Lirik asarlari:
1. “Hazoyin ul-maoniy” (“Ma'nolar xazinasi”) – 1491-1498 y.
“G`aroyibus-sig`ar” (“Bolalik g`aroyibotlari”)
“Navodirush-shabob” (“Yigitlik nodirliklari”)
“Badoe' ul-vasat” (“O`rta yosh go`zalliklari”)
“Favoyid ul-kibar” (“Keksalik foydalari”)
16 she'riy janrdagi asarlarni qamrab olgan.
“Devoni Foniy” (1491-1498) fors-tojik tilidagi lirik kulliyot. 12 mingdan ortiq she'riy satrlarni o`z ichiga olgan.
Epik asarlari:
“Xamsa” -1483-1485 yillar.
“Hayrat ul abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)-1483 y.
“Farhod va Shirin” -1484 y.
“Layli va Majnun” - 1484 y.
“Sab'ai sayyyor” - (“Etti sayyora) –1485 y.
“Saddi Iskandariy” -(“Iskandar devori”)- 1485 y.
“Lison ut-tayr” (“Qush tili”) 1499 y.
“Mahbul ul-qulub” (“Ko`ngillarning sevgani”)- 1500 y.
Adabiyotshunoslikka oid asarlari:
“Majolis un-nafois” (“Nafis majlislar”) – 1491 y.
“Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o`lchovi”) – 1492 y.dan so`ng.
“Risolai muammo” (“Mufradot”)- 1491 y.
(“Munshaot”)- (“Maktublar”)- tax. 1498-1499 yillar
“Nasoyim ul-muhabbat”-(“Muhabbat shabadalari”)- 1496 y.
Tilshunoslikka oid asari:
1. “Muhokamat ul-lug`atayn” (“Ikki til muhokamasi”) –1498-1499 yillar.
Tarixiy asarlari:
“Tarixi muluki Ajam” (“Eron shohlarining tarixi”)-1488 y.
“Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg`ambarlar va hukmdorlar tarixi”) - 1485-1495 y.
Memuar-biografik asarlar:
1. “Xamsatul-mutahayyirin” - (“Besh hayrat”)-1494 y.
2. “Xoloti Sayyid Hasan Ardasher” - 1490-1492 y.
“Holoti Pahlavon Muhammad” - 1496 y.
Dinshunoslikka oid asarlar:
1. “Vaqfiya” - 1481 y.
2. “Sirojul muslimin” -(“Musulmonlarning quyoshi”)- 1488 y.
3. “Nazmul javohir” -(“She'riy javohirlar”)- 1485 y.
Alisher Navoiyning o`z e'tirofiga ko`ra, u yana uch asarni yozmoqchi bo`lgan, lekin yozishga ulgurmagan. Bu asarlar:
1. Shoirning o`z muhabbati haqidagi asar. “Lison ut-tayr” asarida ma'lumot beradi.
2. “Yusuf va Zulayho” dostoni. “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida aytib o`tadi.
3. Sulton Husayn Boyqaroga bag`ishlangan asar. “Tarixi muluki Ajam” asarida bayon qiladi.
Alisher Navoiy hayoti va ijodini o`rgangan g`arb sharqshunoslari Katrmer, I.Beryozin, M.Nikitskiy, M.Belin, E.Braun, E.Bloshe, Ch.Riyo, A.Vamberi, Pave de Kurteyl, N.Ilminskiy, V.Bartoldlarning maqola va tadqiqotlari yuzaga kelgan. O`zbek tadqiqotchilaridan H.Zarif, H.Olimjon, M.Shayxzoda, O.Usmonov, V.Abdullaev, H.Sulaymon, S.G`anieva, A.Hayitmetov, A.Abdug`afurov, E.Rustamov, B.Valixo`jaev, H.Yoqubov, Yo.Ishoqov, A.Qayumov, R.Majidiy, H.Rasulov va boshqalarning ishlari ommalashtirildi.
Alisher Navoiy she'riyatining mavzu ko`lami keng, janrlari rang-barang. Shoir lirikasining yetakchi mavzusi ishq, markaziy o`rinda inson va uning qalbi, ma'naviy olami masalasi turadi. Navoiy she'rlarida haqiqiy va majoziy ishq bir-biriga zid tasvirlanmaydi. Balki Haq taolo yaratgan insonni sevish Haqni sevish bilan barobardir.
Majozdin chu haqiqatga yo`l topar oshiq,
Qilur majozni nafy ulki behaqiqat erur.
Inson hayotining mazmuni to`g`risida, o`tkinchi umr davomida kim elu yurtga yaxshilik qilsa, uning nomi abadiy qoladi, degan fikrni aytadi:
Bu gulshan ichraki yo`qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.
Navoiyning “Xamsa” tarkibiga kiruvchi dostonlarida ham Komil inson g`oyasi turadi. Farhod, Majnun timsollarida ishqqa sadoqat namoyon bo`lsa, Iskandar, Bahrom timsollarida adolatli shoh orzusi singdirilganini kuzatamiz.
Alisher Navoiy tilshunos sifatida “Muhokamat ul-lug`atayn” asarini yaratib, M.Qoshg`ariy boshlagan qiyosiy tipologiya sohasini taraqqiy ettirdi. Ilmiy til arab tili, adabiy til fors-tojik tili hukmron bo`lgan vaqtda Navoiy fors-tojik va turkiy tilni qiyoslab, turkiy til imkoniyatlarining kengligini isbotlab berdi.
Adabiyotshunoslik sohasida yaratilgan asarlaridan “Majolis un-nafois” tazkirasida Navoiy 459 shoir haqida ma'lumot beradi.
“Tarixi muluki Ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari orqali tarixiy voqealarning xronikasini ancha sistemaga soldi, tarixchilarning asarlaridagi noaniqliklar, chigallik va qarama-qarshiliklarni aniqlab ularni bartaraf qilishga intildi.
Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida Husayn Boyqaroga davlatni mustahkamlashda yordam berdi. Obodonchilik va turli madaniy ishlarga alohida e'tibor qaratdi. Jumladan, ariq va hovuzlar qazildi, bog`lar barpo qilindi, masjid va maqbaralar qurildi. Xalqni turli soliqlardan yengillashtirishga harakat qildi. Ilm-fan ahllariga homiylik qildi, yetim-esirlar, musofirlarga in'om-ehson ko`rsatdi.
Navoiy davlatni boshqarishda adolatli bo`lish g`oyasini ilgari surar ekan, uning o`zi bu borada barchaga o`rnak edi. Davlat boshlig`i adolatli, ilmli, el-yurtga g`amxo`r bo`lishi kerak:
Bo`ldi raiyat galavu sen shubon
Ul shajari musmiru sen bog`bon.
Qo`yni sho`bon asramasa oyu yil,
Och bo`ri to`masidur bori bil.
Bo`rini dog`i galadin dur qil,
Suv beribon bog`ni ma'mur qil.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning ijodi va faoliyati xalq, vatanga xizmat qilish, insoniyat va ma'rifatga umrni fido etish g`oyasini targ`ib etadi. Navoiy merosi Komil inson shaxsini shakllantirishda hamma davr uchun barhayot manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |