Nazorat savollari
1. Tarqatma materiallardan nima maqsadda foydalaniladi?
2. Psixologik maslahat ishlarining mazmuni nimalardan iborat?
3. Psixologik va pedagogik maslahat ishlarining bosqichlarini sanab
o`ting va izohlang?
4. Psixologik va pedagogik maslahat ishlarining asosiy qoidalari
nimalardan iborat?
11-Mavzu.Korreksion faoliyatning mazmun-mohiyati.
Reja.
Psixokorrektsion dasturning maqsad va vazifalari.
Psixokorrektsion dasturning printsiplari.
Psixokorrektsion dastur mashqlari
O`spirin yoshlarning aqliy qobiliyatlari diagnostikasi asosida ta`limning turli bosqichlarida o`ziga xos tafovutlar va kamchiliklarni aniqlash mumkin. Psixodiagnostik ishlar natijalari asosida aqliy qobiliyatlari darajasi past deb topilgan o`quvchi va talabalarning aqliy qobiliyatlaridagi ayrim xususiyatlar; materialni umumlashtirish va tahlil etish, tafakurning egiluvchanligi, tafakkurning ko`chuvchanligi, emotsionalligi, idrokning tezligi hamda aniqligi, tildan foydalanish, umumiy savodxonlik, qulay usulni tanlash, tasavvur obrazi va boshqalarning rivojlanishi uchun imkon beruvchi psixokorrektsion dasturlardan foydalanish yuqori samara beradi.
Tadqiqot uchun tayyorlangan psixokorrektsion dastur quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Psixokorrektsion dasturning maqsad va vazifalari aniqlanadi.
2. Psixokorrektsion dasturning printsiplari belgilab olinadi.
3. Psixokorrektsion dasturning foydalanish tartibi tizimlanadi.
Ma`lumki psixokorrektsion dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo`llash amaliy, diagnostik hamda rivojlantirish xarakteriga ega. Psixokorrektsion dasturdan foydalanishda bunday tamoyillarga asoslanish, birinchi navbatda o`quv muassassasi psixologlari tomonidan o`quvchilar aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish tadbirlarini uyushtirish bo`lsa, ikkinchi tamoyili esa shaxsni o`z qobiliyatlarini mustaqil tarzda amalga oshirishga yordam berish imkoniyatini nazarda tutadi.
Korrektsiya atamasi lotin tilidan olingan bo`lib, tuzatish, o`zgartirish yoki qisman tuzatish degan ma`noni anglatadi. Psixologik korrektsiya esa psixolog-pedagogning psixik taraqqiyotdan ortda qolishning oldini olish va tuzatish ishlarini amalga oshiradigan ma`lum faoliyat shakli sanaladi. Psixokorrektsiyani tashqil etishda taraqqiyotdan ortda qolishning ikki shakliga e`tibor qaratiladi: a) asab tizimining organik buzilishi tufayli psixik taraqqiyotdan orqada qolish; b) noqulay tashqi hamda ichki sharoitlar tufayli vaqtinchalik orqada qolish. Birinchi shakli uchun klinik- psixologik va tibbiy yordam ko`rsatiladi.
Ma`lumki rivojlanish jarayoni teskari jarayon emasligiga hech qanday shubha yo`q. Ya`ni ta`lim jarayonida o`quvchining bilimini «oxirigacha etkazish», «rivojlangunicha» maktabga qaytarish shart emas. Shuning uchun ham bolaning me`yorida rivojlanishidan orqada qolayotganligining boshlang`ich shakllarini oldindan aniqlab borish kerak. Bizning nazarimizda bola shaxsining psixik taraqqiyot dinamikasini nazorat qilib borish uzluksiz ta`limdagi izchillik va rivojlanishning bir me`yorda kechishi uchun asos yaratadi. Aqliy taraqqiyotdan orqada qolish kuzatilgan holatda optimal darajadagi imkoniyatni hisobga olib korrektsiyalash tadbirlarini tashqil etish hamda kuchsiz va orqaga tortayotgan bolalarni kuchlilar safiga qo`shishga intilish va ularning o`ziga xos qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish lozim bo`ladi.
Shunday qilib, korrektsion ishlarning bosh maqsadi bolaning ruhiy va shaxsiy jihatdan mukammal rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishdan iborat. Ya`ni, pedagogik-psixologik korrektsiyaning asosiy masalasi bolaning psixik taraqqiyotidagi (xususan intellektual) og`ishlarni tuzatishga qaratilgan bo`ladi.
Biz korrektsion dasturimizda quyidagi tamoyillarni hisobga oldik:
a) shaxsni rivojlanish sharoitida ichki va tashqi shart-sharoitlarni nazarda tutib, korrektsiya hamda rivojlanishning yagonaligiga erishish;
b) yosh va individual xususiyatlar birligini hisobga olish;
v) diagnostika va korrektsion rivojlanishning birliga erishish;
g) me`yordagi rivojlanish imkoniyati sharoitida aqliy rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalar va iqtidorlilar birligidan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |