Aningkim ol enginda xoli bo‘lg ‘ay (yuzdagi xol),
Qachon fitna qilurdin xoli bo‘lg‘ay (has qilmoq).
Ayitsalar senga, g ‘amzangdm o ‘q ot (noz bilan qaramoq),
Oni o ‘zgaga otma, bizga o ‘q ot (faqat bizga ot).
Turubturmen o‘qungnung qarshusina (ro ‘parasida),
Otar bo‘lsang tutannen qarshu sina (ко ‘krakni qarshi tutmoq).
Chu tortarmcn hamisha hajr borin (yuk),
Senga aytay ko‘ngulda har ne borin (hammasi).
363
Bilursenkim, qulungdurmen kamina (men),
Karam qil, boqmag‘il qulnung kamina (nuqson).
To‘kar har dam firoqing diyda qoni (qon),
Meningtekbir dog‘i g ‘amdiyda, qoni (qani).
K o‘ngulda garchi hajring dog‘i bordur (q a y g ‘u, dard bor),
Valekin vasl umidi dog‘i bordur (yana bor).
Nechakim g ‘amdamen, ey qaddi shamshod (tik. adl),
B o‘lurman har qachon ko‘rsam seni shod (xursand, mamnun).
Tarahhum bu gadog‘a qilg‘in oxir (axir),
Y o ‘q ersa qayg‘udin bo‘lg ‘usi oxir (tugamoq, о ‘hnoq).
0 ‘lodur Saydi Ahmad, qil yarog‘in (iloj),
Aning bori bir ishig‘a yarog‘in (yaramoq yordam bermoq).
Eshitkil bu g ‘azalni chun iroqi (yiroq),
Ajam sozin tuzub aytar Iroqi (musiqa nomi).
A w a l ko‘rib o ‘tilgan ikki noma - “Muhabbatnoma” va “Latofat
noma” bilan “Taashshuqnoma” tuzilishidagi umumiy xususiyat shuki,
hammasida soqiynoma janri bor. “Taashshuqnoma”da ham har bir no
madan so ‘ng soqiynoma berilgan. Sayyid Ahmadning soqiynomalari 3-5
baytdan iborat bo‘lib, hammasida “So‘zning xulosasi” degan sarlavha
ostida beriladi. Mana, ikkinchi nomada berilgan soqiynoma:
Do'stlaringiz bilan baham: |