15
odam hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm: «ba’zi metallar suvdan
og‘irroq». Umumiy hukm: «suyuqlikdagi har bir
jismga u siqib chiqargan
suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi».
Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta
bo‘lishi mumkin. Chin hukm jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda
mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «massa – inertlik o‘lchovi» chin
hukmdir. Xato hukm ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan
aloqani ifodalaydi, masalan: «barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas».
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur
shakli xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich
hukmlar xulosa dalillari deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning
yonuvchanligi
ma’lum, va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning
yonuvchanligi» haqida xulosa yasash mumkin.
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli sillogizm hisoblanadi. Masalan:
«barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay –
elektr tokini o‘tkazadi».
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan
foydalanadi. Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib
chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish
asosida umumiy qoidalar va
qonunlar o‘rnatish usuli.
Deduksiya – bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib
chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni
bilish.
Agar hayot va amaliyot davomida odam yangi maqsad, yangi muammo, yangicha
ahvol va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo`lsa, odamda dastlab tafakkur qilishga
zaruriyat tug`iladi. Tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir.
Oddiy eski usullar bilan vazifa hal qilinganda tafakkur talab qilinmaydi. Masalan,
2Q2q4 muammoli vaziyat bilan masalani farq qilish zarur. Muammoli vaziyatning
odamlar faoliyati davomida kutilmagan, qandaydir tushunib bo`lmaydigan narsaga,
noma`lum tashvishli narsalarga duch kelib qoladi. Muammoli vaziyatni tahlil qilish
natijasida masala paydo bo`ladi va tarkib topadi. Masalani yuzaga kelish
muammosi vaziyatdan farq qilib, garchi oldindan bo`lsa ham mazkur (ma`lum) va
noma`lum qidiralayotgan narsani taxminan bo`laklarga bo`lish masalaning shartida
ifodalanadi. Masalan, o`quv masalasida uning asosiy sharti hamda talablar
(savollar) mavjud bo`ladi.
Ayrim kishilarning tafakkuri o'zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi
jihatidan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatidan turli hollarda turlicha
namoyon bo’ladi. Bular tafakkurning sifatini tashkil qiluchi belgilardir.
16
Tafakkurning mazmundorligi, avvalo, u yoki bu narsalar yoki hodisalar
to’g’risidagi, voqelikning u yoki bu sohalari to’g’risidagi muhokamalar va
tushunchalar odamning ongida qanchalik o’rin olganligidan kelib chiqadi. Odamda
fikr nechog’li ko`p bo’lsa va bu fikrlar nechog’li xilma-xil bo'lsa, uning tafakkuri
shu qadar mazmunli bo'ladi, uning aqli shu qadar boy bo'ladi. Lekin tafakkurning
mazmundorligi mavjud fikrlarning miqdori bilangina belgilanmaydi, tafakkurning
mazmundorligi shu fikrlarda
nimalar aks ettirilganligi bilan ham belgilanadi. Shu sababli tafakkur faqat boy
bo’lgailidagina emas, shu bilan birga, u ham chuqur bo'lganida, bunday tafakkur
mazmundor tafakkur deb hisoblanadi.
Voqelikning eng muhim, xossalari va sifatlari, eng muhim bog’lanishlari va
munosabatlari tafakkurda aks etganida bunday tafakkur chuqur tafakkur
deyiladi.
Tafakkurning mazmundorligi (boyligi va chuqurligi) odamning faoliytiga, bilimiga
va tajribasiga, odamda xayolning qay darajada rivoilangainligiga va odamda
qiziqish, havaslarning borligiga bog'liqdir
Aqlning tanqidjyligi o'zining-yoki o’zgalarning fikrlarini haqiqatga mos bo'lish-
bo'lmaslik
jihatidan tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera bilishda
ifodalanadi. Aqlning tanqidiyligi aytilgan fikrlarning turmush uchun amaliy
qiymatini aniqlay bilishda ham ifodalanadi. Aqlining «tarnqidiyligi» odamning o`z
fikrlariga va o'zganing fikrlariga tanqidiy nazar bilan qarashi demakdir.
Fikrlash vazifalari boshqa kishilar tomonidan qo’yilganidagina va qo'yilgan
vazifalar faqat tayyor shakllarga asoslanib va boshqa kishilarning bevosita yordami
bilan hal qilinayotganiqagina ozmi-ko'qmi faol ravishda ishga solingan tafakkur
nomustaqil tafakkurdir.
Tafakkurning mustaqilligilli uning boshqa kishilarning tafakkuridan to'la ravishda
mustaqil va ajralgan tafakkur tariqasida tushunish yaramaydi, albatta.
Tafakkurning mustaqilligi haqiqatga olib kelganidagina, odam o'zining
fikrlash faoliyatida ilmiy asoslarga, progressiv tashabbuslarning hammasiga
tayangandagina bunday mustaqillik qimmatga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: