Link kubi.
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o`tkazish uchun 3x3sm, kattalikda bir xil 27 kichik kubchalardan iborat kub kerak. Kichik kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo`yalgan bo`ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo`lsin.Bolaga bir xil rangli kub ko`rsatiladi (masalan qizil), so`ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yana qurish kerakligi aytiladi. Eksperimentator qo`shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda etishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi.
3- guruh uchun tarqatma material.
Meyli testi yordamida ko`rish va eshitish xotirasini o`rganish.
R.Meyli testi 1961 yilda ishlab chiqarilgan bo`lib, 7-14 yoshli bolalar va kattalarning ko`rish va eshitish xotirasini o`rganishda qo`llaniladi.
Tadqiqot ikki bosqichdan iborat:
Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish xotirasi o`rganiladi.
Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o`qib bergan so`zlarni, predmetlarini eshitib esda olib qolish qobiliyati o`rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o`tkazilmaydi. Xotiraning o`rganilayotgan Meyli testi uchun qo`zg`aluvchi material – jadval.
Tadqiqot bosqichlari
Rasmlarning 1 seriyasi Rasmlarning 2-seriyasi
So`zlarning 1 qatori So`zlarning 2 qatori
Nuxat.Chig`anoq. Karton. Jadval.Eshak. Krovat. Vagon. Hafta.Kalit. Truba. Dehqon.So`m va hakozo hammasi bo`lib 6-ta so`zlar to`plami mavjud.Tajriba o`tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta rasm ikki seriyada va 60 ta so`zlar to`plami – 2 qatorda kerak bo`ladi.Ko`rish xotirasi o`rganilayotganda qo`yidagi qo`llanma beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko`rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasiz. «Rasmlarning har biri 2 soniya ko`rsatiladi, 10 soniya tanaffusdan keyin sinaluvchi predmetlarni ham,rasmda yo`q bo`lgan qo`shib qo`yilgan predmetlarning nomini yozib boradi.Rasmlarning 2-seriyasi boshqa kuni, so`zlar qatori bo`yicha tajribalar ham boshqa kunlar o`tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi qo`llanma beriladi: «Men hozir sizga so`zlar qatorini o`qib beraman, siz bo`lsa eshitib bo`lganingizdan so`ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz». Tadqiqotchi tadqiqot qatoriga sinaluvchi aytgan barcha so`zlarni takrorlanganlarini ham, yo`q so`zlarni qo`shib qo`yganlarni ham yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o`lchash orqali qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |