8
mashg‗ulotlari o‗tish jarayonida amaliyotga joriylashtirilgan, ochiq dars
o‗tkazilgan (ochiq dars ishlanmasi ilova qilinadi).
Ishning tarkibiy tuzilishi.
Bitiruv
malakaviy ishi uch bob, umumiy
xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi
73 sahifani tashkil etadi.
9
I bob. O`zbek xalq og`zaki ijodida afsonalarni o`rganishning o`ziga xos
xususiyatlari
1.1. Afsonalar va ularning o„quvchilar axloqiy-ma‟naviy tarbiyasidagi roli
«Afsona» atamasi forscha «afsun — sehr-jodu» ma‘nosini anglatuvchi
so‗zdan olingan bo‗lib,
fantastika, uydirma asosida yaratilgan nasriy hikoyalarga
nisbatan qo‗llanadi. O‗tmishda bu atamaning o‗rnida «cow» —
sov
so‗zi
ishlatilgan. M.Koshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk» kitobida izohlanishicha,
sov
atamasi otalar so‗zi (maqol), qadimgi biror voqeani aytib beruvchi hikoya, risola,
xat, kitobcha, so‗z va nutq kabi ko‗p ma‘nolarni anglatganki, shulardan o‗tmish
voqealaridan
xabar beruvchi hikoya, qissa tushunchalari qay darajadadir afsona
hodisasini ham ifodalab kelgan.
38
Aristotel afsonalarni «haqiqatdan xabar beruvchi
yolg‗on hikoyalardir» deb ko‗rsatadi.
Afsona — o‗zbek xalq og‗zaki ijodining eng qadimgi, an‘anaviy va keng
tarqalgan janrlaridan bin. Hayotiy voqeiikni xayoliy uydirmalar orqali bayon
etadigan, biror ma‘lumot haqida tinglovchiga xabar
berish maqsadida hikoya
qilinadigan og‗zaki nasriy asarlar afsona deyiladi. Afsonada hayotiy voqelikning
tasviri epik talqinga bo‗ysundiriladi. Yetakchi motivlar tarkibi esa an‘anaviy epik
detallarga boyligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ko‗pincha u ertakka o‗xshab
ketadi. Biroq ular ertaklar kabi qat‘iy kompozitsiyaga ega emasligi bilan farq
qiladi.
Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o‗zi istagan
shaklda aytaveradi. Afsona sof axborot beruvchilik vazifasini bajaradi. U
ko‗pincha biron-bir voqea-hodisaga kishilarni ishontirish maqsadida aytiladi.
Afsonada bayon qilinayotgan voqeaning o‗tmishda bo‗libo‗tganligiga alohida
urg‗u beriladi.
Epik tafakkurning tadrijiy taraqqiyoti
nuqtai nazaridan qaraganda, afsonalar
miflardan keyingi stadial bosqich sifatida shakllanganligi seziladi. Chunki ularning
tarkibida mifologik obrazlar muhim o‗rin tutadi.O‗zbek xalq afsonalarining sujet
tarkibida turkiy va boshqa xalqlar mifologiyasi bilan bog‗liq ko‗plab qadimiy
motivlar saqlanib qolgan.
10
Afsona kompozitsiyasi ertaklarniki kabi an‘anaviylikka, qat‘iylikka ega emas.
Uning sujet tuzilishi sodda va qisqa. Afsonalar voqeiikni g‗ayritabiiy, fantastik
tasvirlashi jihatidangina ertaklarga o‗xshab ketadi, xolos.
Afsona sujetini turli mifologik, diniy hodisalar, geografik joylar nomi, tabiat
hodisalari, ayrim tarixiy shaxs va voqealarga aloqador g‗aroyib
talqinlar tashkil
etadi. Shunga ko‗ra afsonalarning mazmun-mundarijasi rang-baranglik kasb etadi.
Deyarli barcha afsonalarning sujeti bir yoki ikki epizoddan iborat bo‗ladi. Sujet
voqealari ko‗pincha tugundan boshlanadi. Voqealar talqinida va tasvirida
fantastika ustivorlik qiladi.
Afsonalarning asosiy personajlar tarkibi tarixiy shaxslar, xayoliy va mifik
obrazlardan iborat.
Afsonalarni g‗oyaviy-mavzuviy yo‗nalishi jihatidan
shartli ravishda ikki
guruhga bo‗libo‗rganish mumkin:
1.
Sof mifologik afsonalar.
2.
Tarixiy afsonalar.
Do'stlaringiz bilan baham: