Mavzu: Navoiy soyiqnomasi kompozitsiyasi



Download 13,53 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi13,53 Kb.
#914397
Bog'liq
Navoiy soyiqnomasi kompozitsiyasi


Mavzu: Navoiy soyiqnomasi kompozitsiyasi
Mumtoz sheʼriyatimizda soqiynoma yoʻnalishidagi sheʼrlarning oʻziga xos namunalari nomalar tarkibida uchraydi. Ular har bir nomadan soʻng keltirilgan masnaviylar tarkibidan oʻrin olgan. Xorazmiy “Muhabbatnoma”sidagi 12 ta masnaviy sheʼrning 10 tasida 3 baytdan jami 30 bayt, Xoʻjandiyning “Latofatnoma” asarida har bir nomaning soʻngida 1 baytdan jami 18 bayt, Said Ahmad qalamiga mansub “Taashshuqnoma”ning “Soʻznung xulosasi” qismlarida 3-5 baytdan jami 30 bayt soqiynoma mazmunini ifodalaydi. Ularning barchasi soqiyga murojaat bilan (“Kel, ey soqiy”) boshlanadi. Chunonchi
Kel, ey soqiy, keturgil bodai nob,
Kula oʻynayu ichsunlar bu asʼhob… (Oʻzbek mumtoz adabiyoti namunalari. Ikki jildlik. Ikkinchi jild. Toshkent. “Fan” nashriyoti. 168-bet. Bundan keyin mazkur nashrga murojaat qilinganda, sahifasi qavs ichida koʻrsatiladi. M. A.)
Soqiynoma xarakteridagi sheʼr va baytlar mazmuni nomalarda ifodalanayotgan voqea-hodisa, fikr-kechinma, his-tuygʻular bilan ham bogʻliq. Shu sababli, adabiyotshunoslikda bu sheʼrlar, koʻpincha, poetik xulosalarning ifodasi deb, baholanadi. Ammo ular faqat xulosaviy baytlar boʻlib qolmay, tasvirlanayotgan hayotiy manzara va ifodalanayotgan fikr-qarashlariga koʻra, nomalarda keltirilgan gʻazal, qitʼa va fardlar kabi mustaqil sheʼrlar hamdir.
Bu jihatdan, ayniqsa, “Muhabbatnoma” va “Taashshuqnoma”dagi soqiyga murojaat bilan boshlangan sheʼrlar eʼtiborlidir. Toʻgʻri, bu sheʼrlar soqiynoma janri talablariga toʻla mos kelmaydi. Ammo ular mavzuning qoʻyilishi, ijtimoiy-hayotiy, axloqiy-didaktik, ishqiy-falsafiy, qolaversa, maʼrifiy-irfoniy fikr-tuygʻularning ifodalanishi, qofiyalanish tarzi, obraz va timsollari, oʻziga xos badiiy vositalari kabi bir qator xususiyatlari bilan ham soqiynomalarni yodga soladi. “Taashshuqnoma”da soqiynoma sheʼrlarga “Soʻznung xulosasi” deb sarlavha qoʻyilgan boʻlsa, “Muhabbatnoma” muallifi ularni “Masnaviy” deb nomlagan. Chunonchi, asarning quyidagi “Masnaviy”sini olib koʻraylik. Baytda qoʻllanilgan talmeh sanʼati lirik qahramon – oshiqning kayfiyati va maqsadini ham aniq-ravshan tushunishga imkon bergan:
Kel, ey soqiy, keturgil jomi Jamni,
Kishi koʻngludin may yuvur gʻamni. (108-bet.)
Jam, yaʼni, Jamshid – qadimgi Eronning afsonaviy podshohi. U jomi jahonnamo – jahonni koʻrsatadigan jom ixtiro qilgan boʻlib, unda dunyodagi nafaqat hozirgi, balki oʻtmishda yuz bergan va kelajakda sodir boʻladigan voqea-hodisalar ham aks etar ekan. Mumtoz sheʼriyatda may qadahi va komil inson qalbini ham ilohiy sirlarni oʻzida saqlashi jihatidan oyinai jahonnamoga tenglashtiriladi. Lirik qahramonning soqiydan aynan nima uchun “jomi Jam” keltirishini soʻrayotganligi ikkinchi bayt mazmunida yanada ochiqroq ayon boʻladi:
Kim oshti koʻkka ohim ihtiroqi,
Kuyurdi koʻnglumi dilbar firoqi. (114-bet.)
Ya`ni, hijron va ayriliq azobidan qiynalgan, koʻnglini yor sogʻinchi band etgan oshiq “jomi Jam” yordamida yor jamolini koʻrib, visol lazzatidan bahramand boʻlishni istaydi. Baytda may goʻzal maʼshuqa xayoli, yor sogʻinchi, ishq-muhabbat kabi maʼnolarni ifoda etgan. “Taashshuqnoma”dagi soqiynoma sheʼrlarda ham, asosan, bu olamning oʻtkinchiligi, uning goʻzalliklariyu baxtu quvonchi abadiy emasligi, oʻtayotgan fursatlarni ortga qaytarish inson farzandining qoʻlidan kelmasligi, shu boisdan, hamisha nekbinlikka, yaxshilik va ezgulikka intilib yashash lozimligi kabi fikr-tuygʻularga eʼtibor qaratilgan. Chunonchi, mana bu parchada ham shoir soqiyga murojaat qilib, undan oʻzini boqiylikka yetishtiradigan may berishini soʻraydi:
Download 13,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish