4.MIKLUXO-MAKLAYNING
YANGI
GVINIYA
VA
AVSTRALIYADAGI
FAOLIYATI.VA
BOSHQA
SAYYOHLARNING KASHFIYOTLARI
11-Rasm Mikluxo-Maklayning surati.
Mikluxo - Maklay 1846-yil 5-iyulda Novgorod guberniyasining
Borovichi Borovichi shahri yaqinidagi Rojdestvenskoye qishlog'ida
tug'ilgan . Sayyohning familiyasi Mikluxa va unga Maklay qo`shimchasi
uning Yangi Gvineyaga qilgan safarlaridan keyin qo`shilgan.1871-yil
sentyabrda Maklay umumiy maydoni 785 ming kv.km bo`lgan Yangi
Gvineya orolining shimoli-sharqiy qirg'og'idagi Astrolyabiya buxtasiga
kelib tushib , ikki hamrohi bilan chaylada yashay boshlagan Olim
birinchi bor kelib tushgan ushbu qirg'oq
rus tilidagi manbalarda
Maklay qirg'ogi deb ataladi .
23
Mikluxo - Maklay Yangi Gvineyaning mahalliy aholisi bo'lgan papuaslar
tomonidan sovuq qarshi olingan . Sayyohning yozishicha , " papuaslar turli
ishoralar bilan oroldan ketishni talab qilishardi va shu darajaga yetib borar ediki
, ular har kuni o`tadigan yoy o`qi mening yonginamdan o'tib ketar edi » . Ammo
ko'p o'tmay
papuaslar sayyoh , bilan inoqlashib qolishgan . Papuaslar 1872 -
yilning dekabrda Maklayni olib ketishga kelgan rus harbiy kemasiga sayyohni
chiqishga quyishmay , unga o`zlarining do`stliklari haqida ta'kidlab , olimni Yangi
Gvineyada doimiy yashab qolishga undashgan . Hatto , unga yangi uy qurib berib
, xohlagan papuas qizga uylantirib quyishni va'da qilishgan . Ammo sayyoh
papuaslarga , albatta , qaytib kelishga va'da berib ,
vataniga jo
’
nab ketgan .
Oʻzining papuaslar bilan o`rnatgan do'stona aloqalari sababi haqida Maklay
shunday yozgan : « Xulosa shundan iboratki , yovvoyi odamlar bilan muloqotda
eng birinchi navbatda o'zini tuta olish va sabr - toqat talab etiladi » . Maklayning
papuas
larga bo'lgan ochiq do'stona munosabati mahalliy aborigenlarni oʻziga
rom etgan va ular olimni o'zlarining tilida « kaaram - tamo » « Oydan kelgan
odam » , deb atashgan . Sayyohning vatani Rossiya esa papuaslar nazdida Oyda
joylashgan mamlakat edi . Papuaslar bilan o'tkazgan yillari Mikluxo Maklayga
ko`p
narsa berdi , jumladan , o'rgangan mahalliy aholining muloqot vositasi
melaneziya papuaslari tili olimning safar hisoboti orqali butun Yevropa faniga
ma'lum boʻldi . Papuaslar olimning familiyasi
- Mikluxoni aytishda qiynalishgani
uchun uni o`z ta laffuzlariga moslab « Maklay » deb atashgan .
Ana shuning
uchun ham olim papuaslarga nisbatan bo'lgan cheksiz hurmat sababli
keyinchalik o`z familiyasiga ushbu qo'shimchani qoshib ishlatgan . Maklay
nafaqat mahalli
y aholi tilini yaxshi oʻzlashtirib olish va ular bilan xushmuomala
bolish , balki papuaslarning hayotida ham faol ishtirok etish bilan ham ularning
hurmatini qozongan . Turli urushlar payti yoki papuaslar ovga ketganda yosh
bolalarga qarab turishni olimga ishonib topshirib ketardilar .
Olimning usta
diplomatligi papuaslarning turli guruhlari o'rtasida vaqti - vaqti bilan yuz berib
turadigan urushlarning oldini olishga ham yordam bera olgan.Mikluxo - Maklay
Yangi Gvineyaga hammasi boʻlib besh marta safar qil
gan va olim haqida orolning
aholisi o'rtasida « Oydan kelgan odam » kabi turli rivoyatlar tarqalib ulgurgan edi
. Sayyoh , orolning qayerida bo'lmasin , hamisha papuaslarning oʻziga nisbatan
do'stona munosabatini his etgan..1879-1880 - yillarda Maklay Melaneziya
orollariga ,jumladan Yangi Kaledoniya oroliga ekspe-
24
peditsiya uyushtirdi va bu orada Yangi Gvineyada yana bir marta bo'ldi . Maklay
papuaslarning yevropalik tredorlar ( qul savdosi bilan shug`ullanuvchilar )
tomonidan boshqa mustamlakalarga qul qilib sotib yuborilishiga va mahalliy
aholini turli yollar bilan boshqa yerlarga ko'chishga undaydigan missionerlarga
qarshi ko`rashishga harakat qilgan . Ammo bu jarayon shu darajada ildiz otgan
ediki , uni to xtatishga birgina Maklayning sa'y - harakati kamlik qilardi . Mikluxo
- Maklayning Tinch okeani bo'ylab amalga
oshirgan sayohatlari uning
antropologik tadqiqotlari uchun mustahkam zamin yaratgan . Uzoq safarlari
davomida Maklay bir necha bor Avstraliyaning Sidney shahriga dam olish kelgan
va shu yerda 1884 - yildaMargarita Robertson ismli ayolga uylangan . Uning ikki
o
’
gli - Aleksandr - Nils va Vladimir
–
Ollan bo'lgan . 1887 - yilning may oyida
holdan toygan Mikluxo - Maklay o`zining oxirgi safaridan
Peterburgga qaytib
kelgan va shu yerda 42 yoshida 1888 - yilning 14 - aprelida vafot etgan . Olimning
vafotidan so`ng rafiqasi va ikki o'g'li Avstraliyaga qaytib ketishgan va umrlarining
oxirigacha Sidneyda yashashgan .
Do'stlaringiz bilan baham: