4
―
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlar samarasi
avvalambor yuksak mahnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va
istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga
qodir yosh kadrlar safini
kengaytirishga bevosita bog`liq.‖
2
Shu maqsadda yana bir muhim hujjat –
“Yoshlarga oid davlat siyosati
samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-
quvvatlash to`g`risida”
gi Farmon qabul qilindi.
3
Bu haqda gapirganda, O`zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30
yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etishini tahkidlash lozim. Biz yoshlar uchun
ularning sog`lom tug`ilishidan boshlab, toki mustaqil
hayotga kirgunicha barcha
zarur sharoitlarni yaratib berish maqsadida qanday katta ishlarni amalga
oshirayotganimiz sizlarga yaxshi ma`lum.
Bolaning fikrlashi va ilm olishga intilishi o‗zaro uzviy aloqadorlikdagi
jarayondir. Xalq og‗zaki ijodi namunalarini o‗qitish va tahlil qilish jarayonida xalq
yaratgan qahramonlarning xatti-harakatlari, fe‘l-atvori,
ruhiy olamga munosabat
bildirishi o‗quvchini fikrlashga yo‗naltiradi.
Xalq og‗zaki ijodi asarlari, xususan afsonalar tahlili ajdodlarimizning yosh
avlodni barkamol kishilar qilib voyaga yetkazish borasidagi qadimiy va ilg‗or
an‘analarini tiklash yo‗lidagi muhim bir qadamdir. Zero, «Oldimizda mustaqil
buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma‘naviy
qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortdi.
Nega deganda, har qanday ulug‗
maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish,
inson zotiga
munosib go‗zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a‘zolari bo‗lgan komil
odamlarga, kelajak barkamol avlodiga bog‗liqdir. Shu boisdan ham hozirgi kunda,
xalqimiz, farzandlarimiz iqbolini o‗ylab, qattiq bel bog‗lab mehnat qilayotgan
ma‘suliyatli bir davrda mazkur tushunchalar yanada teran ma‘no kasb etadi»
4.
.
2
Prezident Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga
bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi. 2017.
4
Karimov I.A. Istiqlol va ma‘naviyat.-T.: O‘zbekiston, 1995. -127-128
5
―To‗maris‖ va ―Shiroq‖ afsonalarining zamonaviy
adabiyotlarda qayta talqin
qilinishi va uni o‗quvchilarni fidoiylikka, Vatan, Ona yurt himoyasi uchun
kurashga da‘vat etuvchi obrazlar darajasidagi talqinidan,
aslida avlod-
ajdodlarimiz ham farzandlarni umumbashariy tuyg‗ular, milliy qadriyatlarga,
vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida yuksak ma‘naviy qudratidan
samarali foydalanib kelishgan.
Afsonalar badiiy tafakkur taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilgan eng
ilg‗or va hayotbaxsh an‘analarni o‗zida mujassamlashtirgan ma‘naviyat
sarchashmasidir. Ana shu ma‘naviy merosning eng qadimiy qatlamiga xos milliy
qadriyatlar tizimida inson ma‘naviy kamoloti bilan bog‗liq urf-odatlar, an‘analar
alohida o‗rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: