O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Download 471 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2022
Hajmi471 Kb.
#710670
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniyning Osor ul-boqiya asari haqida

Kurs ishning maqsadi: Hozirgi davr insoniyat tarixining burilish davrlaridan biridir. Davrning ushbu xususiyatini jahonda, xususan mamlakatimiz hayotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlarda yaqqol ko’rish mumkin.
Beruniyning ijodi turli-tuman va rang-barangdir. Uning ijodi bamisoli tengsiz xazina. Bu xazina bizning, xalkimizning ma’naviy boyligi, milliy iftixorimiz, g`ururimizdir..
Kurs ishning vazifalari: Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va geografiya faniga qo`shgan xissasi. Tabiiy va aniq fanlar dahosi Abu Rayhon beruniyning ilmiy merosi.
Abu Rayxon Beruniyning tabiatshunoslik faniga qo’shgan hissalari. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” kitobida keltirilgan dorvor o’simliklarning qisqacha kimyoviy asosi. Beruniy fan va taraqqiyot timsoli va jahon astronomiya va geografiya faniga qo’shgan hissasini o’rganishni kurs ishining vazifalari qilib oldik.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, hajmi 36 sahifadan iborat.

I BOB. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va g’arb madaniyatiga ta’siri.
1.1. Aniq fanlar dahosi Abu Rayhon beruniyning ilmiy merosi.

Qomusiy bilim sohibi Ma’mun Akademiyasining yetakchi olimi, tashkilotchisi va rahbari bo’lgan al-Beruniy 973-yil 4-sentabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug’ilgan. Uning ismi Muhammad, otasining ismi Ahmad, Beruniy esa uning nisbasi-taxallusi bo’lib “Berun”-shahar tashqarisi, ma’nosini anglatgan. Beruniy yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq qo’lida tarbiyalangan va boshlang’ich hamda madrasa ta’limini ona shahri Katda olib, buyuk olim bo’lib yetshgan.3


Beruniy yoshligidan aniq fanlarga qiziqib, qadimgi Xorazm, sug’d, yunon, yaxudiy, arab, fors, keyinchalik hind-sanskrit tillarini puxta organdi. O’sha davrning mashhur olimi Abu Nasr ibn Iroqdan astranomiya va matematika ilmidan dars olib, 17-yoshidan boshlab Kat atrofida dastlabki astranomik kuzatishlarni olib bordi va buning uchun zarur bo’lgan astranomik asboblarni o’zi yasadi. Olimning dastlabki asarlari Katda yozildi, bular “Aldamchilik san’ati”- ya’ni yulduzlar hukmidan ogohlantirish kitobi, “Xorazm tarixi” ning dastlabki sahifalari shular jumlasidandir. Beruniy 997-yilda Katga keladi, shu yilli Ibn Sino bilan xat orqali tanishib, fizika, astranomiyaning ayrim masalalari yuzasidan munozaralar o’tkazadi. 998-yili Jurjon viloyati amiri Qobus ibn Vashmigir Beruniyni o’z saroyga taklif qilib, ilmiy ishlarga homiylik qilishini so’raydi. Bu yerda mashhur olim Abu Saxl al-Masihiy bilan do’stlashib, undan matematika, astranomiyaga doir ko’p narsalarni o’rganadi. Masihiy o’zining fizika va matematikaga doir 12 ta kitobini Beruniyga bag’ishlab yozgan. Beruniy Jurjonda 1004-yilgacha yashadi. Shu yili Xorazmshoh Ali ibn Ma’mun va ustozi ibn Iroq taklifiga binoan Xorazmga qaytib keldi. Gurganchda shoh saroyiga taklif qilinib, “Ma’mun akademiyasi”ga rahbar etib tayinlandi. Ushbu vazifadagi osoyishta hayoti 1017-yilgacha davom etdi. 1017-yili Mahmud G’aznaviy Xorazmni istilo qilgacha, Beruniy bir guruh olimlar bilan birga sulton xizmatiga olib ketdilar, va umrining oxirigacha G’aznada, sulton saroyida ijodiy ish bilan shugillandi. Beruniy yuqoridagi asarlari bilan astranomiya, matematika, geologiya, minerologiya, geografiya fanlariga juda ko’plab yangiliklar kiritdi. Umuman aytganda, Beruniyning ilmiy merosi 152 ta (70 tasi astranomiya, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, qolganlari fizika, minerolgiya, tarix, falsafa, adabiyot, etnografiya va boshqa fanlarga aloqador bolgan) asardan iborat bo’lib, shulardan bizgacha 30 ta asari yetib kelgan, xolos.4
Beruniy 1040-1048-yillar oralig’ida o’z asaridagi hisob –kitoblarga aniqlik kiritish maqsadida 2 marta G’aznadan o’z vatani. Xorazmga kelib ketganligi haqida ma’lumotlar bor. 1036 yilda yozib tugallagan “Qonuni Ma’sudiy” asarida olamning tuzilishi haqida Ptolamey (II asr) qarashlari, sferik astranomiya, quyosh, oy, yulduzlar va sayyoralar hamda boshqa masalalar haqida so’z yuritiladi. Asar 11 kitobdan iborat bo’lib, birinchi kitobi-kasmologiya, ikkinchi kitobi- xranologiya va oy taqvimi, uchinchi kitobi-triganametriya, to’rtinchi sferik astranomiyaga, beshinchi-geografiya, oltinchi-quyosh harakatiga, yettinchi-oy harakatiga, sakkizinchi quyosh va oy tutilishlariga, toqqizinchi-yulduzlar va astranomiyaga, o’ninchisi- sayyoralar harakatiga va nihoyat, o’n birinchi kitobi-astralogiyaga bag’ishlangan. Asar juda sodda tilda yozilgan, ilmiy muammo va ularning yechimlari alohida keltirilgan. Masalalar tajribada sinab ko’rildi, matematik hisob-kitoblar, formulalar yordamida isbotlab beiladi.
Beruniy sharq olimlari ichida birinchi bo’lib dunyoning mukammal xaritasini chizib, yer sharining shaklini-globusni yasagan. Globusni yasab, o’zi yaratgan asboblar yordamida quyosh balandligini, Ekliptika va Ekvator tekisligining qiyalik kattaligini aniqlaganda, u endigina 21-22 yoshga qadam qo’ygan yigit edi. Shuningdek o’sha vaqtda sharqda unchalik ma’lum bo’lmagan Boltiq va Oq dengizi hamda Sibir o’rmonlari haqida bergan qimmatli ma’lumotlari geagrafiya fani uchun muhim yangilik bo’lgan. Xitoy, Hindiston va Tibet haqida ham aniq va ishonarli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Joylarning uzoqligi va kengligini aniqlashda triganometriya va geometriyani keng qollab, o’zidan oldin o’tgan astranomlarga qaraganda juda aniq natijalarga erishdi.
Beruniyning matematika sohasidagi xizmatlari ham alohida ahamiyatga ega. Asarlarida geametriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, va triganometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflab bergan. Olimnig arifmetika va algebra sohasida erishgan yutug’i shuningdek, unda piratsional sonlar arifmetika va algebraning teng huquqli predmeti bo’lib qoldi. U triganometriyani mustaqil fan darajasiga ko’tardi.
Buyuk bobokalonimiz Beruniy 440 xijriy yilda, rajab oyining 2-sida, ya’ni 1048-yilning 13-dekabrida, 75 yoshida G’azna shahrida vafot etadi. Uning ilmiy merosi insoniyatning bebaho boyligi sifatida hozirgi zamon fanining taraqiyotiga xizmat qilib kelmoqda.
Amerikalik fan tarixchisi Sarton XI asrni "Beruniy asri" deb tariflab, uning faoliyatiga haqqoniy baho bergan. Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea xodisalarda ham, o’z zamondoshlariga baho berganda ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u xayotda ko’p aziyatlar chekkan. Xatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo’lgan, ammo har qanday og’ir sharoitga qaramasdan e'tiqodidan qaytmaganligi uning o’z ma'naviy idealiga naqadar sodiq bo’lganidan dalolat beradi5.
Abu Rayxon Beruniyning qator asarlari bo’yicha mamlakatda va chet ellarda katta ilmiy izlanishlar olib borilgan va bu jarayon hozir xam davom etmoqda. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Beruniy asarlarini o’rganish XX asrda Berlin universiteti proffessori Eduard Zaxau tomonidan boshlab berilgan. U Beruniyning "Osor-ul boqiya" (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar) kitobini 2 tomda 1867-1878- yillarda "Sharq xalqlari xronologiyasi" nomi bilan Germaniyaning Laynsig shahrida nashr qildirgan.6
O’z davrida Beruniy Hindiston, Xuroson, hozirgi Afg’oniston va shimoliy Eroning 20 dan ortiq shaharlarida bo’lib, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur ma’lumotlar to’playdi. 1030-yilda "Hindlarning aqlga sig’adigan yoki sig’maydigan ta’limotlari haqiqatini aniqlash” (Hindiston) asarini yozdi. Ushbu asari uchun mashaqqat bilan bo’lsada, hindlarning mumtoz adabiy tili bo’lgan sanskrit tilini o’rgandi. Hindistonning tabiati, xalqning o’tmish tarixi, urf-odatlari, diniy etiqodi, falsafiy qarashlari, ilmi va adabiyotiga doir qimmatli ma’lumotlar to’pladi. 13 yil davomida to’plagan boy ma’lumotlari olimning mashxur Hindiston asarida o’z ifodasini topdi.
Beruniyning "Oq kiyimlilar va karmatiylarning harakatlari haqidagi kitob", "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Xorazm xarobalar haqida kitobi", "Sulton Mahmud davri tarixining kitobi", kabi asarlari uning tarixchi olim ekanligidan ham dalolat beradi. "Yodgorliklar" kitobi 1000-yilda Jurjon shahrida yozilgan bo’lib qadimgi Xorazimliklar, Sug’diylar, Eroniylar, Hindlar, Yunon va Rumliklar, Yaxudiylar va boshqa xalqlarning islomgacha bo’lgan tarixi haqida hikoya qiladi. Asar O’rta Osiyo, Eron, ayniqsa Xorazimning eng qadimgi tarixi, madaniyati va etnografiyasini o’rganishda tengi yo’q manbadir.
Beruniy Xorazm tarixiga ham doir asar yozgan. G’aznada yozilgan bu asar "Xorazm tarixi", "Xorazm xarobalari haqida", "Xorazmning mashhur kishilari ", nomlari bilan yuritilgan.7 Asarda Xorazmning Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olinganidan (1017-yil) Saljuqiylar hukumronligiga qadar (1043) bo’lgan tarixi bayon qilingan. Bu noyob asar bizgacha yetib kelmagan bo’lsada, asardagi ayrim ma’lumotlar Abulfazl Bayxakiyning "Tarixi bayxak". asari orqali bizga ma’lumdir.
"Oq kiyimlilar va karmatlarning harakatlari haqidagi kitob". asarida Beruniy o’sha davrda O’rta Osiyoda keng tarqalgan ijtimoiy-siyosiy harakat-karmatlar harakati haqida ma’lumot beradi.
Shuni alohid ta’kidlash joizki, Beruniyning tabiiy va Ijtimoiy fanlar sohasidagi ilg’or g’oyalari o’z zamondoshlariga, jumladan, Beruniy va Ibn Sinoga ustozlik qilgan olimlardan Abu Nasr Iroq , Abu Sahl Masihiy, Abu Ali Hasanlar, ham ulkan ta’sir ko’rsatdilar.
Beruniyga o’z zamondoshlariyoq yuksak baho berganlar. Masalan Abul Fayz Bayhaqiy shunday yozgandi:”Ustoz Abu Rayhon og’zaki va yozma ijodiyotda narsalar mohiyatini tushinishda geometriya va falsafada shunday bilimdon ediki,uning zamonida unga teng keladigan boshqa kishi bo’lmagan”.8
Abu Rayhon Beruniyning 150 dan ortiq asarni o’z ichiga olgan ilmiy merosi jahon fani xazinasiga qimmatbaxo hissa bo’lib qo’shilgan. Fikrimiz isboti sifatida 1037 yilda yozilgan “Qonuni Mas’udiy “ asarini keltirishimiz mumkin.
Bu asari 1037-yilda yozilgan bo’lib hozirda ushbu asar qo’lyozmalari Hindiston, Berlin kutubxonalarda ,Britaniya muzeyida saqlanadi “Qonuni Ma’sudiy” asari buyuk astronom Abu Rayhon Beruniyning eng muhim klassik asari hisoblanib, unda olam tuzilishi haqidagi fikrlar, trigonometriya yer sayyoralar, Quyosh va Oy harakati, oy tutilishi va quyoshning tutilish vaqtlari, tutilish paytida ranglar bayoni, quyoshdan yergacha bo’lgan masofa, oy va yer orasidagi masofa, sayyoralar va ularning hajmlari, oy, quyosh va planetalarining tutilishi kabi ko’plab masalalar yoritilgan.
Uning ayrim joylarining nemis tiliga tarjimasini R. Shoy tamonidan bajarilgan va 1927-yilda Gannaverda nashr etilgan. Arab tilida 1954-yilda Hayrobodda nashr qilingan.
O’zbek tilida esa 1973-yil 1-jildi nashrdan chiqdi, 1976-yili 2-jildi chop etildi. Bu asar 11ta maqoladan iborat. Bu asarda Beruniy o’zidan oldingi olimlar tamonidan olib borilgan juda ko’plab tajriba va hisoblash ishlarini o’zining kuzatishlari va hisoblash ishlari bilan solishtirish yakuniy xulosaga keladi.
“Osmonda yumaloq shaklli yulduzlarga o’xshamaydigan, o’zidan nur chiqaradigan narsalar bor. Ular tumanlik yulduzlar deb ataluvchi oq xiralik dog’lardir. Goho ular samo yo’lining bo’laklari deb gumon qilinadi, ularning hammasi birgalikda somon yo’lidir. Haqiqatda ham ikkisi ham bir biriga o’xshash va bulutga monanddir.Uning ayrimlari o’sha joyda yig’ilib bir biriga kirishgan va arablarda Mo’y deb tanilgan lablab bargiga o’xshash soch o’rimi kabi mayda yulduzlar deb gumon qilinadi Chunki ular Asad dumining tepasidadir.Shu gumon somon yo’liga ham tegishlidir ,chunki uning shahobchalarida soch o’rimiga o’xshashlik bor.9
Hozirgi kunda astronomlarimiz somon yo’liga shunday ta’rif berishadi “Galaktikamizning yulduzlar va gaz chang moddalarimizning eng zich joylashgan va asosiy massani o’z ichiga olgan qismidir. Bu yerda “Chaqaloq yulduzlar” turli gigant va o’ta gigant yulduzlar,rengen manbalari umri oxiriga yetgan yulduzlar yoki so’ngan yulduzlar ichki zichligi o’ta zich bo’lgan pulsarlar qora o’ralar hamda hali yulduzlar tugilishi boshlanmagan gaz-changli yoki molekulyar holatdagi massiv bulutlar va boshqa qator ob’ektlarini o’zichiga olgan .Bu yorug’ yo’l samoda deyarli katta aylana bo’lib joylashib yigirmadan ortiq yulduz turkumlaridan o’tgan. U shimoliy yarim sharda Orian, Javzo, Savr, Aravakash,Persey, Kursi ,Oqqush, Burgut yulduz turkumlaridan, janubiy yarim sharda esa Qalqon, Iloneltuvchi, Qavs, Aqrab turkumlari bo’ylab davom etadi va so’ngra O’zbekistonda umuman ko’rinmaydigan Qurbongoh Sirkul, Sentavr, Janubiy But, Pashsha kabi yulduzlar turkumidan o’tadi Shimoliy yarim sharga elkanlar, katta it, Yakkashoh yulduzlari orqali qayta o’tadi va Orian va Javzo turkumlariga ulanib to’la halqa hosil qiladi”.10
Beruniy tamonidan olib borilgan astronomik va geografik hisoblashlarning aniqligi uning bu sohadagi tekshirish metodlarining juda aniq ekanligini ko’rsatadi. Bu esa buyuk bobomizning o’ta o’tkir zehn, iqtidor, buyuk qobilyat egasi ekanligini ko’rsatadi.
Beruniy ilmiy kuzatishlarga katta e’tibor berib ularni juda aniqlik bilan o’tkazgan. Shuning uchun ta’lantli olim joylarning kengliklari va uzoqliklarini aniqlashda yangi va orginal metodlar ishlab chiqqan. Beruniy bir qancha shaharlarning kengliklarini hisoblagan shu jumladan G’azna , Qobul , Kanada , Dinpur uning hisoblashlariga ko’ra Buxoro shahrining kengligi , hozirgi vaqtda bu qiymat hisoblanadi bu qiymatlar orasidagi farq ga teng.11
Beruniy tamonidan olib borilgan astronomik va geografik hisoblashlarning aniqligi uning bu sohadagi tekshirish metodlari juda aniq ekanligini ko’rsatadi.
Beruniy ilmiy merosini puxta o’rganish fanning turli sohalarida asarlaridan keng ravishda foydalanish , ilmiy g’oyalari va usullarini yanada kengaytirish zarur.



Download 471 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish