Mavzu –12. Monologik nutqini shakillantirishning nazari asoslari



Download 19,31 Kb.
Sana24.07.2021
Hajmi19,31 Kb.
#127613
Bog'liq
Monologik nutqini shakillantirishning nazari asoslari


Mavzu –12. Monologik nutqini shakillantirishning nazari asoslari.
Reja:

1. Hikoya qilishga órgatishning maqsadi, vazifasi.

2. Hikoya turlari, mazmuni.

3. Hikoya qilishga órgatish metodlari.

4. Turli yosh guruhda hikoya namunalari.
Tayanch tushunchalar: Monologik, tasavvur, kommunikativ, xabar, hikoya, faktik, ijodiy, tasviriy, mazmunli, rasm, buyum, óyinchoq, kuzatish, boshlab berish, hikoya namunasi, berilgan mavzu, reja berish, hikoya tóqish, jamoa bólib hikoya tuzish, qismga bólib hikoya tuzish.

1. Hikoya qilishga órgatishning maqsadi, vazifasi.

Maktabgacha tálimda bolalarni hikoya tuzishga órgatish ularning boǵlanishli yáni monologik nutqini óstirish demakdir. Bu vazifa bolalarning oǵzaki nutqini rivojlantirish va maktabga tayyorlashni takoza etadi. Chunki nutq tafakkurning rivojlanishi bilan boǵliqdir.

Maktabgacha tálimda bolalar tafakkuri ularning tevarak-atrof haqidagi tasavvurining kengayishi, bilish, fikrlash jarayonlarining takomillashib borishi, nutqni egallash kónikma va malakalarining shakllanishi tufayli rivojlanadi.

Bolalarning kattalar bilan sózlashishi, nutqiy muloqoti natijasida fikrlash, muloqot mazmuni boyib boradi, ularda ózaro muloqot ehtiyoji vujudga keladi.

Natijada nutqning kommunikativ vazifasi kengayadi, diologik nutq monolog shaklini egallay boshlaydi, bolalar óz nutqi, tengdoshlari nutqiga diqqat bilan qaraydi, uni yoshitish, tinglash bilan birga óz fikrini bayon qilishga harakat qiladi. Demak, nutqning xabar, monolog hikoya shakllari rivojlanadi, bolalarning boǵlanishli nutqni egallashi, mustaqil fikrlashi uchun asos bóladi.

Shuni ham aytish joizki, boǵlanishli nutq murakkab jarayon bólib, uni egallash uzoq muddatni talab etadi. Boǵlanishli nutqni óstirish maktabgacha tálim yoshidan boshlab shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi bolalar nutqini kundalik faoliyati davomida, nutq óstirish mashǵulotlarida shakllantirishi, ular nutqini doim kózatib borishi talab etiladi.

“Uchinchi mingyillikning bolasi” (2001) tayanch dasturida monologik nutq, yáni bolalarni hikoya tuzishga órgatish vazifalari belgilab berilgan, davlat talablari ishlab chiqilgan.

Maktabgacha tálimda bolalarni hikoya qilishga órgatish deyarli nutq óstirish mashǵulotlarida amalga oshiriladi, bolalar óz fikrini, kórgan-kózatganlari, yoshitganlarini tartibli tushunarli, hikoya qilib berishga órgatiladi, bolalarda mustaqil tarzda málum mavzu bóyicha fikrni izchil bayon kilingan Hikoya tuzish kónikmasi shakllantiriladi. Shu asosda bolalar nutqini tilning leksik-grammatik, fonetik jihatdan tóǵri shakllantirishga erishiladi. Bolalarda nutqda ovoz kuchi, sifati, talaffuz, nutq mezonlariga rioya qilish kabi nutq odobi shakllanadi. Shuning uchun ham nutq óstirish metodikasida “Boǵlanishli nutq óstirish” bólimi bólib, unda bolalar oǵzaki nutqini shakllantirish, monologik nutqini óstirish, hikoya tuzishga órgatishning óziga xos xususiyatlari, hikoya turlari, hikoya tuzishga órgatish moxiyati, hikoyani ifodali bayon etish malakalarini shakllantirish vazifalari belgilab berilgan. Chunki hikoya tuzishga órgatish bolalarda mustaqil, erkin fikrlash kónikmasini óstiradi, monologik nutqni shakllantiradi.

Monologik nutq xotira, diqqatning rivojlanishi bilan boǵliq bólib, mazmunan boǵlangan nutqdir. Boǵlanishli nutqning tinglovchiga tushunarli bólishi uchun aniq, ravon gaplardan tuzilishi, sózlar máno jihatdan tushunarli va ózaro boǵlangan bólishi zarur. Voqea-hodisalarning izchil, mazmunli va obrazli bayon etilishi bolalar bilish faoliyatining mahsulidir.

Bolalar hikoyalari ularning tafakkuri, xotirasi bilan boǵ`liq bólib, nutqdagi sózlar ularning leksik xususiyatlari, talaffuzi bolalarga tushunarli tarzda kullaniladi, hikoya uchun bolalar yosh xususiyatiga mos keladigan, ularning hayotiy tajribalari asosidagi mavzular tanlanadi. Bu esa bolalarda monologik nutqni urganishga qiziqish óygotadi.

Yáni har bir murabbiy tarbiyachi, ota-ona jamiyat oldidagi “mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish”dek asosiy vazifani bajarishga erishadi. Chunki birinci Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, bugungi kunda “Kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, ilǵor texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, bino-barin, xalqaro maydonda biz boshqa mamlakatlar bilan soǵlom fikr musobaqasiga, ijodiy rakobatga kirishmogimiz lozim bóladi”.

Buning uchun maktabgacha tálimdan boshlab bolalarni hikoya tuzishga órgatish muximdir. Bolalarni hikoya tuzishga órgatish, bolalar tafakkurini, xotirasi va eslash qobiliyatini rivojlantiradi, bolalar u yoki bu narsa, voqea, hodisalar, kórgan-kózatganlari haqida Hikoya qiladilar, yoki óqib berilgan, sózlab berilgan voqealarni qayta hikoya qiladilar.

Shuning uchun ham tarbiyachi hikoya qilishga órgatish mashǵulotlarida, avvalo, bolalarning nutqiy muloqot, suhbatga kirisha olish qobiliyatini rivojlantirishga ahamiyat berishi, yáni bolalarning nutqni eshitish, tinglash, tarbiyachi savollariga javob berish qobiliyatlarini rivojlantirishi zarur. Bu esa bolalarning narsa, buyum, óyinchoqni tasvirlash yoki kórgan-kózatganlari, narsa, buyum haqida, ózlari ishtiroq etgan voqealar haqida ijodiy hikoya tuzish malakalarini shakllantiradi, ular monologik nutqni egallab oladilar.

2. Hikoya turlari, mazmuni.

Bolalar hikoyalari bir necha turga bólinadi.

1. Hikoya mazmuniga kóra faktik va ijodiy hikoyaga bólinadi. Faktik hikoya biror narsa, voqea-hodisa haqidagi, xotira asosida yoki óz tajribasi asosida hikoya tuzish bólib, bunda faktlar asosida hikoya tuziladi. Bolalar óyinchoq, rasm, buyumni, ózlari bajargan harakatni, holatni, voqea-larni xotirlash , tasvirlash orqali hikoya tozadilar.

Ijodiy Hikoya, asosan, bolalarning hayotiy tajribalari, voqea-hodisalarni eslash, xotirlashi, yáni tafakkuri yordamida tuziladi. Bunday hikoyalar bolalarning hikoya tuzish, ijodiy fikrlash qobiliyati, fantastik hayoliga boǵliq bóladi. Bolalarda sóz ijodkorligi, aniq voqea-hodisalar asosida hikoya tuzish malakalari shakllanadi.

2. Bolalar hikoyalari shakl jihatdan tasviriy hikoya va mazmunli hikoyaga bólinadi.

a) tasviriy hikoya narsa-buyum, óyinchoq, hayvon, sabzavot, voqea-hodisalarning eng muhim belgi, xususiyatlarini tasvirlash asosida tuziladi. Tasviriy hikoyada narsa-buyum, óyinchoq nomi, uning tashqi kórinishi, belgilari (shakli, rangi, mazasi, támi va hokazo) tasvirlanadi.

Tasviriy hikoya bolalarning narsa, buyum haqida,biror voqeani tinglovchiga tushuntirishi, u haqda málumot berishi, tasvirlashi bólib, bunda voqea-hodisalarning izichilligi, ketma-ketligi muximdir.

Tasviriy hikoya quyidagi turlarga bólinadi

1. Narsa-buyumni tasvirlash.

2. Óyinchoqlarni tasvirlash.

3. Meva, sabzavot, daraxt, ósimlikni tasvirlash.

4. Voqea-hodisa, turli faoliyatni tasvirlash.

5. Asar qahramonlarini tasvirlash.

Tasviriy hikoya ózining tuzilishi xususiyatiga egadir. Bunda narsa, buyum nomi aytiladi; uning rangi, hajmi yoki tashki kórinishi, uning qismlari, nimaga ishlatilishi, nimadan yasalishi, harakati va holati kabilar tasvirlanadi.

Mazmunli hikoya biror voqea-hodisa, narsa-buyum, rasm va hokazo haqida hikoya tuzish bólib, bu hikoyada, albatta, obraz ishtiroq etadi. Mazmunli hikoya ijodiy tarzda tuziladi, bolalar ijodiy hikoya tukiydi, obraz yaratadi. Mazmunli hikoya quyidagi turlarga bólinadi;

1. Rasm, buyum, óyinchoq haqida hikoya tuqish.

2. Kuzatgan voqea-hodisalar haqida hikoya tuzish.

3. Ózi ishtirok etgan, eshitgan voqealari haqida hikoya tuzish.

4. Berilgan mavzu asosida hikoya tukish.

5. Boshlab berish, reja berish asosida ijodiy hikoya tuqish.

Ijodiy yoki mazmunli hikoya órta, katta, tayyorlov guruhida órgatiladi, u quyidagi talablarga javob berish lozim.

1. Bolalar hikoyalarining qisqa, aniq, lunda bólishi .

2. Narsa-buyum, voqea-hodisa, uning belgilarining aniq ifodalanishi.

3. Hikoyaning mazmunan boǵlangan, bolalarga tushunarli bólishi.


3. Hikoya qilishga órgatish metodlari.

Mazmunli hikoya ijodiy xususiyatga ega bólib, bunday hikoyani tuzishda quyidagi metodlardan foydalaniladi.

1. Hikoya namunasini berish metodi asosida hikoya tuzish. Tarbiyachi bolalarga hikoya namunasini aytib beradi, bolalar undan urganib, namunaga taqlid qilgan holda hikoya tuzadi.

Masalan, tarbiyachi Órta guruhda quyidagi hikoya namunasini aytishi mumkin. Gózalning oyisi qóǵirchoq olib berdi. Qóǵirchoqning atlas kóylagi, kamzuli bor. Uning boshida duppisi bor. Duppisi chiroyli. Oyoǵida qizil tuflisi, oppoq paypoǵi bor. Gózal qógirchoǵini yaxshi kóradi. Uni órtoqlari bilan óynaydi, kabi hikoya namunasini beradi, bolalar shu hikoyaga uxshash hikoya tuzadilar.Nodirning tuǵilgan kuni bóldi. Men Nodirga mashinacha sovǵa qildim. Nodir xursand bóldi. Menga raxmat dedi. Men Nodir bilan mashinani óynadim. kabi. Katta guruhda tarbiyachi hikoya namunasini berish metodidan foydalanganda, bolalarga hikoyani tólik aytib bermaydi, balki hikoyaning rejasini beradi. Bolalar berilgan reja asosida hikoya tuzadi, tarbiyachi bolalarga yóllovchi savollar berish, aytib turish usullaridan foydalanadi. Masalan, katta guruhda tarbiyachi “Bizning kócha” mavzusida hikoya tuzdirish uchun quyidagi rejani berishi mumkin.

1. Sen yashaydigan kóchaning nomi nima?

2. Kóchangda qanday binolar bor?

3. Bolalar kóchada qanday óyinlar óynaydi

4. Kóchangdan qanday transportlar qatnaydi.

Bolalar quyidagicha hikoya tuzadilar.

Men yashaydigan kóchaning nomi Tolzor. Kóchamizda uch qavatli maktab, tórt qavatli uylar bor. Kóchamizda bolalar bekinmachoq óyinini óynaydilar. Maktab sport maydonida futbol óynaymiz. Kóchamiz keng, katta. Kóchamizdan avtobus, engil mashinalar qatnaydi.

Tayyorlov guruhida “Bizning mahalla” mavzusidagi hikoya tuzish uchun quyidagi reja beriladi;

1. Sen yashaydigan mahalla qanday?

2. Mahalla bolalari qanday óyinlar óynaydi?

3. Mahallada qanday binolar bor?

4. Mahalladagi obodonchilik ishlarida qatnashasanmi?

Bizning mahallamizning nomi Sandiqsoz. Mahallamizda kóp xonadonda, dókonlarda sandiq qilinadi. Mahallamizda kóp qavatli uylar, maktab, bolalar óyingohi bor. Biz óyingohda futbol óynaymiz. Mahallamizda tozalash, daraxtlarni oqlash, kóchat ekishda katnashaman.

Hikoya rejasini berish yoki namunasini berish metodi bolalarning hikoya tuzish, hikoya mazmunini óylash, hajmini aniqlash, hikoya uchun sóz tanlash qobiliyatini óstiradi.

Hikoya rejasini berish metodida tarbiyachi har bir rejaga 1-2 bolaning javob berishini talab etadi, barcha savollarga berilgan javoblar tarbiyachi tomonidan tartibga solinadi, sóng tarbiyachi hikoyani bayon qiladi, bolalarning hikoyani takrorlashlari ham muximdir. Yáni qóshimcha savollar berish, bolalar tomonidan touzilgan hikoyani gaplarga ajratib taxlil qilish mumkin.

Hikoya rejasini berish orqali hikoya tuzishga órgatish, hikoya qilishning murakkab shaklidir. Shu bois tarbiyachi hikoya rejasini bolalarning tushunib olishi, esda saqlab qolishiga alohida ahamiyat beradi. Chunki hikoya rejasi bir yula beriladi va hikoya tuzish talab etiladi.

Shuning uchun tarbiyachi har bir reja bóyicha yóllovchi, qóshimcha savollar berishi zarur. Masalan, “Guruhimiz xonasi” mavzusida tasviriy hikoya tuzishga órgatishda tarbiyachi quyidagi rejani beradi.

1. Guruhimiz xonasi nechanchi qavatda?

2. Xonamiz qanday, xonamizda nimalar bor?

3. Xonada biz nimalar qilamiz?

Bolalarning savollarga javob berishi, gap tuzishni osonlashtirish maqsadida tarbiyachi yóllovchi savollar beradi. Masalan, guruhimiz xonasi qanday? savolidan keyin guruhimiz xonasi nechta? Biz turgan xona qanday, bu xonada biz nimalar qilamiz? kabi savollarni berish órinli bóladi, bolalar savolga javobni tez topa oladilar.

Bázan hikoya rejasini jamoa bólib muhokama qilish, taxlil qilish orqali ham hikoya tuzishga órgatiladi. Bunday hikoya tuzishda mazmunning tólik bólishi, fikrning va gaplarning ketma-ketligi, ózaro boǵliqligini bilishga órgatiladi, hikoyani bolalar bilan birgalikda tuziladi. Hikoya rejasini berish metodi narsa, buyum, berilgan mavzu asosida hikoya tuzish uchun qulaydir. Yáni bolalar reja savollariga javob berish orqali hikoya tuzadi, fikr uchun sózni ózi tanlaydi.

Hikoyani jamoa bólib tuzish metodi. Bu metodda tarbiyachi hikoya tuzishga doir savollarni oldindan tuzadi va bolalarga savollarni aytadi. Har bir savolga bir nechta bola javob beradi. Tarbiyachi barcha bolalarning javoblarini solishitadi, ularning fikrlarini bolalar bilan birgalikda taxlil qiladi va eng tóǵri, savolga mos bulgan gaplarni ajratib olib eslab qoladi, ularni ózaro boǵlab, hikoyani tuzib, bolalarga aytib beradi. Bolalar tuzilgan hikoyani takrorlaydilar, hikoyani eslab qolish uchun uni gaplarga ajratadilar. Bu metodda hikoya tuzishda bolalar faolligi oshadi, ózlari ham hikoya tuzishga qiziqadilar, asta-sekin kórgan-kuzatganlari, eshitganlari asosida mustaqil hikoya tuzishga órganadilar, tengdoshlari hikoyasini tinglaydilar ularning notóǵri joylarini tóǵrilashga harakat qiladilar.

Hikoyani qismlarga bólib tuzish metodida bolalar óz tengdoshlari fikrini diqqat bilan tinglaydi, uning fikrini davom ettirish uchun mazmunga mos gaplarni óylaydi. Yáni hikoya qismlarga ajratilgan holda bir necha bola tomonidan tuziladi. Masalan, tayyorlov guruhida “Ikki órtoq” rasmi asosida hikoya tuzishda tarbiyachi bolalarga rasmni kórsatib, u asosida hikoya tuzishni aytadi, uning bir qismini aytib beradi, qolgan qismini bolalar tuzadilar.Tarbiyachi: Baxtiyor bilan Anvar chin órtoq. Ular birga óynaydilar. Baxtiyorning tugilgan kunida unga akasi mashina sovǵa qildi. Baxtiyor mashinasini óynayotgan edi, Anvar ayiqchasini óynab kelib qoldi (keyin nima bulganini óylab kóring).

Bolalar: Anvar Baxtiyorga qarab turdi. Keyin ayiqchasini mashinaga almashtirmoqchi bóldi. Baxtiyor mashinani akasi sovǵa kilganini aytdi.

Tarbiyachi: bolalar, Hikoyaning oxiri nima bóldi, kim davom etiradi.

Bolalar: Baxtiyor Anvarga mashinani birga óynashni tak-lif qildi. Ular mashinani birga óynashdi. Anvar dustidan xursand bóldi.

Hikoyani bu metodda tuzish bolalar fikrlash qobiliyatini oshiradi, voqea-hodisa haqidagi fikrni ózaro boglashga órganadi, Hikoyani birgalikda, ózaro hamkorlikda tozadilar, ularning monologik nutqi usadi.

Hikoya tukish metodida bolalar biror mavzu, óyinchoq, narsa, buyum, kórgan - kózatganlari yózasidan xotira asosida Hikoya qilish yáni Hikoya tukishga órgatiladi. Hikoya tukish bolalarning eslash, xotirlash, tafakkuri bilan boǵliq bólib, ular ózlari ishtiroq etgan, kórgan-kózatgan voqealari asosida Hikoya tozadilar. Bunda bolalar mavzuni tanlaydi, mazmunni ham ózlari tozadilar,

Hikoyani baxolash. Tarbiyachi bolalar tózgan Hikoyani tinglab uning mazmuni, tóǵri tózilganligi, Hikoyaning ifodali bayon kilinganini baxolashi lozim, bu esa bolalarning Hikoya tuzish, unda sózlarni tóǵri qóllash, Hikoyani ifodali bayon qilishga órgatish , urtoqlari nutqiga talabchan bólish kabi nutqiy barkamollikni tarbiyalaydi
Adabiyotlar:

1. ÓZBEKISTON Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. 1997

2. Nutq óstirish. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va badiiy adabiyot. Bolalar bogchalari uchun dastur.T. 1996

3. Maktabgacha yoshdagi bolalar tálim-tarbiyasiga kóyi-ladigan davlat talablari. T. ÓzPFITI. 2000. Tózuvchilar: M Rasulova, X. Abduraxmonova.

4. Kichkintoylar oǵzaki nutqini óstirish. T. 1994. Tózuvchilar: M Gaybullaeva. R. Urozova.

5. Katta guruhlarda nutq óstirish mashgulotlari. T. 1994. Tózuvchilar: M Gaybullaeva va boshqalar.



6. K.Shodieva. Órta guruh bolalari nutqini óstirish. T.1993.
Download 19,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish