ESSE
Esse yozish talabalarga o’z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni ongli qabullashga va tushunishga, muammoning echimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o’z xulosasini aniq va savodli bayon
etishga imkon yaratadi. Muhimi, keltirilgan fakt va dalillarn ing o’rinli qo’llanishidir.
Esse yozishda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilinadi:
•shaxsiy munosabatning bildirilishi;
•tezis – kalit so’zni to’g’ri aniqlash;
•faktli dalillar (argumentlar);
•nazariyaga asoslanish;
•atamalarni o’z o’rnida qo’llash;
•stitatalar keltirish;
•turli xil ko’zqarashlarni misolga keltirish;
•mantiqiy qonuniyatning saqlanishi;
•taqqoslash va xulosalash usullaridan
foydalanish;
•savodlilik (uslubiy, imlo, tinish belgilari);
•yumor, o’tkir hajv;
•foydalanilgan ilmiy manbalarga havolalar.
Talabalarga mavzu tavsiya etiladi. Har bir talaba o’zi uchun ma’qul bir mavzuni tanlab oladi. Talabalar tanlangan mavzu bo’yicha hajmi 250-300 so’zdan iborat esse yozadilar. Yozilgan imtihon ishi talabaning tanlagan
mavzuni tushunishi, shaxsiy fikr-munosabatlarining izchil va dalilli tarzda, savodli yozma bayon eta olish qobiliyatini ko’rsatadi. Talabalar ishni ikki xil: xomaki va oq nusxada yozadilar. Xomaki nusxa ham yozma ish bilan birga topshiriladi (xomaki nusxa zarurat bo’lgandagina tekshiriladi).
Imtihon davomida lug’atlardan, darsliklardan va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Essening tuzilishi
1.Kirish
Mavzu haqida tushuncha, mavzuning dolzarbligini ifodalovchi fikr beriladi. Tezis (asosiy g’oya, shaxsiy munosabat\nuqtai nazar) yoziladi va
keltirilgan tezisga ta’rif (2-3 gap) beriladi. Mavzuga tegishli ikki qarama-qarshi fikr keltiradi. Masalan:
(Ba’zi odamlar uyali telefonni kerak narsa deb hisoblaydi, ba’zilari esa
uyali telefonsiz hayot ruhiy zarbalarsiz bo’lar edi deb hisoblaydi.)
Odamlar ko’pincha...deb aytadi.
Ko’pchilik odamlar ... degan fikrni qo’llaydi. Ayrim odamlar... ga qarshi.
Fikrni umumlashtiruvchi gap
(Bu dolzarb masala bo’lganligidan, har tomonlama tahlil qilish kerak...
Mening fikrimcha, bu masala munozarali hisoblanadi... Bu masalaga
munozarali bo’lganlikdan, izlanish talab qilinadi... Bu qiziqarli
masala, chunki... va h.k. )
Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog’lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to’g’ri qo’yish muhim. Chunonchi, bu o’rinda esse yozuvchi "Kirish qismida ushbu mavzuga ma’lumot berish kerakmi?", "Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?", "Men esse yozish davomida o’z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?", "Men kalit so’zdan kelib chiqqan holda tezis qo’ya
olamanmi?" kabi savollarni o’z oldiga qo’yishi va shuning doirasida fikr yuritgani ma’qul.
Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan
iborat bo’lishi va har bir xatboshida ikki-uch gap
ifodalanishi mumkin. Talabani qiziqtirish, uning
e’tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi
jonli va aniq yozilishi kerak. Bunda xitob, undov, shaxsiy
tajribaga ishora, ritorik so’roq kabilardan foydalanish
o’rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |