1.2. Tafakkur operatsiyalari va qonuniyatlari.
Fikrlash jarayonida inson atrof
olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash
operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash,abstraksiya va
umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz – bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar,
munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va
boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga
kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‘ladi.
Sintez – bu
qismlar,
xossalar,
harakatlarni
fikran
yaxlitlikka
birlashtirish. Xuddi shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning
hammasini o‘qib chiqadi, so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni
ajratadi, ya’ni matnni tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez
operatsiyasi bo‘ladi.
Taqqoslash – bu
jism
va
hodisalar,
yoki
ularning
alohida
belgilari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir
tomonlama (chala) va ko‘p tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va
vositali bo‘lishi mumkin.
Umumlashtirish – jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli
belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va
13
h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona
tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida,
tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish
murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Abstraksiya – bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va
belgilarini fikran ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan
ayro holatda ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z
yuritganimizda, biror-bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir
insonning muhim xususiyati sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil
natijasida amalga oshiriladi. Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik,
miqdor, narx va boshqa tushunchalar yuzaga kelgan.
Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga
fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida,
nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Jism
va
hodisalarni
tizimlashtirish yoki tasniflash ularni
bir-biriga
o‘xshashlik yoki farqlari asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni
o‘zlashtirish, intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish
mumkin.
Tafakkur quyidagi asosiy qonuniyatlarga bo‘linadi:
1. Tafakkur muammoni
hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga
keladi; muammoli vaziyat yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich
ma’lumotning taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur
bo‘lgan ma’lum bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan
xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati sintez orqali
tahlil qilish: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda
yangi
xossalarni
ajratish
hisoblanadi; shunday
qilib, «ob’ektdan,
yangi
mazmun yig‘ib olinadi, u har safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek
bo‘ladi, unda yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi» (s.l. rubinshteyn).
3. Tafakkurning asoslanganligi: har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi
dalillar va hodisalar asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir
bo‘lmaydi. Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro
bog‘langan bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir
xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
4. Selektivlik (lot. – tanlash, tanlanish) – ma’lum vaziyat uchun zarur
bo‘lgan bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab
o‘tgan holda ularni muammoni hal etishga safarbar qilish.
5. Antitsipatsiya (lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra
bilish, oldindan sezishni bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish,
14
ularning natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini
tasavvur qilish qobiliyatiga ega.
6. Tafakkur refleksivligi. Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida
bo‘ladi, o‘z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash
mezonlarini ishlab chiqadi. Refleksiya deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan
birga muloqotda bo‘ladigan sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |