№1-LABORATORIYa ISHI
Avtomatik qayta ulagichlarrni ishlash printsipini tekshirish Ishning maqsadi: Ushbu laboroatoriya ishining maqsadi elektr tarmoqlarida shikastlanish yoki avariya hodisalari yuz berganida avtomatika qurilmalari tomonidan tarmoqdan uzib qo’yilgan elektr jihozlarini tavmoqqa avtomatik tarzda qayta ulash qurilmalarini ishlash qoida va tartiblarini talabalarga o’rgatishdan iborat.
Ishning vazifasi: Talabalar ushbu laboratoriya ishlarini bajarish davomida, avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmalarini o’rnatilishi, ishlash shart sharoitlari, unga qo’yiladigan talablarni o’rganib, o’zlari mustaqil fikr yurita olishi uchun zamin tayyorlamog’i lozim.
NAZARIY QISM Elektr uzatish liniyalarida ko’pchilik shikastlanishlar kuchli shamol vaqtida simlarning bir-biriga tegishi, yashin tushishi natijasida izolyatsiyaning buzilishi, daraxtlarni yiqilishi va boshqa shunga o’xshash sabablar natijasida hosil bo’ladi. Bunday shikastlanishlarning ko’pchiligi turg’un emas, liniya tezlik bilan uzilgandan keyin o’z-o’zidan yuqoladi. Agar liniya qayta ulansa normal ishlashda davom etadi va istehmolchilarning elektr tahminotida uzilishlarga yo’l qo’yilmaydi. Qayta ulash avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. AQU ishlagandan keyin liniyaning normal ishlashi muvaffakiyati AQU deyiladi. Agar shikastlanish (qisqa tutashuv) turgun yahni o’z- o’zidan yo’qolmaydigan bo’lsa rele himoyasi liniyaning o’zgandan keyin AQU ulaydi qisqa tutashuv yo’qolmaganligi sababli rele himoyasi liniyani yana uzadi. AQU ikkinchi marta ulamaydi. Bunday AQU muvaffaqiyatsiz AQU deyiladi.
Statistika mahlumotlariga ko’ra 60-75 % AQU lar muvaffaqiyatli.
AQU qurilmalariga qo’yiladigan talablar quyidagilardir:
1. Doimo ishlashga tayyor holatda bo’lishi kerak va viklyuchatel avariyaviy uzilganda ishlashi kerak. Nazoratchi personal tomonidan viklyuchatel uzilganda ishlamasligi kerak.
2. Elektr tahminotdagi uzilishlar davomiyligini kamaytirish uchun AQU qurilmasini ishlash vaqti mumkin bo’lgan darajada minimal bo’lishi kerak. AQU ning ishlash vaqti (tAQU1) asosan viklyuchatel elektr yuritmasini ulash uchun tayyorlanish vaqti va qisqa tutashuv sodir bo’lgan joydagi elektr yoyini so’nish vaqti bilan belgilanadi, amalda tAQU³0,5...0,8s olinadi.
3. AQU qurilmasi ko’p marta qaytadan ishlamasligi kerak. Asosan bir marta va faqat ayrim hollarda ikki marta qayta ulaydigan AQU lar qo’llaniladi. AQU faqat bir marta ishlashi uchun uning yangitdan ishlash uchun tayyorlanish vaqti (tAQU2) rele himoyasining ishlash vaqtidan katta bo’lishi kerak. Amalda tAQU2= 15....25s olinadi.
Ikki karrali AQU uchun ikkinchi qayta ulashdan keyin ishlash uchun tayyor holatga qaytish vaqti tAQU2=60…100s olinadi.