O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a. T. G’ofurov, S. S. Fayzullayev u. E. Raxmatov g enetika dan m a sa la va


§. Irsiyat va o’/.garuvchanlikning molekulyar asoslari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/65
Sana07.07.2022
Hajmi3,81 Mb.
#752879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Genetikadan masalalar

4§. Irsiyat va o’/.garuvchanlikning molekulyar asoslari
Irsiy belgilami nasldan-naslga olib o ’tuvchi gen - dezoksiribonuklein 
kislotaning bir qismi sanaladi. Gen albatta belgiga to’g ’ridan-to’g’ri ta’sir 
ko’rsatmaydi. Odatda, gen oqsilning birlamchi strukturasi, ya’ni oqsil 
polimerida aminokislotalar qancha va qanday izchillikda joylashganligini 
ifodalaydi. Oqsil - fermentlar hujayradagi biokimyoviy reaksiyalarning u yoki 
bu yo’nalishda borishini nazorat qilib turadi. Biokimyoviy reaksiyalarning 
yo’nalishiga qarab, dominant yoki retsessiv belgilar rivojlanadi. Boshqacha 
aytganda, gen bilan belgi o’rtasidagi munosabat 
gen
-
oqsil
-
ferm en t
-
biokimyoviy reaksiya
-
belgi
tartibida amalga oshadi.
Gen qanday qilib oqsil sintezini boshqarishi hozirgi vaqtda o’rganilgan. 
Hujayrada uchraydigan nuklein kislotalar DNK va RNK ga bo’linadi. DNK -
dezoksiribonuklein kislota biopolimer bo’lib, qo’sh spiraldan tasbkil topgan. 
Uning monomerlari nukleotidlar hisoblanadi. Har bir 
nukleotid azotli asos,
dezoksiriboza va fo sfa t kislota qoldig’idan
iborat. Nukleotidlarda azotli 
asoslaming 4 xili -
adenln, timin, sitozin
va 
guanin
uchraydi. DNK spiralida 
azotli asoslar komplementarlik qonuni asosida joylashgan. Chunonchi, DNK 
qo’sh spiralining birida adenin bo’lsa, qarama-qarshisidagi spiralda albatta 
timin, guanin qarshisida qo’shni spiralda sitozin joylashgan bo’ladi va hokazo.
DNK ning bir spiralida nukleotidlar o ’zaro azotli asos va fosfat kislota 
qoldig’i bilan birikadi. Qo’shni spiraldagi nukleotid bilan esa vodorod bog’lari 
orqali birikadi. DNK molekulasiga qarama-qarshi o’laroq, RNK bir qavat 
zanjirdan iborat. Unda ham yuqorida qayd etilgan azotli asos, pentoza va fosfat 
kislota qoldig’i uchraydi. Lekin 
farqi 
shundaki, RNK molekulasida 
dezoksiriboza o ’miga pentozalaming ikkinchi turi riboza uglevodi, timin 
o ’migauratsil azotli asos joylashgan.
RNK - informatsion RNK (i-RNK), transport RNK (t-RNK) va 
ribosomal RNK (r-RNK) ga bo’linadi.
DNK dagi nukleotidlaming joylanish tartibi ma’lum ma’noga ega. 
Genetik kodning mohiyati shundan iboratki, polipeptid tarkibiga kiruvchi 
aminokislotalar DNK molekulasidagi nukleotidlaming joylanish tartibi bo’yicha 
joylashadi (2-jadval). Demak DNK molekulasidagi irsiy axborotni ribonuklein 
kislotalar tashiydi va ro’yobga chiqaradi.
Mazkur mavzuga doir mashqlami bajarish va masalalami yechish uchun:
1)o’quvchilar biologiya darsligidagi, talabalar genetika darsligidagi tegishli 
boblarni;
2
)nuklein kislotalaming tuzilishi, xillari va funksiyalarini; nukleotid, triplet, 
monomer, kodon, antikodon, transkripsiya, translyatsiyani;
3)komplementarlik prinsipini o’zlashtirgan;
4)genetik kod jadvalidan foydalanishni;
5)hujayrada oqsil biosintezi qanday izchillikda amalga oshishini bilishi kerak.
15


G enetik kod
2-jadval
Kodning
birinchi
nukleotidi
Kodning ikkinchi nukleotidi
Kodning
uchinchi
nukleotidi
U
S
A
G
U
fenilalanin
serin
tirozin
sistein
U
fenilalanin
serin
tirozin
sistein
S
leysin
serin
+nonsens
+ nonsens
A
leysin
serin
+nonsens
triptofan
G
S
leysin
prolin
gistidin
arginin
U
s
leysin
leysin
prolin
prolin
gistidin
¡glutamin
arginin
arginin
leysin
prolin
[kislota
(glutamin
ikislota
arginin
A
G
A
izoleysin
izoleysin
treonin
treonin
rasparagin
Ikislota
serin
U
izoleysin
-H-metionin
treonin
treonin
f asparagin 
Ikislota 
lizin 
lizin
serin
arginin
arginin
S
A
G
G
valin
alanin
asparagin
glitsin
U
valin
alanin
asparagin
glitsin
S
valin
alanin
glutamin
glitsin
A
+++valin
alanin
glutamin
glitsin
G
+ -polipeptid zanjirining oxirini ifodalaydi; +++ -nonsens kodonlar; 
++-polipeptid zanjirining sintezini boshlovchi polipeptid bog’ining oxirini 
ifodalaydi
M ustaqil bajarish uchun m ashqlar
l.Oqsil zanjirining m a’lum qismi valin - alanin - glitsin - lizin - triptofan -
glutamin aminokislotalardan tuzilgan. Genetik kod jadvalidan foydalangan 
holda DNKning shu polipeptid bog’i sintezlanishida ishtirok etgan nukleotidlar 
izchilligini aniqlang.
2,DNKning bir spiralida nukleotidlar AAATTGSSAGASAAS izchilikda 
joylashgan bo’lsa, ikkinchi spiralidagi nukleotidlar qanday joylashadi?
3.Genetik 
kod 
jadvalidan 
foydalanib
quyidagi 
tripletlar 
qanday 
aminokislotalami kodlashda qatnashishini aniqlang:
a)GGT;b)TSG;v)AAG;g)STT;d)AAA; e)TTT; j)TGG; z)SAG; k)AGT. 
4,Oqsilning tarkibi 60 ta aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar orasi 3,4 
A
bo’lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi genning uzunligi necha angstremga teng 
bo’ladi?
5,Oqsil molekulasida aminokislotalar quyidagi tartibdajoylashgan:
16


a)glitsin - valin - gistidin - leysin - triptofan - treonin - alanin - serin;
b)metionin - lizin - prolin - valin - alanin - lizin - leysin - treonin. Ular 
sintezida ishtirok etgan i-RNKda nukleotidlar qanday izchillikda joylashgan? 
ö.Genetik kodning “ayniganligi” tufayli ba’zi aminokislotalaming kodi bir xil, 
ikkinchilarniki ikki xil, uchinchilamiki uch xil, to’rtinchilamiki to ’rt xil bo’lishi 
mumkin. Har xil tripletlar yordamida quyidagi aminokislotalaming genetik 
kodini ko’rsating: metionin - fenilalanin - izoleysin - valin - arginin - glitsin.
7.DNK 
molekuiasida 
nukleotidlar 
quyidagi 
izchillikda 
joylashgan: 
TGATGSGTTATGSSG. Bunday izchillikdagi nukletidlaming tripletlari oqsil 
molekulasi tarkibiga qanday aminokislotalarni kiritishi mumkin?
Agar 5- va 9-nukleotidlar konyugatsiya vaqtida boshqa gomologik xromo- 
somalardagi DNK tarkibiga o’tib ketsachi?
8
.DNK ning bir spiralidagi nukleotidlar quyidagi izchillikda joylashgan:
a)T A AG AT A AS ASGTS A;
b)SSGAGSGGTAASTTA; 
v)AASGTGSSSATTAGGS.
Ikkinichi spiralida nukleotidlar qanday joylashadi?
9.“B” insulin zanjiri tubandagi polipeptidga ega: fenilalanin - valin - asparagin 
kislota - glutamin - gistidin - leysin - sistein - glitsin - serin - gistidin. “B” 
insulin shu uchastkasini sintezida ishtirok etuvchi DNKda nukleotidlar qanday 
joylashganligini aniqlang.
lO.Oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan ribonukleaza fermentining bir 
uchastkasida aminokislotalar lizin - asparagin kislota - glitsin - treonin -
asparagin kislota - glutamin kislota 
sisteindan iborat. Shu polipeptidni 
sintezlovchi i-RNK ning nukleotidlar tartibi qanday?
11. /-RNK nukleotidlarining 34% ni guanin, 18% ni uratsil, 28% ni sitozin, 
20% ni adenin tashkil etadi. Shu ma’lumotlardan foydalanib, RNK sintezida 
asos bo’lgan DNK ning qo’sh qavat spiralidagi azotli asoslar tarkibini 
aniqlang.
12.DNK molekulasining qo’sh qavat spiralida 
vertikal o’q bo’yicha joy­
lashgan qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 34x10" ga teng. 287 ta 
aminokislotadan iborat normal gemoglobin 
molekulasining biosintezida 
ishtirok etuvchi genning uzunligini toping.
13.1nsulin garmonini 
ß
zanjiridagi aminokislotalar fenilalanin - valin -
asparagin - glutamin kislota - gistidin - leysindan iborat. Ushbu oqsil 
to’g’risidagi axborotni saqlovchi DNK bosh tomonidagi nukleotidlar izchilligi 
qanday bo’ladi?
14. Genning m a’lum qismidagi nukleotidlar tubandagi izchillikda tuzilgan 
SGGSGUGUAAAAGSG. Ushbu gendagi axborot asosida sintezlanuvchi 
polipeptid zanjirini aniqlang.
15. Mabodo har nukleotid 3,4 A barobar bo’lsa, u holda 51 ta amino­
kislotadan tarkib topgan insulin sintezi uchun DNK zanjirining uzunligi necha 
angstremga teng ekanligini aniqlang.
16. Agar nukleotidlar AUG SUU AGG, SSU GGG AUU tartibda bo’lsa 
sintezlanadigan polipeptidda aminokislotalar izchilligi qanday bo’iadi?
17


17.0qsil molekulasi ayrim qismida prolin - valin - arginin - prolin - ley sin 
valin - arginin aminokislotalar izchilligi bo’lsa, ularni kodlovchi DNK 
nukleotidlar izchilligi qanday bo’ladi?
18.155 ta aminokislotadan iborat muskul oqsili mioglobinning bir zanjirini 
sintezlash uchun DNK molekulasining uzunligi qancha angstrem bo’ladi? 
(ikkita nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A ga teng)

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish