II BOB. AL BERUNIY ASARLARI VA ULARNING
TARIXIY-ILMIY AHAMIYATI.
2.1. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” kitobida keltirilgan
dorvor o’simliklarning qisqacha kimyoviy asosi.
Beruniyda yoshlikdan ilm-fanga qiziqish qobiliyati kuchli bo’lgan. U o’z zamonasini olimi, bilimdoni, o’sha davrda «Ptolomey» laqabini olgan Abu Nasr Mansur Ibn Iroq qo’lida ta’lim oladi.
Abu Rayhon Beruniy 152 ta ilmiy asar yozib qoldirgan. Shulardan 30 tasigina bizgacha etib kelgan. Beruniyning 11 bobdan iborat «Qonuni Mas’udiy», «Geodeziya», «Minerologiya»,»Xindiston»,»Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» «Saydana» asarlari ko’p zamonlardan beri asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Sharqshunos olim, akademik U.Karimov Beruniyning «Saydana» kitobida berilgan fasllardan 880 nomdagisi dorivor o’simliklarga bag’ishlangan bo’lib, mineral jinslar -107, hayvon mahsulotlari 101, qolganlari oziq-ovqatlar,ichimliklar hamda kimyoviy moddalardan iborat ekanligini aniqladi. O’tgan asrning 20-30-yillaridan boshlab, O’rta Osiyo,xususan, O’zbekiston o’simliklarining kimyoviy tarkibini aniqlash natijasida Beruniy nomi keltirilgan shifobaxsh giyohlardan alkaloidlar ,glikozid, oshlovchi moddalar ,efir moylar va flavonoid, saponinlar hamda boshqa kimyoviy moddalar ajratila boshladi va bu kimyoviy moddalarning tabobatda ishlatilish sohasi aniqlanib va keng ishlatilmoqda. Jumladan alkoloidlar - tibbiyotda ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatlisi hisoblanadi. Ular ko’pincha spetsifik (ma’lum kasallikka nispatan) va boshqa dorilar bilan almashtirib bo’lmaydigan ta’sirga ega bo’lganligi uchun turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Dorixona va korxonalarda alkaloidli maxsulotlardan har xil dori turlari (damlama, qaynatma, nastoyka, ekstraktlar, yangi galen pereparatlar) tayyorlanadi, hamda sof holdagi alkaloidlar va ularning tuzlari ajratib olinadi. Saponinlar - organizm bezlarining suyuqlik ajratish qobilyatini kuchaytiradi, so’laklar va ter ajralishini oshiradi. Shuning uchun saponinlar va saponinlar saqlovchi maxsulotlar tibbiyotda balg’am ko’chiruvchi hamda siydik xaydovchi, tinchlantiruvchi, organizm tonusini qo’zg’atuvch vosita sifatida ishlatiladi. Steroid saponinlardan steroid garmonlar sintez qilishda arzon maxsulot sifatida foydalaniladi. Saponinlar yana turli xildagi boshqa dori moddalari va zaharlarning hayvonlar ichagida so’rilish jarayonini kuchaytiradi. Saponinlarning bu xossalari dori turlari tayyorlashda hisobga olinishi kerak. Toza saponin ba’zi (brutsellez va kuydirgiga qarshi ishlatiladigan) vaksinalarni tayyorlashda ham qo’llaniladi. Saponinlar xalq xo’jaligida ko’p ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida (xolva,pivo,limanat tayyorlashda), o’t o’chiradigan asboblarda, yengil sanoatda ( nafis gazlamalarni yuvishda) va boshqa sanoat tarmoqlarida qo’llaniladi. Flavonoidlar - asosan vitamin P ta’siriga ega bo’lib, qon tomirlarning o’tkazuvchanligini va mo’rtligini kamaytiradi. Ba’zi o’simliklarning flavonoidlari miqdori o’t va siydik haydovchi xossaga ham egadir. Sof holdagi flavonoidlar va ular miqdorining pereparatlari hamda tarkibidagi flavonoidlar bo’lgan o’simlik va mahsulotlardan tayyorlangan dorivor pereparatlar vitamin P etishmasligidan hamda qon tomirlarining o’tkazuvchanligi buzilishidan kelib chiqadigan va boshqa kasalliklarni davolash uchun hamda qon bosimini pasaytiruvchi ,tinchlantiruvchi,yurak (kardiotonik) va ba’zi rak kasalligi kasalligini davolovchi , o’t va siydik haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi.
Beruniyning “Saydana” kitobidan keltirilgan o’simliklardan hayotimizning har bir sohasida ko’plab foydalanamiz,ularning ba’zilarining foydali xususiyatlari bilan tanishamiz. Masalan, Torondoshlar oilasiga mansub o’simliklarning O’zbekistonda 7 turkumga mansub 154 turi o’sadi. “Saydana”da 5 turi keltirilgan. Marjumak,grechka (Hinta savdo) bo’yi 15-70 sm keladigan bir yillik o’t. Poyasi tik, bo’g’inli, yuqori qismi shoxlangan. Barglarining asosi yoysimon,tekis,qirrali ,ketma-ket o’rnashgan. Qizil, pushti yoki oq gullari qalqonsimon rovakka yoki qisqa shingilga to’plangan. Mevasi uch qirrali yong’oqcha. Iyun oyida gullab urug’laydi. Toshkent va Samarqand viloyatlarida ekinzorlarda va yo’l bo’ylarida begona o’t sifatida o’sadi. Ekib o’stiriladi ham. Tarkibida glikozidlar(rutin), kofe va gallat kislotalari, urig’ida kraxmal, yog’, olma va limon kislotalari, vitaminlar (B2,B1) bor. Grechka yer ustki qismi rutin manbai bo’lib,qon tomirlaro’tkazuvchanligi va elastikligi buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklar, bod, gepirtoniya kabi kasalliklarni davolashda ishlatgan. Grechka tarkibidagi glikozid yurak kaslliklarini(yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishi, turak astmasi va boshqalar) hamda ba’zi og’ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak faoliyatining qattiq buzilishi kasalliklarni davolashda qo’llanilishi kimyoviy jihattan aniqlangan.
Bundan tashqari bir qancha yovoyi o’simliklarning ham foydali hususiyatlari,foydalanish usullari va qaysi kasalliklarga davoligi keltirilgan. Masalan, Otquloq barglarida C vitamini, karotin, shavel kislotasi, oqsil,urug’ida
Moy,ildizida oshlovchi moddalar bor. Otquloq turlari ildizi va bargidan tayyorlangan qaynatma yoki damlamalar xalq tabobatida ich ketishga ,ichak yaralariga davo qilinadi. Qo’tir,temiratki va boshqa teri kaslliklariga ham malham sifatida ishlatiladi. Darvor pereparatlari ich ketirish va ichni yumshatish (katta meyorda) xususiyatiga ega.
Xulosa qilib aytganda Beruniyning “Saydana“ kitobida keltirilgan dorivor moddalar haqidagi moddalar ,qaysi kasaliklarda qo’llanilishi kimyoviy analizlar bilan asoslanib, qanchalik to’g’riligi yozilganiligi isbotlanmoqda va hozirgi kungacha bu kitobdan tibbiyot sohasida foydalanib kelinadi .
Uning asarlari bizga xalq og‘zaki adabiyotning ayrim namunalari orqali etib kelgan. SHu bilan birga, yunon va rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari Al Beruniyning ijodiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Ushbu alloma asarlarida ona vatanga muhabbat alohida namoyon bo‘ladi, bu ayniqsa “Osor ul-boqiya” asarida xalqimizning qadimgi madaniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarida o‘z aksini topgan.
Jumladan, “Osor ul-boqiya” nomli asar turli taqvimlarni o‘rganishga bag‘ishlangani uchun Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Ayniqsa, bu asar kelajakda tarixchi kasbini egallovchilar uchun har tomonlama namuna bo‘ladigan qimmatli manbadir. Unda qadimgi eron, hind, nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlarning tarixi, ur f-odatlari, bayramlari va vaqtni hisoblash haqidagi xronologiya (taqvim) to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar berilgan.
Shu bilan birga, Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari yana “Tarixi Xorazm” va “Mashohiri Xorazm” (“Xorazmning mashhur kishilari”) nomlari bilan ham bizgacha ma’lum.
Beruniyning “Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karomita” (“Oq kiyimlilar va karmatlarning xabarlari haqida kitob”) asari ham tarix ilmi uchun alohida qiymatga ega. Unda o‘sha zamonlarda O‘rta Osiyoda keng tarqalgan ijtimoiy harakat (karmatlar harakati) haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar jamlangan.
“Kitob al-molik fi ma’rifiyi al-mamolik” (“Mamlakatlarni bilishda masofalar kitobi”) asari ushbu davrda juda mashhur bo‘lgan.
SHuningdek, Beruniy “Geodeziya” asarini 1025 yilda yozib tugatgan. Bu asar “SHaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash”ga bag‘ishlangan. Asarning 4-bobi oxirida alloma Er aylanasining kattaligini o‘lchash haqida alohida fikr yuritgan.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha “Geodeziya” deb yuritiladigan “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash” nomli astronomiya va geografiyaga bag‘ishlangan asari 1025 yilda yozib tugatildi. Beruniyning “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” asari ham 1029 yilda G‘aznada yoziladi.
Oradan bir yil o‘tgandan so‘ng, u o‘zining “Hindiston” nomi bilan tanilgan “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash” asarini yozibni yakunlaydi. Bunda u Amerika qit’asining mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning asarlarida tarix va fan ilmi uchun ma’lumotlar ko‘p mujassamlangan, bu esa uning katta tarixchi, alloma, olim va etnograf bo‘lganligidan dalolat beradi.
«Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va xaqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, tabir joiz bo’lsa, milliy iftihornitiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi». I.A.Karimov.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni diniy dunyo qarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xo’ja Baxouddin Naqshband, Xo’ja Axmad Yassaviy,Al-Xorazmiy,Beruniy,Ibn Sino,Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahriddin Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida qo’shgan buyuk xissalari xozirgi kunda butun dunyoga ma’lum deb yozadi I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» kitobida. 12
Bunday yuksak va haqli baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi bo’lmish buyuk vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan beqiyos hissasi bilan izoxlanadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham tarixiy voqea-hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p aziyatlar chekkan, hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo’lgan, ammo har qanday og’ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytmagani uning o’z ma’naviy ideallariga
Beruniy asarlar yozish bilan birgalikda xikmatli so’zlar ham yozib qoldirgan. Beruniyda o’zi yashayotgan shu jamiyatga nisbatan norozilik tuyg’ulari bo’lgan.Chunki o’sha davrdagi beboshliklar, manmanliklar, pulparastliklar tufayli Beruniy ko’p qiyinchiliklarga uchragan va bularni hikmatli so’zlarda aks ettirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |