O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“BIZNES REJALASHTIRISH” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti
Topshirdi: 141-20 guruh talabasi A.Hajiqurbonov
Qabul qildi: S.A.Saitov
Jizzax 2021
Reja:
1.Marjinalizmning umumiy ta’rifi va rivojlanish bosqichlari
2.Avstriya maktabi. Sub’ektiv - psixologik yo‘nalish
3.U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g‘oyalari
1.Marjinalizmning umumiy ta’rifi va rivojlanish bosqichlari
1. XIX asrning 70-yillariga kelib klassik siyosiy iqtisod o`rniga iqtisodiy fanda yangi subyektiv yo`nalish vujudga keldi va iqtisodiy fan taraqqiyotida katta o`zgarish yuz berdi. O`sha davrda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga yangicha subyektiv yondashuvga asos solgan (bir-biridan mustaqil holda) uch iqtisodchining asarlari birdaniga vujudga keldi. Ular ingliz iqtisodchisi Stenli Jevons (1835–1882), avstriyalik Karl Menger (1840–1921), Shveytsariyada yashagan fransuz Leon Valras (1834–1910)lar edi. Ularning tahlili asosida ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayoni (taklif) emas, balki talabning shakllanishi, tovar va xizmatlarning foydaliligi tadqiqoti yotadi. Subyektiv yo`nalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak – bu me‘yorli (marjinal) tahlil bo`lib, mazkur maktabning nomi ham (marjinalizm) shundan kelib chiqqan. F.Vizer, E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko`plab boshqa atoqli iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar.XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning boshlarida iqtisodiy ta’limotlarning evolyutsiyasi kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi.XIX asrning so‘nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo‘ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro‘y berdi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o‘zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta’limot fanda «marjinalizm» ta’limoti deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o‘z mavqeini saqlab turdi. Marjinalizm fransuzcha marginal so‘zidan olingan bo‘lib «eng yuqori» (chegaraviy) degan ma’noni bildiradi. Marjinalizm borasida o‘zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862 yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish» nomli ma’ruzasida bayon etgan edi. 1871 yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan fundamental asar bo‘lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi» nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871 yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» nomli kitobi ham e’lon qilindi. Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik» nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi. 1874 yilda Shveysariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari» nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to‘liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi yo‘nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o‘z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g‘oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi (K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy mavzu insonning psixalogik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o‘rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta’limotlardagi «sub’ektiv yo‘nalish» deb ataldi.
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to‘g‘ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko‘pgina mamlakatlarda mashhur va asosiy ta’limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug‘lari sub’ektiv-psixologik yo‘nalishdan voz kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar.
Natijada yangicha iqtisodiy g‘oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya’ni neoklassik iqtisodiy ta’limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo‘shdilar.
2. XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta’limotlarning nufuzli maktablaridan biri bo‘lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini sub’ektiv yoki sub’ektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning mafkurachilari qo‘llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g‘oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi.
Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix Vizer (1851-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo‘jalik ne’matlari boyligi nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan. Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AQSh va Rossiyada hamda boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta’limot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi. Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to‘g‘risidagi ta’limot yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga kiritmas edilar. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o‘rganishi lozim edi. Byom-Baverkning da’vo qilishicha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot ob’ekti qilib olinar va shu xo‘jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning oliy maqsadi deb atalardi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik yig‘indisi deb talqin etardi. Umuman iqtisodiyot qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan bir xo‘jalik (firma, korxona) misolida shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot). Tadqiqotning bu usuli «Robinzonada usuli» degan nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlandi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytirildi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soddalashtirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |