tutuning`a zamini osmon o`rtar...
Yor ta'rifi, portreti ham Mashrabda boshqalardan o`ziga xosligi bilan farqlanadi.
Shunday qilib, Mashrab dilida xudoni saqlagani holda riyokor din homiylarini, zohidlarni yoqtirmasligini oshkor qiladi. U insof va diyonatni ibodatlarning eng yaxshisi deb biladi, hamisha uning qalbida odamlar, ayniqsa jabrdiyda kishilarga bo`lgan muhabbat ustunlik qildi.
Mashrab she'rlari aruzning hazaj, rajaz, ramal, hafif, muzore' va munsari baxrlaridagi xilma-xil vaznlarda yozilgan.
Uzoq yillar davomida Mashrabniki emas deb kelingan «Mabdai nur» nomli asar bugungi kunda Boborahim Mashrabniki ekanligi aniqlandi. Shuningdek, «Kimyo» ham aynan shu shoirning qalamiga mansub degan fikrlar aytilmoqda. Bu borada yana kengroq, yangiroq va asosliroq fikrlar aytilsa kerak.



Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish