Mavzu: Ayrim tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish stasistikasining o'ziga xos xususiyatlari
Reja:
1.Ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar
2.Ayrim korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli
3.Sanoatni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi
Ayrim sanoat tarmoqlarining o‘ziga xos iqtisodiy xususiyatlari ishlab chiqarishni joylashtirishga aloqadordir. Shuning uchun ayrim tarmoqlarni joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslashda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur.
Elektr stansiyalarini joylashtirishda mineral yoqilg‘ilarni tashish mumkin bo‘lgan holda, suv resurslarini ko‘chirish mumkin emasligi hisobga olinadi.
Qora metallurgiya sanoati korxonalarini joylashtirishda uning xomashyo bazasi, ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi, korxona turi, tarmoqning suvga talabi hamda yirik metallurgiya kombinatlarining boshqa tarmoqlar joylashishini va yirik shaharlar paydo bo‘lishini e’tiborga olish zarur.
Kimyo sanoatining turli tarmoqlarini joylashtirishda zamonaviy kimyo texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni kimyo sanoatiga tegishli xomashyoning ko‘pligi, energetika resurslari hamda ko‘p tarmoqlarning chiqindilarini majmuali tarzda qayta ishlash, bir turdagi xomashyodan turli va bir turdagi mahsulotlarni har xil xomashyodan olish, sintetik materiallarni barcha iqtisodiy hududlarda ishlab chiqarish mumkinligi hisobga olinadi.
Mashinasozlik sanoatini joylashtirishda ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatlari, tarmoqning metallga bo‘lgan talabi, ularni tashish masalalari, ayrim iqtisodiy rayonlar sanoatining ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlarning industrial rivojlanish darajasi, mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish, mashinasozlik sanoati mahsulotlariga barcha hududlarda talabning doimiyligii e’tiborga olish zarur.
Yengil sanoat, oziq-ovqat sanoatining ko‘pgina tarmoqlari mamlakatning barcha iqtisodiy rayonlari, bir qator tarmoqlar esa muayyan hududlarda joylashadi. Bular – tikuvchilik, trikotaj, poyafzal, qandolat, un-yorma, makaron mahsulotlaridir. Non va alkogolsiz ichimliklar sanoati esa har bir aholi punktida joylashtirilishi kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan tarmoqlar va to‘qimachilik sanoati iste’mol bozori doirasi keng hududlarda joylashadi. Bunga sabab xomashyoni tayyor mahsulotga nisbatan tashish osonroq, tayyor mahsulot assortimenti iste’mol qiluvchi ma’lum hudud aholisining jinsiy va yosh jihatdan tarkibiga, milliy mentalitetiga bog‘liq bo‘lishidir. Xomashyo bazasiga yaqin joyda esa shakar, yog‘-moy, konserva, spirt, vinochilik, paxta tozalash va shu kabi tarmoqlar joylashadi. Shunday qilib, korxonalarni joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslash paytida har bir tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘g‘ri hisobga olish, ishlab chiqarishni joylashtirishning umumiy tamoyillariga tayanish butun sanoatni joylashtirishning yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Natijada ijtimoiy mehnat unumdorligi oshadi. Bu esa milliy iqtisodiyotning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |