1-bosqich. Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
Erishadigan natijalar bilan tanishtiradi.
Mazkur mashg‘ulot muammoli tarzda o’tishini e’lon qiladi.
|
1.1. Eshitadi va yozib oladilar.
|
2-bosqich. Asosiy
(60 min).
|
2.1. Talabalar e’tiborini rejadagi savollar va
ulardagi tushunchalarga qaratadi. Blits-so’rov
o’tkazadi.
2.2. Muammoli savollarni o’rtaga tashlaydi va ularni birgalikda o’qishga chorlaydi:
Navoyning bolalik va yigitlik davri.
Navoiyning-Lutfiy, Kamol, Jomiy, Husayn Bayqarolar bilan munosabati.
Navoiy Samarqandda.
Navoiyning Hirotdagi faoliyati.
Husayn Bayqaro saltanati ravnaqida Navoiyning o`rni.
Navoiyning yurt obodligi halq mahoratlari yo`lidagi xizmatlari.
Navoiyning uylanmay o`tish sabablari.Bu haqdagi fikrlariga munosabat.
Navoiyning hayotining so`nggi yillari.
Shoir Navoiyning ijod yo`li: lirik, epik va ilmiy asarlari.
Navoiy lirikasining maktablari.
Bu savollarga javob berish uchun avval Mir Nizomiddin Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda temuriylar xonadoni amirlaridan bo`lgan G`iyosiddin kichkina oilasida tavallud topdi. Onasi Qobul amirlaridan shayx Abdusaid Changning qizi bo`lgan. Amir Temurning o`g`li Umarshayx bilan Alisherning bobosi ko`kaldosh bo`lganlar.Alisher 4 yoshida maktabga bora boshladi. Bo`lajak podsho Husayn Boyqaro bilan birga o`qidi va u bilan umrbod do`stlashdi. Hirotdagi toj-taxt uchun kurashlar avj olganligi sababli Alisherlar oilasi 1447 yilda Iroqqa ko`chib ketadi. Yo`lda u tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Ikki-uch yildan so`ng oila yana Hirotga qaytib keladi. G`iyosiddin kichkina saroyda xizmat qila boshlaydi. 1456 yili Alisher Mashhadga o`qishga ketadi. Navoiy Mashhadda Sayyid Hasan Ardasher va Kamol Turbatiy kabi shoirlar bilan tanishadi. Abul Qosim vafot etgach, Abu Said Mirzo taxtga o`tiradi, Alisherni saroyga ishga oladi.
Navoiy 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Bu tanishuv buyuk do`stlikka aylanadi va umrbod davom etadi.
Navoiy 1466 yilda Samarqandga o`qishga ketadi. Shoir Bobur ta'biri bilan aytganda, Abusaid Mirzo Navoiyni Hirotdan “ixroj” (surgun) qiladi. Bu yerda u Fazlulloh Abullays, Aloyi Shoshiylardan ta'lim oldi.
1469 yilda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egalladi. Navoiy Hirotga qaytdi va bu muvaffaqiyatni qutlab do`stiga bag`ishlangan “Hiloliya” qasidasini yozdi. Navoiy saroyda avval muhrdor, so`ng amir vazifasiga tayinlandi. Navoiyga “Amiri kabir” unvoni beriladi.
Bir necha muddat Astrobodda hokim bo`lib turadi, so`ng Hirotga qaytadi. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etadi. Butun mamlakatda motam e'lon qilinadi. Ko`plab shoirlar Navoiy vafoti munosabati bilan marsiyalar, ta'rixlar yaratdilar.
Alisher Navoiy “g`azal mulkining sutoni”, mumtoz adabiyot taraqqiyotini yuqori pog`onaga ko`targan epik shoir, tarixchi, adabiyotshunos va tilshunos olim bo`libgina qolmay dinshunos, davlat arbobi sifatida ham faoliyat ko`rsatgani haqida vizual materiallar yordamida tushuntiradi.
|
2.1.Eshitadi.
O’ylaydi, javob beradi.
2.2. Muammoga e’tiborni qaratadiar va yozib oladilar.
Sxema va jadvallar mazmunini muxokama qiladi.
Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.
|