Masala va mashqlar yechish metodikasi
Masala
va mashqlar yechishda asosiy e’tibor xromosoma
aberratsiyasini topishga qaratilishi kerak. Chunonchi, bir gomologik
xromosomada genlar quyidagi tartibda;
1 2 3 4 5 6 7 8 9 joylashgan, boshqa gomologik xromosomada esa
12 3 4 / 6 7 8 9 tartibda joylashgan, deb faraz qilsak, ular orasida
konyugatsiya ro’y berishi uchun ikkinchi gomologik xromosomada
genlar qanday joylashishi kerak, degan mashq berilgan bo’lsa, u holda
mashqni quyidagi cha yechamiz:
1 2 3 4 5 6 7 8 9
1 2 3 4
6 7 8 9
Mustaqil yechish uchun masalalar
1 .Daun sindromi bor bolaning xromosomasi 47 ta emas, balki 46
ta. Kariotipni tekshirish 15 ta xromosoma normal xromosomaga
nisbatan uzun ekanligini ko’rsatdi. Kasai bolaning onasi va holasi,
buvisida 45 tadan xromosoma bo’lib (ular normal tuzilishga ega), 15-
xromosomasi uzun bo’lgan. Bu oilada kuzatilgan hodisani genetika
bo’yicha qanday tushuntirish mumkin?
2.0dam zigotasida 21-xromosoma 3 ta bo’lsa, undan Daun kasali
bor farzand tug’iladi. Agar shu xromosoma 1 ta bo’lsa, u nobud bo’ladi
va tabiiy abortga uchraydi. Ona 45 ta xromosomaga ega, chunki 21-
xromosomadan biri 15- xromosomaga kelib qo’shilgan. Ota 15-va 21-
juft normal xromosomaga ega. Bu ota-onadan qanday zigotalar hosil
bo’ladi va ulaming taqdiri qanday?
3.Makkajo’xorining ba’zilarida 4-va 5-xromosoma markaziy
hujayrada doira shaklida ko’rinadi. Xromosomalar konyugatsiyasining
bunday ko’rinishini qanday tushuntirish mumkin?
87
Genom mutatsiyalar. Poliploidiya
Xromosomalar gaploid to’plamining karra ortishi poliploidiya
deyiladi. Poliploidlar bir tur genomining karra ortishi hisobiga ro’y
bersa, avtopoliploidiya deyiladi. Turlararo duragay genomining karra
ortishi tufayli amalga oshsa, allopoliploidiya deb ataladi. Poliploidiyaga
misol qilib, bug’doyning 14,28,42 g ’o’zaning 26, 52 xromosomali
formalarini ko’rsatish mumkin. Odatda tetraploid formalaming poyasi
yo’g’on, bo’yi uzun, barglari yirik, ko’sak, boshoqlari, chigiti, chang
donachalari yirik ekanligi aniqlanadi. G ’o ’zaning 26 va 52 xromosomali
formalarining chang donachalarini okulyar yordamida ko’rib, bunga
ishonch hosil qilish mumkin.
Avtotetraploid AAaa genotipga ega bo’lgan forma o’z-o’zidan
changlanganda 3 xil gameta hosil qiladi:
1AA
4Aa
laa
1AA
1AAAA
4AAAa
lAAaa
4Aa
4AAAa
16AAaa
4Aaaaa
laa
lAAaa
4Aaaa
laaaa
Oqibatda to ’liq dominantlik ro’y bersa, 35 ta dominant, 1 ta retsessiv
forma hosil bo’ladi. Bangidevona o ’simligining qizil va oq gultojibargli
formalari chatishtirilganda shunday natija kuzatilgan. Agar belgining
vujudga kelishi A genning miqdoriga bog’liq bo’lsa, u holda 1:8:18:8:1
nisbatda ajralish ro ’y beradi.
M ustaqil yechish uchun m asalalar
1 .Quyidagicha
triploidlar— AAa, Aaa qanday gametalar hosil
qilishini aniqlang.
2.Agar 18 va 24 xromosomali formalar o’zaro chatishtirilsa, nasi
beradigan duragayning xromosomalari soni qancha bo’lishini toping.
3.AAaa genotipli qizil gulli beda aaaa genotipli oq gulli formasi
bilan chatishtirilsa, F| ning fenotipi vagenotipi qanday bo’ladi?
4.Pppp (P - gulning rangini, p— rangsizligini ifodalaydi)
genotipga ega o ’simlik o’zidan changlansa, F, da gulning rangi qanday
bo’ladi?
5.Pomidoming qizil mevali tetraploid formasini sariq mevali
formasi bilan chatishtirish oqibatida 50% qizil, 50% sariq mevali
o ’simliklar hosil bo’lgan. Ona o ’simlikning genotipini aniqlang.
6.Qand lavlagi xromosomalarining diploid nabori 18. Xromoso-
malaming asosiy
soniga asoslanib triploid, tetraploid, pentaploid,
geksaploid formalar hosil qiling.
7.Javdaming Cho’lpon navida HL gen poyaning qisqaligini, hi
gen uzunligini ta ’minlaydi, HLHLhlhl genotipga ega tetraploid javdar
o’zidan changlanganda 280 ta duragay hosil bo’ldi:
a)ota-ona o ’simliklar necha xil gameta hosil qiladi?
b)duragay o ’simliklar necha xil genotipga ega bo’Iadi?
v)ulardan nechtasi kalta poyali bo’lib, kelgusida ajralmaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |