O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov, M. S. Saidova



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/118
Sana31.05.2022
Hajmi12,47 Mb.
#621800
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118
Bog'liq
Metallarresiklingidarslik

5.8-rasm. Yoyli elektropech 
Yoyli po‘lat eritish pechlarini texnika iqtisodiy ko‘rsatkichlari 5.6-jadvalda 
keltirilgan. Bunday pechlar yuqori qismidan yuklanadi. Buning uchun usti maxsus 
moslama bilan ko‘tariladi va yon tomonga olinadi. 
Yoyli elektropechlarni sig‘imi 1,5; 2; 3 va 5 t li bo‘ladi. Pechlar maxsus 
fundamentlarga o‘rnatiladi. Pechlarda elektrodlar elektromashina regulyatorlari 
yordamida avtomatik boshqariladi.


135 
5.6-jadval. 
Yoyli elektr po‘lat eritish pechlarini texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
Ko‘rsatkichlar 
DSP-1,5 
DSP-3 
DS-5 
Nominal sig‘imi, t 
1,5 
3,0 
5,0 
Ichki kojuxi (qoplamasi) ning diametri, 
mm 
2400 
2764 
Transformator kuvvati, kVa 
1000 
1800 
2800 
Pechni maksimal toki, A
2600 
4250 
5600 
Grafitlangan elektrodlarni diametri, mm 
150 
200 
300 
Elektrodlarni diametri, mm 
520 
700 
800 
Elektrodlarni almashinish tezligi, m/min 
1,18 
1,22 
1,05 
Ishchi oynaning o‘lchami, mm 
360x520 
650x500 
650x500 
Sovutuvchi suvning sarfi, m
3
/g 


10 
Massasi, t 
14 
35,5 
45 
Elektropechlardan metall maxsus teshiklardan cho‘michlar (kovsh) ga tarnov 
(jelob) orqali oqiziladi. Cho‘michlarning sig‘imi unga solinadigan shlakni 
miqdoriga qarab o‘lchanadi. Cho‘michlarni sig‘imi unga solinadigan shlakni 
miqdoriga qarab o‘lchanadi:
Cho‘michni nominal 
sig‘imi, t: 
1,0; 2,0; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0; 10,0 
Shlakni miqdori, t: 0,1; 0,2; 0,25; 0,3; 0,4; 0,45; 0,6; 0,75 
Cho‘michlarning ichki qismi shmotli g‘ishtlar bilan qoplanadi. Legirlangan 
metallarni qirindilarini eritish texnologiyasi juda oddiy. Eritish uchun 
mo‘ljallangan qirindilar laboratoriyada kimyoviy tarkibi tekshiriladi, guruhi va 
markasi aniqlangandan keyin, elektropechda eritishga jo‘natiladi. 
Elektropechlarda eritish 4 ta asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
1)
qirindilar qo‘l kuchi bilan pechning pastki va yon qismlariga yuklash;


136 
2)
qirindilarni eritish va qo‘shimcha yuklash;
3)
talab qilingan haroratga etkazish va shlakdagi qisman erigan legirlangan 
elementlarni tiklash; 
4)
metallni chiqarish va quyish. 
Legirlangan shixta qo‘ymalarni tayyorlashga va qirindilarni eritishga bir 
qancha quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1)
qirindilarni tarkibida rangli metallar va portlash xavfi bor predmetlar 
bo‘lmasligi kerak; 
2)
bir guruh yoki markadagi po‘lat bo‘lishi kerak; 
3)
o‘ramsimon qirindilar maydalangan, uzunligi 100 mm dan oshmasligi kerak. 
Agar eritishda ferroqotishmalar va yuqori legirlangan qirindilar qo‘llansa, toblash 
600
0
C dan kam bo‘lmagan xaroratda olib boriladi. Bunday eritish jarayonida yangi 
kuydirilgan va toblangan oxak ishlatish talab qilinadi. 
4) eritish uchun ishlatiladigan kukunsimon materiallarni zarrachalarini yirikligi 
1 mmdan bo‘lak-bo‘lak materiallar 50 mmdan oshmasligi kerak.
Eritish normal borishi, pechni eritishga tayyorlashga bog‘liq. Eritish 
tugagandan so‘ng, pech ichi metall va shlak qoldiqlaridan tozalanadi. Magnezitli 
va dolomitli (issiqlikka chidamli tog‘ jinsi) kukunlar devorlarga surtiladi. 
Bog‘lovchilar biriktiruvchi sifatida suyuq oyna (natriy silikati – Na
2
O (SiO
2
)), 
smola, izolyasiyalovchi toshko‘mirli pek (pek - toshko‘mir, torf va neft 
qatronlarini qizdirib haydash jarayonida uchmay qolgan qoldiq, u qattiq yoki 
qovushqoq, ora rangli amorf modda) ishlatiladi. Pechni osti metall va shalk 
qoldiqlaridan tozalangan so‘ng, kvarsli qum, metall kuyindisi, metall to‘poni yoki 
maydalangan ferrosilitsiy to‘shaladi. Pechda eritish boshlashdan oldin, past 
haroratda qizdirib olish va suv bilan sovitish sistemasini ishlatishni tekshirish 
kerak. Bundan tashqari elektrodlar ham tekshirilishi kerak. Elektrodlar darz 
ketmagan va ularga kuyindilar yopishmagan bo‘lishi kerak. 
Metallni uglerod va gazli to‘yinishini oldini olish uchun, yuqori legirlangan 
qirindilar, oxak yoki shamot siniqlari bilan 5:2 miqdorda aralashtiriladi. Shlakni 
suyuqlashtirish uchun eruvchi shpat ishlatiladi. Shlak hosil qiluvchi materiallar 


137 
shixtani 4-6 foizini tashkil qilishi va buni 2-3 foizi erish paytida pechga solinadi. 
Metall butunlay erigandan so‘ng tekshiriladi. Kerakli tarkibli metall 
olingandan so‘ng cho‘yanli qoliplarga chiqariladi. Koliplarni ichki qismi 120
0

haroratli qizdirilgan, ichki tekis va kuzbass lak yoki ohakli sut surtilgan bo‘lishi 
kerak. Metall chiqarilishidan oldin, qolip ichiga birka (raqam) qo‘yiladi. Tayyor 
bo‘lgan legirlangan shixta quymalari qoliplarda sovitiladi. Quymalarni massasi 
500, 1000 kg bo‘lishi kerak. 

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish