Amaliy matematika


U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g‘oyalari



Download 81,5 Kb.
bet3/4
Sana10.08.2021
Hajmi81,5 Kb.
#144475
1   2   3   4
Bog'liq
Marjinalizmning umumiy ta’rifi va rivojlanish bosqichlari Avstri

3.U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g‘oyalari

Bu esa navbatdagi yangi nazariya edi, bu nazariyani yaratuvchilar qiymatni u hosil bo‘ladigan sharoit va manbadan - ishlab chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‘ydilar. Byom-Baverkning hamma mulohazalari haqiqiy jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan edi. «Eng yuqori foydalilik» nazariyasi Avstriya maktabi va boshqa iqtisodiyot konsepsiyalari uchun asos bo‘ldi, bu konsepsiyalar esa kapitalizm sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy mazmunini kuchsizlantiruvchi, uning sinfiy xarakterini inkor etuvchi bir narsadir. Byom-Baverkning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’limot daromadni taqsimlash, shu jumladan yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to‘g‘risidagi butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir. Avstriya maktabining taqsimlash nazariyasi bir qancha mavjud konsepsiyalarni: J.B.Seyning ishlab chiqarishning uch omili, taqsimot konsepsiyasini, «eng yuqori foydalilik» nazariyasini o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda ishlab chiqarish omillari unumli ne’matlar deb atalgan. Ularning har biriga (er, kapital va mehnatga) olingan iste’mol ne’matlarining muayyan qismi muvofiq keladi. Taqsimotning mana shu o‘ziga xos konsepsiyasi kapitalistik ekspluatatsiyani o‘zgalar mehnatining kapitalistlar tomonidan o‘zlashtirib olinishini inkor etadi. U kelajakdagi ne’matlar va kapitalistning iste’moldan «tiyilishi»ga nisbatan haqiqiy ne’matlarni har xil baholash asosida foydani oqlaydi. Bu o‘rinda foyda kapitalistning haqiqiy ne’matlarni iste’mol qilishdan «tiyilishi» uchun va o‘z kapitali bilan bo‘lajak ne’matlarni hozirgi ne’matlarga aylantirishni ta’minlaganligi uchun «mukofot» deb ko‘rsatiladi. Shunday qilib, taqsimot nazariyasida ham muayyan sinfiy maqsadlarni ko‘zlaydigan yangicha qisqacha xulosalarlar bor. Avstriya maktabining uslubiyati ham, iqtisodiy nazariyalari ham tarixdan tashqari yondashuv asosida yaratilgandir. Bu metodologiya va nazariyalar kapitalistik tovar xo‘jaligi sharoitlarida jamiyatning sinfiy strukturasini e’tibordan chetda qoldirib, ishlab chiqarishdan iste’molni ustun qo‘yadi. Marjinalizm asoschilari qo‘llagan sabab-oqibat asosidagi iqtisodiy tahlil (analiz) oddiy mantiqiy qisqacha xulosalarlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, bu esa ularni real kapitalizmdan uzoqlashishga olib keldi. Biroq, yuqorida qayd etilgan xususiyatlarni aytish bilan birga biz bu maktab namoyandalarining shu uslublari natijasiz va ularning konsepsiyalari to‘g‘ri ilmiy qisqacha xulosalarlar bermadi, demoqchi emasmiz. Aksincha, kapitalistik bozor muammolarini anglashda va ayniqsa iqtisodiy fanga e’tiborni iste’mol va talabni to‘laroq qondirishga qaratishda bu maktabning xizmatlari kattadir. Bu maktabning konsepsiyalari kapitalistik xo‘jalik sistemasining eng muqaddas narsasi - xususiy sohibkorlik, erkin bozor, raqobat va shu kabilar posbonligida turgan siyosiy iqtisodning bundan keyingi rivojlanishiga katta ta’sir o‘tkazdi. Avstriya maktabining uslubiyati ayniqsa matematik maktab va umuman hozirgi zamon iqtisodiy maktablarining shakllanishida katta rol o‘ynagan. Bu yo‘nalish yangi klassik oqimning keng rivojlanishida alohida o‘rinni egalladi. Lekin shuni ham ta’kidlash zarurki, «eng yuqori foydalilik» nazariyasi yangi tashkil bo‘layotgan nazariy maktablar uchun ilk manba rolini o‘ynadi. «Eng yuqori (chegaraviy) foydalilik» nazariyasining neoklassik (yangi klassik) varianti ingliz iqtisodchisi A.Marshall boshchiligida «eng yuqori foydalilik» nazariyasini «ishlab chiqarish chiqimlari» nazariyasi bilan qo‘shib, yangi ilmiy nazariya vujudga keltirilganligida o‘z aksini topdi.

3. Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London universitetida matematika va ximiya fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni ham qiziqib o‘rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga siyosiy iqtisod o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy asarlari e’lon qilindi. Ular quyidagilar: «Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871) va «Fan tamoyillari» (1874) va boshqalar. XIX asrning oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o‘zining kuchli matematik ifodasi tufayli o‘quvchilar tomonidan to‘liq e’tibor bilan qabul qilinmadi. Lekin uning g‘oyalaridagi sub’ektivizm asosiy ilmiy asarlarida aniq o‘z o‘rnini topgan edi. Masalan, iste’mol, talab, foydalilik haqida o‘z holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons tovarlar narxi uning me’yoriy foydaliligi bilan funksional bog‘liqdir deb ko‘rsatadi.




Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish