Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Axloqiy qadriyatlar 
majmuasi odamzodning ma‘naviy boyligini, ruhiy 
teranligini, komilligini bilish, ha‘lollik va adolat, ezgulik va yaxshilik bilan 
hayot kechirish kabi oliyjanob umuminsoniy va milliy xislat–fazilat, ongu 
tafakkur, xulq–odob, faoliyat, inson va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarning 
mantiqiy ifodasi, desak xato boʻlmaydi. Axloqiy qadriyatlar ata‘masi axloqiy 
xislat, fazilat va xususiyatlarda ifoda qilinadi. Ammo axloqning hamma 
qirralari, mazmun–mohiyati, jamiyat, millat va fuqarolarning ijtimoiy 
hayotda namoyon boʻlish shakli va tamoyillari, axloqiy qadriyatlar tizimida 
muayyan darajada ifodalanadi. Axloqiy qadriyatlar axloqiy qoida, me‘yor, 
ideal va maqsadlarni baholash mezoni va usullarni ham oʻzida aks ettiradi. 
Ular ezgulik, yaxshilik, adolat, daxldorlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat, 
saxovat, ishonch, or-nomus, vijdon, baxt, burch, mehnatsevarlik, 
yurtparvarlik, sadoqat, jasorat, kamtarlik, ha‘lollik kabi fazilatlar shaklida 
namoyon boʻladi. 
Axloqiy qadriyatlar tabiat hamda inson, jamiyat va milliy– elatlarning 
ijtimoiy hayotidagi jarayon, voqealik hodisalarga xos axloqiy munosabatlarni 
ham oʻz ichiga qamrab olgan. Axloqiy qadriyat umuminsoniy xususiyatga 
ega boʻlish bilan birga millat xususiyatlarga ham boydir. ayniiqsa, qadriyat 


491 
umuminsoniy xususiyatga ega boʻlish bilan birga milliy xususiyatlarga 
oʻzining mazmun–mohiyati, mavqei, jamiyat va inson kamolidagi ahamiyati 
va betakrorligi, serqirra va sermazmunligi bilan millatimiz mentalitetiga xos 
va ma‘naviyatimizga mos hamda hayotimizning uzviy bir qismi, Ya‘ni 
ma‘naviy hayotimizning negizi sifatida ajralib turadi. 
Axloqiy qadriyatlarning tub ma‘nosi har bir jamiyatga adolat, 
birdamlik, ezgulik, mustaqillik, tenglik va erkinlik imkoniyat asosida komil, 
etuk va mukammal insonni kamol toptirishga qaratilgan. Mustaqil 
yurtimizda yuz berayotgan sa‘lohiyatli iqtisodiyotni barpo etish, kuchli 
davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtish, xuquqiy va ijtimoiy 
munosabatlarni yangilash, ijtimoiy–mafkuraviy va ma‘naviy–axloqiy muhitni 
sogʻlomlashtirish, fuqarolarda fikr erkinligi, tafakkur teranligi, Vatanga 
sadoqat, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik, kasbkorlik, odob va madaniyatni 
yuksaltirish, mulkdorlik sinfini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar muhim 
zamin va omil boʻladi va boʻlmoqda. 
Axloqiy qadriyatlar turli xalqlarning madaniyati, turmush tarzi, mehnat 
faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, e‘tiqodi, psixologiyasi, diniy 
qarashlari, milliy manfaatlari, mafkurasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Bu 
esa axloqiy qadriyatlar milliy, mintaqaviy qiyofa kasb etishiga sabab boʻladi. 
Shuning uchun, turli xalqlarda axloqiy qadriyatlarga, ularni belgilash 
mezonlariga yondoshish, ularga amal qilish darajasi ham aynan bir xil 
boʻlmaydi. Axloqiy qadriyatlarning milliy jihatlari ana shu tariqa shakllanadi. 
Har bir millat oʻz qadriyatlarining nafaqat yaratuvchisi, balki asrab-
avaylovchisi va kelajak avlodlarga etkazuvchisi hamdir. Milliy axloqiy 
qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning oʻzi mas‘uldir. Ushbu 
mas‘ullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan axloqiy burchning 
alohida shaxslarga emas, butun millatga xos namoyon boʻlishini anglatadi. 
Hatto musta‘mlakachilik sharoitida yashagan xalqlarda ham milliy axloqiy 
qadriyatlar butunlay yoʻqolib ketmaydi.
Axloq tufayli xalqlar, elatlar, millatlar bir-birlari bilan aloqada boʻlib, 
fikr almashib, oʻzlariga xos, manfaatlariga mos keladigan umuminsoniy 
axloqiy qadriyatlarni ishlab chiqadilar hamda ularga ogʻishmay amal qilishni 
yoʻlga qoʻyadilar. Kishilik jamiyati paydo boʻlgandan boshlab odamlar 
oʻrtasida vujudga kelgan axloqiy munosabatlar hayot chigʻriqlaridan qayta-
qayta oʻtib, axloqiy amaliyotda oʻz tasdigʻini topib inson va jamiyat uchun 
nihoyatda ijtimoiy ahamiyat kasb etib eng qadrlanadigan narsa-axloqiy 
fazilatga aylanib borgan. Ana shu axloqiy fazilat, sifatlar asta-sekinlik bilan 
kishilar hayotida axloqiy qadriyat maqomini olgan.
Axloqning kelib chiqishi, jamiyat hayotida tutgan oʻrni, bajaradigan 
funksiyalari hamda qadriyatlarni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqotlardan 
kelib chiqqan holda ―axloqiy qadriyatlar‖ tushunchasiga quyidagicha ta‘rif 
berish mumkin. Axloqiy qadriyatlar deb, har bir kishi, millat, elat, xalqning 


492 
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‘naviy-madaniy, kundalik maishiy turmush 
faoliyatida nisbatan turgʻun, barqarorlik kasb etib oʻzligini bildirib, namoyon 
etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan 
axloqiy sifat va fazilatlarining muayyan tizimiga aytiladi.
Axloqiy qadriyatlar sirasiga insonparvarlik, adolat, qonuniylik, 
vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, ha‘lollik 
va rostgoʻylik, ochiq koʻngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, oʻzaro 
hurmat, doʻstona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, 
homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, 
sihat-sa‘lomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. Axloqiy qadriyatlarga rioya 
qilishni har bir shaxs oʻzidan boshlashi kerak. Eng asosiysi jamiyatda bor 
axloqiy qadriyatlarni bilish emas, balki ularga amal qilishdir. Har bir 
shaxsning oʻzi uchungina alohida axloq boʻlmaydi. Buni anglamagan odam 
boshqalar rioya qilayotgan axloq me‘yorlari bilan hisoblashishni oʻzi uchun 
majburiy, deb bilmaydi. Axloq mezonlarini faqat ―men‖ bilan bogʻlashning 
oʻzi axloqsizlikdir. 
Axloq
- odamlar oʻrtasidagi munosabatlarni belgilovchi 
ma‘naviy mezon ekan, demak, 
axloqlilik
- shaxs faoliyatining jamoatchilik 
belgilagan ma‘naviy mezonlariga mos kelishidir.
Axloqiy qadriyatlarning tabiatini quyidagi tasnifga koʻra izohlash 
mumkin: Birinchidan, axloqiy qadriyat shaxsning qilgan har qanday hatti-
harakati emas, balki, har tomonlama oʻylab ongli ravishda sodir etadigan 
yoki sodir etgan ijobiy axloqiy hatti-harakatidir. Aniqrogʻi, axloqiy qadriyat 
bu ideallik va reallikning dialektik birligidir, yuksak orzu va unga mos 
keluvchi aniq hatti-harakatlarni oʻzida aks ettirgan ijtimoiy-axloqiy 
munosabatlar tizimidir. Masalan, baxtli hayot kechirish har bir insonning 
hayot mazmunini tashkil etuvchi yuksak orzusi boʻlsa, unga erishish uchun 
sodir etayogan aniq axloqiy hatti-harakati, Ya‘ni mehnatsevarligi, insoniyligi, 
sabr-qanoati bu reallikdir. Baxt- insonning yurish turishi, turmush sharoitlari 
jamiyatdagi oʻrniga berilgan axloqiy bahodir. Insonning hayotda baxtga 
erisha olishining asosiy sharti bu axloqiy etuklikdir. Axloq-inson qalbidan 
chiqayotgan nurga qiyoslanar ekan, baxtni ham ana shu nurga oʻxshatish 
mumkin. Bu nur ba‘zilarda juda ravsha‘n, yorugʻ boʻlsa, ba‘zilarda xira 
boʻladi. Ba‘zilarda esa, umuman sezilmaydi. Baxtning mazmuni insonning 
shaxsiy hayoti doirasi bilangina belgilanmaydi. Baxt odamlar oʻrtasidagi 
munosabatlar asosida belgilanadi. Agar inson faqat oʻz shaxsiy manfaatlarini 
oʻylab, boshqalar bilan adolat, iymon, insof bilan munosabatda boʻla olmasa, 
u insonni baxtli deb ayta olmaymiz. Baxt har bir insonning shaxsiy hayotiga 
daxldor boʻlsa ham, uning mezonlarini jamiyat, jamoatchilik belgilaydi.
Yoshlarimizning shaxs sifatida kamol topishida millatimizga xos, 
umuminsoniy qadriyatlarga mos xislat–fazilatlar ruhida tarbiyalash alohida 
ahamiyat kasb etadi. Chunki yoshlarimizning fikrlash qobiliyati, teran 
tafakkur egasi boʻlmish, etuk dunyoqarashni anglab olish – dolzarb 


493 
vazifadir. Bu xislatlar mazmun-ma‘nosini egallash ularda jamiyatdagi oʻrni, 
burchi, Vatanga, millatiga muhabbat tuygʻusini kamol toptiradi. Kamol 
topgan sari har bir yoshda boshqalarga ijobiy axloqiy munosabat shakllanib, 
oʻzligini anglab boradi. Xullas, hayot taraqqiyoti bilan birga ijtimoiy 
talablarga xos axloqiy xislatlar qurshovida yashayotganini, bu qadriyatlar 
sogʻlom turmush tarzi mezoni ekanligini, oʻz faoliyati – xulq-odobi va hatti-
harakatida ularga amal qilish zaruratini anglab etadi va umri davomida ularga 
asoslanib yashashga odatlanadi. XXI asr yoshlarida insonparvarlik, 
oilaparvarlik, Vatanga mehr-sadoqat, adolat, bagʻrikenglik, mehnatsevarlik, 
matonat, sabr-qanoat, zehn-uquv, chidamlilik, muruvvatli hamda yonib 
yashash va savob ishlar qilish, bular uchun esa etuk aql-zakovat, bilim egasi, 
zamonaviy kasb-hunarni chuqur egallash kabi fazilatlarni axloqiy munosabat 
mezoniga aylantirish, har bir yoshning ongu shuuriga singdirish hamda ezgu 
maqsadlarga erishishda yuksak omil va oʻlchov boʻlishini hayot taqozo 
etmoqda. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish