O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika institutí


Verbal tafakkurni rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar



Download 152,6 Kb.
bet51/56
Sana29.05.2022
Hajmi152,6 Kb.
#616781
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI FANIDAN ОМК

Verbal tafakkurni rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar
1. Diqqatingizni fikrlaringizning sifatiga qarating. Fikriy ifodalringizni rivojlantiring, tafakkuringizni o`zaro uyg`unlashtiring. Sekin fikrlashga harakat qilib ko`ring. Fikrlashni tezlashtirishga harakat qiling.
2. O`qish uchun doimo vaqt toping. O`qish aqliy rivojlanishni o`stirishning eng maqbul yo`li, xayoliy timsollar va diqqatni to`plashni jonlantiradi.
3. Fikrlaringizni qog`ozda bayon etishga harakat qiling. Fikrlarni yozma bayon etish ularni saralashga, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashga, fikrlarni shakllantirish va tekshirishga, nimani his etayotganingiz va o`ylayotganingizni aniq tasavvur qilish imkoniyat tug`diradi.
4. Siz o`zingizning gapirayotgan gaplaringizga quloq soling. O`zingizni fikriy monologingizga quloq tuting, kun davomida qanday ma`lumotlar sizni o`y-xayolingizdan o`tayotganligi ularning hayotiy pozitsiyangizga ta`sirini oydinlashtirishga erishing.
Shaxsiy tarixingizni bayon etishga o`rganing.
Mashq: Aql-idrok kuchi.
Navbatdagi mashg`ulotda aql-idrok kuchini oshirishga qaratilgan mashqlar mujassamlashtirilgan bo`lib, bunda ishtirokchilar muammolar ustida to`xtaladilar va ularning turli vaziyatlarda echishga harakat qiladilar.
Mashg`ulot maqsadi: aql-idrok kuchini oshirish, muammolarni mustaqil va qonuniyatlarga asoslanib topish malakasini shakllantirish.
Mashg`ulot uchun zarur jihozlar: har xil vaziyatli masalalar, qog`oz va qalam
Boshlovchi ishtirokchilarga muammolar to`g`risida so`z yuritib, ularning echimini topishda zarur ko`nikma va malakalar to`g`risida tushuncha beradi: masalani echish malakasini har qanday muammoni hal etishda, u abstrakt muammomi, shaxslararo munosabat muammosimi, moliyaviy muammomi, o`qish yoki ishdagi muammomi ularga zarurat bor. Bu malakalarga quyidagi yo`llar bilan boriladi.
* Muammoga to`g`ri yondashuv. Muammoga duch kelganingizda nima qilasiz? Unga ro`baru kelasizmi yoki uni chetga surib qo`yasizmi? Uning bitta echimi bilan cheklanasizmi yoki bir necha echimlarini topishga harakat qilasizmi? Siz muammoga chap berishga urinasizmi yoki ularning echimini topishga jazm etasizmi?
* Muammoni echimini topish jarayonini tashqil etish. Siz muammoni echish uchun eng sodda, tushunarli va asosiy omillarni ajratishga harakat qilasiz, ortiqcha va keraksiz jihatlarni chetga surib qo`yasiz. Muammoga aniqlik kiritib olasiz va uni echishga kirishasiz.
Muammoni echishga kirishish va undagi xatti-harakatlar. Ba`zi muammolar aniq ketma-ketlikda, qadamma-qadam hal etiladi. Boshqalari tajriba-sinov yo`li bilan, «Sinash va xato»metodi yordamida echimi topiladi. Shunday muammolar bo`ladiki ularni hal etishda uzoq mulohazalash va echim tasodifiy paydo bo`ladi. Har qanday holatda ham siz axborotlarni boshqarishingiz kerak. Buning uchun muammoga doir tushunchalarni guruhlashingiz, namunalarni ko`zdan kechirishingiz, umumlashtirib mulohazalashingiz yoki o`zingizning ichki intuitsiyangizga quloq solishingiz kerak bo`ladi.
* Tekshirish. Siz muammoning echimini topdingiz, uning to`g`riligini tekshirib ko`rasiz. Bajarilgan ishlarni ko`zdan kechiring va yangidan mulohazaringizdagi mantiqiy zanjirni nazardan o`tkazing. O`zingizga masalaning yana boshqa echimi bormi yoki yo`qligini so`rab ko`ring.
Keyingi bosqichda boshlovchi psixotrening mashg`ulotlari uchun muammolarni ishtirokchilarga taqdim etadi. Buning uchun dastlab, bir nechta boshqotirmalar taqdim etiladi. Har bir ishtirokchi ushbu bosh qotirmalarni echishda yuqorida sanab o`tilgan bosqich va yondashuvlarga tayangan holda topshiriqlarni shakllantiradilar va uning echimini topishga kirishadilar.
Topshiriqlar:
1.Toshkent shahridagi hayvonot bog`ida yuz bosh va yigirma oyoq bor. Hayvonot bog`ida nechta hayvon va nechta qushlar bor?
2. Uchta missioner va uchta kannibal qayiq yordamida daryoning bir qirg`og`idan ikkinchisiga o`tishlari lozim. Misseonerlar ehtiyot bo`lishlari kerakki, kaniballar biror qirg`oqda soni ortiqcha bo`lib qolmasligi kerak. Ularning barchasi qanday qilib bir qirg`oqdan ikkinchisiga o`tib oladilar?
3. «Tashla» nomli o`yinda uch kishi tanga tashlashayaptilar. O`yin shartiga ko`ra yutqizgan odam g`oliblarga oldingi yutuqning ikki barobaricha haq to`lashi kerak. Uch marotaba o`yin bo`ldi. Har bir o`yinchi bir marotabadan yutuqqa erishdi. Yutuqlar esa ikki barobar oshgan edi. O`yin oxirida hammalari o`ttiz olti dollardan olganlari ma`lum bo`ldi. Ular qanday miqdordagi pul bilan o`yinni boshlaganlar?
1. Yangi-Gveniya-Papua orolida besh yuz ayol yashaydi. Ulardan olti foizi bitta quloqda zirak taqadilar. Qolgan to`qson to`rt foiz ayollarning yarmi ikki qo`log`iga zirak taqadi. Qolgan qismi esa zirak taqmaydi. Orolda yashaydigan nechta ayol zirak taqadi?
2. Halim bilan Salim kafega kirishdi. Halim o`ziga kofe, Salim esa sut buyurtma berdi. So`ngra Halim bilan Salim ta`blariga ko`ra ichimlik tayyorlash uchun quyidagicha ish tutdilar. Dastlab Halim Salimning piyolasidagi sutdan bir qoshiq olib o`zining kofesiga aralashtirdi. So`ngra Salim ham Halimning piyolasidagi aralashmadan bir qoshiq olib o`zining piyolasiga soldi va aralashtirdi. Aytingchi, sutdagi kofe ko`pmi yoki kofedagi sutmi yoki bir xil tenglikdami?
Qo`shimcha topshiriqlar: Tasviriy tassavvurlar



Download 152,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish