O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oya va mafkuraning roli.
Reja:
1. Milliy g'oyaning bosh maqsadi.
2. Milliy g'oya va o'zlikni anglash omili.
"G‘oya” tushunchasi malumki, inson o‘zinnig aql-zakovati iymon-e iqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir. Mafkura esa muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir. Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va talimotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, tasirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr maosini anglatadi.
Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil manoda ishlatiladi:
- G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.
- Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.
G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.
Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Malum manoda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi. Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.
- Ilmiy g‘oyalar;
- Falsafiy g‘oyalar;
- Diniy g‘oyalar;
- Badiiy g‘oyalar;
- Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;
- Milliy g‘oyalar;
- Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.
Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.
Milliy g‘oya. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shunday ekan milliy g‘oyaning o‘zi nima?
Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi. Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak. U yoki bu g‘oyaning illiy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin. Tom manoda milliy g‘oya oxir oqibat ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdirligicha tasir qiladi. Shu manoda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo‘lgan g‘aolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g‘oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, “Manfaatli hamkorlik” g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o‘z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o‘zlarini tashkil etadigan,o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.
Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi:
- odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;
- shu g‘oyani atrofida uyushtirish;
- kishilarni manaviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;
- g‘oyaviy tarbiyalash;
- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
- harakat dasturi bo‘lish.
Malakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.
regulativ kommunikativ
tarbiyaviy
bilish g‘oyaviy bandlik
normativ qadriyatli himoya safarbar etish, yo‘naltirish.
Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo‘shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o‘zining eng sevimli tulporini bizga inom qilmasa, yurtinigga urush elon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, dea buyruq qilibdi. Shu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so‘ng o‘sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo‘lida kanizagini ham xada qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “Shohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo‘shni podsho o‘sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “Yo‘q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo‘lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o‘tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug‘ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o‘zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to‘g‘ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko‘rinib turibdiki har bir qarichni ezozlash falsafasining ildizi mujassamdir. Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka davat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag‘ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir. Istiqlol g‘oyasining xalqimiz qalbiga yo‘l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo‘yiladigan asosiy maqsaddir. Shuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg‘or g‘oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko‘rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko‘rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O‘zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko‘p jihatdanxalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog‘li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog‘liq. Prezident Islom Kariov takidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo‘lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi. Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi biron-bir jamiyat ezgu g‘oyalar va mafkurasiz taraqqiy eta olmasligini tasdiqlab kelmoqda. Zero, odamning qalbi, ongi, ruhi va shuuri ko‘pdan-ko‘p savollarga javob bo‘ladigan, doimiy faoliyatga undab turadigan hayotbaxsh g‘oyaga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi. Bu esa o‘z navbatida, “...o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq.... o‘ziga qo‘shimcha kuch-quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo‘lgan milliy g‘oyani tayanch va suanch deb biladi “– degan fikrning qanchalik hayotiy ekanligini isbotlaydii Demak, milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatini bugun har birimiz chuqur anglashimiz barobarida, yuksak e'tiqod bilan amaliy faoliyatimizdagi ifodasini ta'minlab bera olishimiz zarur. Chunki har bir millat, davlat, jamiyat va insonning o‘zligini anglashi va taraqqiyotga erishishi milliy g‘oyaning hayotiyligi hamda amaliyotda to‘laligicha aks etishiga bog‘liq. Xo‘sh, o‘zligimizni anglashning va taraqqiyotimizning kafolati hisoblanadigan milliy g‘oya o‘zi nima? Ushbu savolga lug‘atlarda shunday ta'riflar keltirilgan. Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli Milliy g‘oya – muayan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui.
Milliy g‘oya – millatni, xalqni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi ulug‘vor fikrdir
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz tomonidan milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, mezon va xususiyatlari belgilab olindi. Xususan, milliy g‘oyaga Prezident I.A Karimov quyidagicha ta'rif beradi: “Milliy g‘oya deganda ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan ta'bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Ushbu ta'riflardan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy g‘oya o‘zlikni anglash va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotni ta'minlovchi milliy omil sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zlikni anglashning eng muhim omili milliy g‘oya hisoblanadi. Ushbu fikrimizni asoslashdan oldin “o‘zlikni anglash” tushunchasi mazmunini bilib olish zarur. Ilmiy adabiyotlarda “o‘zlikni anglash” tushunchasining ham bir qancha talqini uchraydi. Masalan ““o‘zlikni anglash – insoning o‘zini alohida vujud sifatida butun borliqdan ajrata bilishi, baholashi va qadriyat sifatida anglashini ifodalovchi tushuncha. O‘zlikni anglash jamiyat oldida turgan vazifalarni to‘g‘ri anglash, ijtimoiy tajribalardan foydalanish qonuniyatlarini bilish, Vatan, millat oldidagi mas'uliyat tuyg‘usi hamdir. O‘zlikni anglash mudom tarixiy rivojlanib boradigan shakl va ko‘rinishlarda, turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Uning birinchi shaklida inson his etish orqali o‘zini tabiatdan, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan ajrata biladi. O‘zlikni anlashning ikkinchi shakli yanada yuqori darajada namoyon bo‘lib, unda inson o‘zini biror-bir jamoa, u yoki bu madaniyatga tegishli ekanligi orqali anglaydi. Va nihoyat, uchinchi, eng yuqori daraja – o‘zini “men” orqali boshqalar nuqtai nazaridan baholashi, erkinligini his etgan holda har bir xatti-harakatiga bo‘lgan mas'uliyatni his etishi, o‘zi qilayotgan ishlarining to‘g‘ri-noto‘g‘riligi, haq yoki nohaqligini nazorat qila bilishidir.” Siyosiy fanlar doktori V.Qo‘chqorov “o‘zlikni anglash” tushunchasi bilan “milliy o‘zlikni anglash” tushunchalarining ma'no-mazmunini taqlil etadi va quyidagicha izohlaydi: “O‘zlikni anglash kishining borliqda o‘z o‘rnini bilishi, ijtimoiy munosabatlarda o‘z “men”i va hayotiy maqsadlarini boshqa “men”lar hamda ularning hayotiy maqsadlari bilan munosabatida namoyon bo‘ladigan individual jihatlarining idrok etilishi sifatida qaraladi. O‘zlikni anglashning muayan darajasi milliy o‘zlikni anglashdir. Milliy o‘zlikni anglash – millat va har bir millat vakilining umumiy madaniy negizga, til, madaniyat, tarixiy meros, ruhiyatga, urf – odat va an'analarga mansubligini va o‘z o‘rnini idrok etishdir
Do'stlaringiz bilan baham: |