KIRISH
MAVZUNING DOLZARBLIGI:
: Bugun biz tarixiy bir davr – xalqimiz o’z oldiga
ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z
kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida
ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Biz o’z taqdirimizni
o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan
davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, tafakkurimizni ishga solib mana shunday
oliyjanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan
ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan
yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini
aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. Bugungi kunda yosh
avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning ishonchli
va intellektual salohiyatli fuqarolari qilib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb
vazifasi bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim
siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar
qilib tarbiyalashdir. Albatta shuni alohida takidlash joizki, har birimizning o’tkir
zehnimiz, har bir detalga e’tibir qaratib har bir predmetni tafakkur qilishimiz bunda
bizga qo’l qanot bo’ladi. Albatta barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o’z
vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek, jamiyatning
iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan, qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan
Shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Ta’kidlash joizki, har qanday
jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta’lim olishiga va qay tarzda
tarbiyalanishiga bog’liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat
ahamiyatiga molik vazifalarni bajarishga qodir bo’lib, o’z xalqining tarixiy taqdirini
belgilab oladi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti quyidagi fikrlarini
ta’kidlab o’tish joiz: “Biz ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugun
zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb
bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda Abdurauf Fitrat bobomizning 4 mana
shu fikriga har birimiz ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’ilqizlarimiz amal
qilishlarini men juda-juda istardim. Mana ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar:
“Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib, izzat-
hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini
tortishi, e’tibordan qolib o’zgalarga tobe va qul asir bo’lishi uning o’z ota-onalaridan
bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”. Darhaqiqat, ushbu ma’nola so’zlarning tak
zamirini ifoda etish ham tafakkurga borib taqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |